1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Maktabgacha ta’lim kafedrasi


ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI
fanining
bolalar adabiyoti qismidan
ma’ruzalar matni

BUXORO – 2019


1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari
Reja:
1. O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi.
2. O`zbek bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanish bosqichlari.
3. Fanning maqsad va vazifalari.
4. Bolalar kitobxonligi tushunchasi haqida ma’lumot
MAVZUGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR: istiloh, qo`llanma, xrestomatiya, omil, genezis, folklor, bolalar adabiyoti, bolalar kitobxonligi, adreslilik, olam, so`qma so`z, munaqqid, nasr, nosir, nashr, noshir, muharrir, musavvir, matbuot, kitobatchilik, xarakter, tur, janr, dinamika, emotsionallik, komiks, animal kitob, lirik mayl, komik mayl, matbaa, realistik adabiyot, mushtaraklik, mazmun, shakl, obraz, voqelik, ilmiylik, psixologiya, pedagogika, nazariya, voqelik, tasvir, munosabat, idrok, mohiyat, hodisa, tasnif...
Bolalar adabiyoti istilohi haqida. XX asrning arafasi va boshlarida o`zbek bolalari uiuchun ixtisoslashgan maxsus badiiy adabiyot yaratish harakati yuzaga kelib, izchil tusga kira boshlagan esa-da, mazkur hodisani bolalar adabiyoti atamasi bilan ifodalash, asosan, 20-yillarning boshlarida sodir bo`ldi. O`zbek matbuotida bu istiloh ilk bor Sirojiyning 1921-yili «Maorif va o`qitg`uvchi» jurnalining 3-sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti to`g`risida bir fikr» (30-31-b). «Zarafshon» gazetasining 1924-yil 21-iyundagi 157-sonida bosilgan «Qizil o`zbek matbuotida bolalar adabiyoti», Bashirning «Turkiston» gazetasining 1923-yil 27-aprelidagi sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti kerak», G`ozi Olim Yunusovning 1925-yil «Maorif va o`qitg`uvchi» jurnalining 3-sonidagi «Bolalar adabiyoti haqida» va Shokir Sulaymonning 1926 yili «Qizil O`zbekiston» gazetasining 30 -sentabrdagi 224-sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti nashr qilish kerak» maqolasida uchraydi va qaror topa bordi. Shuni ta`kidlash joizki, bu istiloh ruscha «detskaya literatura» iborasining aynan tarjimasi tarzida emas, balki o`zi voqelikka aylangan o`zbek bolalariga mo`ljallanib yaratila boshlangan ixtisoslangan adabiy hodisani ifodalagan holda dunyoga keldi. Asrimiz boshlarida jadid ma`rifatparvarligi bag`rida navqiron avlodda rus mustamlakachiligiga qarshi fikr uyg`otish va uni o`zligini anglash, o`z erki, Vatan ozodligi yo`lida istiqol jangchisi sifatida shakllanishi uchun ma`rifat asoslarini egallashga chorlovchi yangi adabiy hodisa tarzida paydo bo`lgan o`zbek bolalar adabiyoti endilikda o`zbek xalqining o`ziga xos milliy boyligiga aylandi. Garchi uning g`oyaviy-badiiy saviyasiga hamon ahyon-ahyonda shubha bilan qarovchilar topilsa-da, u allaqachon umumjahon bolalar adabiyoti o`zanidan munosib joy egallay oldi. Talay namunalari mamlakatimiz sarhadlaridan tashqarida sevilib o`qilayotir. Bir asrdirki, o`zbek bolalar adabiyoti yosh naslning ma`naviy sog`lom o`sishida muhim omillardan biriga aylanib xizmat qilayotir.
O`zbek bolalar adabiyoti haqidagi fan XX asr boshlarida ilg`or marifatparvarlar pedagoglar, adabiyotshunoslar yozgan maqolalardan yuzaga kela boshlagan esa-da, XX asrning o`rtalariga kelib dastlabki xrestomatiyalar va o`quv qo`llamalarni tuzish harakati tufayli shakllanish jarayoniga kira bordi. Pedagogika bilim yurtlari talabalariga mo`ljallanib 1953-yilda I.Ahmedov A.Suyumovlar tomonidan ilk bor tartib berilib, 1967-1978-yillarda qayta takomillashtirib nashr ettirilgan «Bolalar adabiyoti» xrestomatiyasi va 1957-yilda elon qilingan «Bolalar adabiyoti» o`quv materiallari qo`llanmasi shu harakatning dastlabki natijalar edi. Keyinchalik A.Suyumov tomonidan maxsus o`rta o`quv yurtlari uchun yozilib, 1973-yilda chop etilgan «Bolalar adabiyoti» qo`llanmasi o`zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratish yo`lidagi dastlabki qadam bo`ldi. Bu qo`llanma M.Jumaboev bilan hamkorlikda qayta ishlanib, 1995-yilda yana nashr etildi.
Bu oraliqda pedagogika oliy o`quv yurtlari talabalariga mo`ljallanib P.Shermuhamedov, J.Tursunov, O.Safarov va X.Egamovlar yaratgan «O`zbek bolalar adabiyoti» darslik-xrestomatiyasi (1976) yuzaga keldi. Unda bolalar adabiyotining nazariy asoslari, taraqqiyot bosqichlari, xususiyatlari va navqiron avlod adabiyoti namoyondalari ijodiy biografiyalariga oid materiallar bilan birga eng sara asarlaridan namunalar berilgan edi. Shu xususiyatga ko`ra o`zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratishga ta`sir ko`rsatdi. Nihoyat O`zR FAsi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti huzuridagi «Bolalar adabiyoti» bo`limi (1969-1989-yil) xodimlari joylardagi bolalar adabiyoti tadqiqotchilari bilan hamkorlikda «O`zbek sovet bolalar adabiyoti tarixi ocherki» (1973), «Bolalar adabiyoti va zamonaviylik» (1981), «O`zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon» (1989) singari uch manografiyani yaratib, o`zbek bolalar adabiyotining ilmiy tarixini bunyod etish yo`lida dastlabki qadam qo`yildi. Shunga qaramay, o`zbek bolalar adabiyoti nazariy asoslari, taraqqiyot tamoyillari va bolalar kutobxonligining ijtimoiy mohiyatini o`zaro uyg`unlikda ifodalagan va estetik tahlil etgan ilmiy tarix hanuzgacha yaratilgani yo`q. Hukmingizga havola qilingan ushbu qo`llanma shu vazifani qisman ado etishga mo`ljallangan.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə