1-mavzu: kirish. Mexanika bo’limlari. I-mashg’ulotning maqsadi



Yüklə 156,07 Kb.
səhifə1/20
tarix03.06.2022
ölçüsü156,07 Kb.
#88629
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1-mavzu kirish. Mexanika bo’limlari. I-mashg’ulotning maqsadi


1-MAVZU: KIRISH. MEXANIKA BO’LIMLARI.
I-MASHG’ULOTNING MAQSADI:
Talabalarga fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi fizikaning xozirgi zamon taraqqiyotidagi o’rni va inson hayotidagi amaliy ahamiyati, fizikaning mexanika bo’limi haqida asosiy tushunchalar va bilimlarni berishdan iborat.
II. Mavzu mazmunining yoritilishidagi asosiy tushunchalari va yoritilish tartibi:

  1. Kirish: Fizika fanining predmeti.Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi:

jamiyat va hayotidagi o’rni va ahamiyati:

  1. Fizikaning mexanika bo’limi haqida:

  2. Moddiy nuqtaning harakati.

III. Mashg’ulot uchun zaruriy jihoizlar va namoyishlar:
a.jihozlar:spidometr,bolalarning burama mashina o’yinchog’i, zaruriy jihozlari bo’lgan aylanuvchi doira, plakatlar va hakozolar.
b.namoyishlar: to’g’ri chiziqli va egri chiziqli harakat, tekis va notekis harakat, to’g’ri chiziqi tekis o’zgaruvchan harakat.
IV.Mavzuning qisqacha mazmuni (ma’ruza matni)
Tabiatni hech kim yaratmagan, tabiat har doim mavjud bo’lgan va har doim mavjud bo’ladi. Tabiat uzluksiz o’zgarib turadi yoki harakatda bo’ladi: planetalar va yulduzlar harakatlanadi, daryolar o’zanlarini o’zgartiradi, bahorda qor eriydi , o’simliklar va hayvonlar o’sadi va rivojlanadi.
Inson o’z aqli va mehnati tufayli tabiatga o’zgarish kiritadi. Inson shahar va qishloqlar yaratdi, fabrika va zavodlar qurdi, yerni ekinzorlarga aylantirdi, turli mashinalar ixtiro qildi. Inson tabiatni bilishi natijasida fanlar bo’ldi.
Fizika predmeti deb, tabiat hodisalarini, modda va maydon xossalari hamda qonuniyatlarini o’rgatuvchi fanga aytiladi.Boshqacha qilib aytganda “Fizika” fani deb materiya harakatning mexanika va fizik shakllarini o’rgatuvchi fanga aytiladi. Materiya harakatning quyidagi fizik turlari mavjud: mexanik, malekulyar, issiqlik, elektr, elektromagnit, atom va yadrolar ichidagi materiyalar harakatlari.
Shunday qilib, zamonaviy fizik materiya harakatining turli fizik shakllarini, ularning o’zaro bir-biriga aylanishi shuningdek, modda va maydon xossalarini o’rgatadi.
Fizika yunoncha “phusis”-tabiat degan so’zdan olingan bo’lib,tabiatshunoslik degan ma’noni bildiradi.Fizika fanini (kitobini) birinchi bo’lib qadimda yunon mutafakkiri Aristotil (eramizdan avvalgi 384-322 yil) o’zining 8 tomli kitobida bayon etgan.
Texnika va tabiatdagi yangi-yangi hodisalarning kashf qilinishi va ularning amalda qo’llanilishi natijasida fizikadan fizik-ximya, astrofizika, geofizika, biofizika va hakozalar shu kabi mustaqil fanlar ajralib chiqadi.
Asrimiz fizikasining katta yutuqlaridan biri-kosmosni o’rganish natijasida yuzaga kelgan kosmofizika fanidir.
Fizika - asosiy tabiiy fanlarning biri bo’lib, u jonsiz tabiatning qonunlarini o’rganadi. Tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlar ma’lum qonunlar asosida ro’y beradi. Bu qodisalar va ularning qonuniyatlari orasidagi bog’lanishni o’rganish qar bir fanning asosiy vazifasidir. Fizika sohasiga asosan jismlarning o’zaro ta’siri va ularning harakat qonunlari qamda elektromagnit va yorug’lik bilan bog’langan hodisalar, atom va uning yadrosini o’rganish kiradi. Ammo fizika fanining aniq chegarasini hozirgi vaqtda ko’rsatish qiyin. CHunki har bir yangi ochilgan va ochilayotgan kashfiyotlar – fizikaning qo’llanish chegaralarini yanada kengaytirmokda deb aytish mumkin. Fizikaning asosiy qonunlarini bayon etishdan avval ba’zi fizik tushunchalar bilan tanishamiz.

Yüklə 156,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə