1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari



Yüklə 414,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix03.03.2022
ölçüsü414,66 Kb.
#84297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kar

televezion 

kartografiya

 shakllanmoqda.  

Kartografiya  fanining  rivojlanishida  Eratosfen,  Ptolomey  qatori  O„rta 

Osiyolik  buyuk  allomalar  Muhammad  Muso  Xorazmiy  va  Abu  Rayhon 

Beruniylarning  xizmatlari  nihoyatda  kattadir.  Dunyo  kartografiya  fanining 

shakllanishiga    G„arbiy  Evropa  olimlari  Merkator,  Sanson,  Snelluslar  va  rus 

olimlari  F.  N.  Krasovskiy,  A.  Izotov,  L.  M.  Preobrajenskiy,  Saliщev  K.  A. 

Berlyant A. M.lar ham katta hissa qo„shganlar.  



Globuslar



 

er,  planetalar  yoki  samoviy  sharsimon    aylanib  turuvchi 

jismlarning  modelidir. Globuslar masshtab, meridian va parallellar tizimi, ma‟lum 

bir  shartli  belgilardan  iboratdir.  Kartalarda  mavjud  proeksiyalardagi  xatoliklar, 

masshtablarning  o„zgarishi,  kontur  va  yo„nalishlarnig  to„la  o„xshamasligi 

globuslarda  bo„lmaydi.  Kartalarga  o„xshab,  globuslar  ham  ob‟ektlar  bo„yicha(er, 

planetalar,  samoviy  jismlar),  mavzular  bo„yicha  (umumgeografik,  geologik, 

siyosiy va b.) hamda o„lchamlari bo„yicha (katta xonalar uchun, stol usti, kichik va 

ixcham(miniatura)li),  qo„llanilish  bo„yicha(o„quv,  navigatsiya  va  b.)  bo„linadi. 

Zamonaviy  globuslar  plastik  materiallar  va  mexanizmlardan  tayyorlanib,  ichi 

yoritiladigan, 

planetalarni 

aylanishini 

modellashtirilgan 

holda 


ishlab 

chiqarilmoqda. Er globuslarining asosiy masshtablari 1:30 mlndan 1:80 mln gacha. 

Ba‟zida  yig„iladigan  globuslar  ishlab  chiqilmoqda,  ularning  yordamida  erning 

ichki tuzilmasini ham o„rganish mumkin. 




Atlaslar

–    yagona  san‟at  asari  sifatida,  maxsus  dastur  asosida  kartalarning 

tizimli  to„plamidir.  Atlaslarda  kartalar  mavzulari  bo„yicha  bir  biriga  bog„langan 

holda,  bir  birini  to„ldira  oladigan  maxsus  mazmun  va  tahlil  qilishga  moil  holda 

tuziladi.  Atlaslar  xududlar  qamrovi,  qo„llanilishi,  o„lchamlari  va  boshqa 

ko„rinishiga qarab tasniflanadi. Ular kitob va albomlar shaklida, umumiy tikilgan 

yoki alohida varaqlardan iborat holda, karabka va papkalarga solingan holda nashr 

qilinadi.  Kartalardan  tashqari  atlasda  ma‟lumotlar  matni,  statistik  materiallar, 

grafiklar va suratlardan tashkil topadi. 


Yüklə 414,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə