1-mavzu. Kirish. Shahar hududini muxandislik tayyorlash. Shahar xududida jarliklar va ularning paydo bo‘lishi. Jarliklardan shaharsozlikda foydalanish. Siljish. Sel oqimi. Karst



Yüklə 26,81 Kb.
səhifə1/2
tarix25.05.2022
ölçüsü26,81 Kb.
#87865
  1   2
1-MAVZU.


1-MAVZU.
Kirish. SHahar hududini muxandislik tayyorlash. SHahar xududida jarliklar va ularning paydo bo‘lishi. Jarliklardan shaharsozlikda foydalanish. Siljish. Sel oqimi. Karst.
Zamonaviy shaharni loyihalashda injenerlik masalalari muhim ahamiyatga egadir. Injenerlik obodonlashtirish shaharsozlik ishlarining katta qismini tashkil qiladi. Shaharning bosh rejasini loyihalashda shahar hududini injenerlik tayyorlash va obodonlashtirish bo‘yicha juda ko‘p va o‘ta muhim masalalar ko‘ndalang bo‘ladi, bular: vertikal rejalash va tashqi suvlarni qochirish; jarliklar, ko‘chkili, suv bosadigan va botqoqli joylarni o‘zlashtirish va obodonlashtirish, quruq-issiq mintaqalarda joylashgan shahar hududini suv bilan ta’minlash va sug‘orish, zilzilaviy va doimiy muzliklar bilan qoplangan tumanlarni shahar qurilishi uchun o‘zlashtirish; transport va piyodalar yo‘laklarini, avtomobil to‘xtash joylari va xo‘jalik maydonlarini joylashtirish; ko‘kalamzorlar, dekorativ va sport ahamiyatiga ega kichik suv inshootlarini bаrpо etish; daryo va suv omborlari qirg‘oqlarini obodonlashtirish; sport inshootlarini va kichik me’moriy shakllarni qurish; ko‘chalar, maydonlar va shaharning boshqa joylarini sun’iy yoritish; yer osti kommunikatsiya tarmog‘i va shaharni sun’iy sug‘orish tizimini yaratish, shaharni sanitar - maqsadida havo bassenini toza saqlash masalalaridir.
SHAHAR HUDUDINI INJENERLIK TAYYORLASH
Shahar hududini injenerlik tayyorlash tabiiy sharoitni o‘zgartirish, yaxshilash, bundan tashqari, fizik-geologik jarayonlarni rivojlanishi va shahar hududiga ta’sirini cheklash kabi injenerlik tadbirlardan iborat. Fizik-geologik jarayonlar tashqi suvlarni qochirishni yomonlashtiruvchi, sizot suvlarining sathini shishiga va botqoqliklarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi shahar hududida relyef sirti va shaklini o‘zgarishiga olib keladi.
Fizik-geologik jarayonlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
• shahar hududini atmosfera yong‘inlari va daryolarning
toshishi natijasida suv bosishi;
• sizot suvlari ta’sirida shahar hududining yomonlashuvi;
• shahar hududida jarliklarning paydo bo‘lishi va ularning rivojlanishi;
• ko‘chkilar, jarliklar;
• shahar tarafga yo‘nalgan sel oqimlari;
• shahar hududida karst va cho‘kish hodisalari;
• relyefning suv va shamol erozivasi ta’sirida buzilishi va h.k.
Injenerlik tayyorgarlik ishlari tabiiy sharoiti noqulay hududlarni qurilish uchun moslashtirish evaziga shahar hududidan samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. Bu bilan, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, jamoat transporti va yer osti kommunikatsiya tarmoqlari qisqaradi. Injenerlik tayyorgarligining aniq masalalari hududni tanlashda, shaharni loyihalashda texnik-iqtisodiy asosnoma va uning bosh rejasini ishlab chiqishda aniqlanadi.

Yüklə 26,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə