1-mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish 1



Yüklə 182,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.02.2023
ölçüsü182,53 Kb.
#101137
  1   2   3
1-mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali fo



1-mavzu. 
Iqtisodiyotda 
innovatsion 
texnologiyalardan 
samarali 
foydalanish 
 
1. 
Innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish zaruriyati 
2. 
Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir 
etuvchi omillar 
3. 
Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari 
 
 
 
1.1.. Ishlab chiqarish texnologiyasi to‘g‘risida tushuncha. 
Texnologiya - bu turli vositalarga ishlov berish va qayta ishlash uslublari 
yigindisidir. 
Ishlab chiqarish jarayonlari tarkibiy qismi bo‘lmish qazib olish, qayta ishlash, 
tashish, joylashtirish, saqlash, sotish va shu kabi operatsiyalarning o‘zi xam 
texnologiya deb aytiladi. 
Fan-texnika taraqqiyoti rivojlangan sayin texnologiya xam uzluksiz yangilanib 
boradi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish tendensiyasida uch asosiy 
yo‘nalish kuzatiladi: 

davriy texnologiyalardan uzluksiz potok ishlab chiqarish jarayonlariga 
asoslangan texnologiyalarga o‘tish; 

ishlab chiqarish tarkibiga ekologik toza chiqindisiz texnologiyalarni joriy 
etish; 

biznesda ustuvor bo‘lgan fanga ko‘proq tayangan texnologiyalarni 
rivojlantirish. Ishlab chiqarish jarayonida texnologiyani qo‘llashning natijasi
maxsulot 
Xisoblanadi. Insonning ishlab chiqarish faoliyati oxirgi maxsuli bo‘lgan 
maxsulot talabga ega. Iste’molchi tomonidan foydalanish imkoniyatlariga bog‘liq 
ravishda maxsulotni uch turga ajratadilar: 
-
moddiy (MM); 
-
energetik (EM); 
-
intellektual (IM). 
Intellektual maxsulotga dizayn, konstruksiya, savdo markasi, nou-xau 
tayyorlov usuli, ishlab chiqarish usuli kiradi. 
Texnologiyalarni zamonaviylashtirish va ulardan ijtimoiy ishlab chiqarishi 
amaliyotida foydalanish- xar bir aloxida korxona ilmiy texnikaviy jarayon-larining 
o‘zgarmas shartidir. 
Ishlab chiqarish texnologiyalari murakkab sistemalarga qarashli va ularni faqat 
sistemali yondashuv orqali o‘rganish mumkin. 


Murakkab sitemaning xarakterli belgilari: 
-
jarayonlar modellarining murakkabligi
-
boshqarish vazifalarining katta o‘lchovdaligi; 
-
strukturaning ierarxiyaligi; 
-
qismlarning agregatligi; 
-
xolatlarning aniq emasligi; 
-
"shovqin", tusiqlarga sezgirlik. 
Sistemali yondashishning moxiyati uni tashkil qilish metodikasida yoritiladi, 
ya’ni sistemali tahlil ob’ektini ajratish (narsalar, holatlar, jarayonlar, strukturalar), 
ob’ektning tashqi va ichki muhitini bo‘lish chegaralarini belgilash, ob’ektning 
holatini baholash mezonlarini aniqlash, elementlar klassifikatsiyasi va ularni 
agregatlashtirish usullarini ko‘rsatish. 
Sistemali tahlil mantiq qoidalariga va sog‘lom fikrlashga asoslangan bo‘lib, 
holatlarni miqdoriy baholash uslublarini qo‘llashga va turli vositalar bilan 
(imitatsiya, matematik ifodalash, statistika, programmalashtirish) tahlil ob’ekti 
reaksiyalarini modellashtirishga harakat qilishga qaratilgan. 
Ilg‘or texnologiyalar ilg‘or iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega va foydalilik 
mezoniga javob beradi. Boshqarish qarorlarini asoslab berish uchun tahlil jarayonini 
alohida ob’ektga nisbatan ko‘rib chiqishadi. Bunda asosan quyidagilarga etibor 
berish kerak: 
a) boshqarish ob’ekti strukturasini tug‘ri aks ettiradigan elementlarni topish; 
b) tizimning tanlangan strukturasida boshqarish jarayonining yakunlanganlik 
talablarini ta’minlash, ya’ni jarayon dastlabki axborotni beruvchidan boshqaruvchi 
ta’sirga kelishi va ob’ektning yangi xolatini baxolashi kerak. 



Yüklə 182,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə