1-Мавзу: Мактабгача таълим фанларини ўқитиш жараѐни яхлит тизим сифатида


Pedagogik fanlarni o’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta`lim tushunchasi va mohiyati



Yüklə 332,47 Kb.
səhifə13/37
tarix24.12.2023
ölçüsü332,47 Kb.
#157898
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Методика Лекция узб латын

1. Pedagogik fanlarni o’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta`lim tushunchasi va mohiyati. Ta`lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta`limga ikki tomonlama aloqa (ta`lim olish va ta`lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta`lim o’qituvchi tomonidan boshqariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli talabalarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta`minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.
Ta`lim o’qituvchining talabalar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U talabalarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g`rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta`lim o’zida o’qituvchi va talabaning faoliyati, ya`ni, o’qituvchining o’rgatish hamda talabaning o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to’g`ridan to’g`ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.
Pedagogika fanlarini o’qitish jarayonida o’qituvchi va talaba o’rtasida o’zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta`lim” tushunchasidan ko’ra keng ma`noga ega.
Ta`lim talabalarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo’naltirilgan jarayondir.
Ta`lim va pedagogik fanlarni o’qitish jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta`lim tizimining muayyan holatini o’zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespal`ko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to’laqonli anglash mumkin:
DJ = M +Tf+B
Bu erda; DJ – didaktik jarayon;
M – talabalarning o’qish (ta`lim olish) motivatsiyasi;
Tf –talabalarning o’zlashtirish faoliyati;
B –talabalarning bilish faoliyatlarini boshqarish.



Yüklə 332,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə