1-mavzu. “Mehmonxona xo„jaligini boshqarish” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 181,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix03.01.2023
ölçüsü181,01 Kb.
#98130
  1   2
1-mavzu





 1-MAVZU.
“MEHMONXONA XO„JALIGINI BOSHQARISH” FANINING 
PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 
Reja: 
1.“Mehmonxona xo„jaligini boshqarish” fanining predmeti, maqsadi va 
vazifalari 
2.Boshqaruvning asosiy tushunchalari va ularning mohiyati 
3.Fanning boshqa fanlar bilan bog„liqligi 
1.“Mehmonxona xo„jaligini boshqarish” fanining predmeti, maqsadi va 
vazifalari 
Mamlakatimizda mehmonxona xo‗jaligi sohasiga mustaqillikning dastlabki 
vaqtlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur 
tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim meyoriy hujjatlar qabul qilindi va 
bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda mehmonxona xo‗jaligining 
ravnaqi, uni yangi pog‗onalarga ko‗tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga 
aylantirish uchun avvalo huqukiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy majlisining mazkur yo‗nalishga taalluqli qonun va kodekslari, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari ishlab chiqilib 
hayotga tadbiq etildi. 
G‗arb davlatlarida mehmonxona xo‗jaligini boshqarish bo‗yicha ko‗p yillik tajriba 
yig‗ilgan. Chunki, mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini 
o‗rganish shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‗rsatish sifatini yaxshilashda katta rol 
o‗ynaydi.
Xizmatchilar mehmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab 
qo‗yilishi haqida tasavvurga ega bo‗lmasa, ulardan mijozlarga yuqori darajada xizmat 
ko‗rsatishlarini talab qilish murakkab. Ammo, O‗zbekistondagi mehmonxona sanoati 
o‗ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‗rsatayotganligini etiborga olish kerak. Bugungi kunda 
bizga 
jahon 
talablariga 
javob 
beruvchi 
mehmonxona xo‗jaligi sanoatini 
rivojlantirishning milliy modelini yaratish bo‗yicha takliflar kiritilgan.
―Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish‖ fanini o‗qitishdan asosiy maqsad - hozirgi 
bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitlarida mehmonxona xizmati sohasida eng yaxshi 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvni takomillashtirish zaruriyati bilan 
bog‗liq.
Bunda mehmonxona xizmatlari sifatiga ta‘sir ko‗rsatuvchi iqtisodiy omillar 
samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan. Mehmonxona sohasi rahbarlarining doimiy 
ravishda xizmat ko‗rsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, uni kengaytirishga e‘tiborni 
qaratish va binolarni rekonstruksiya qilish asosiy vazifa bo‗lib qolishi kerak. Yangi 
texnologiyalarni kiritish ham muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish kursining vazifasi turizm industriyasini 
boshqarish modeli hamda rivojlangan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda 
mehmonxona xo‗jaligi sohasidagi muvaffaqiyatlarni tahliliy ravishda talabalarga 
tushuntirishdan iborat. 
Menejment predmeti xo‗jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning 
qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o‗rganishdan iborat. 




Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo‗lib, 
turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko‗rinishlarda bo‗ladi. 
Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo‗l ostidagi xodimlar o‗rtasidagi aloqa va o‗zaro 
ta‘sirning murakkab majmuasini ifodalaydi. Demak, menejment bu eng avvalo kishilarni 
boshqarish. 
Mehmonxona xo‗jaligini boshqarishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat 
jamoalari va alohida xodimlardan iborat. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida 
ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya‘ni mehnat qurollari va predmetlariga ta‘sir 
etiladi. 
Fanining o‗qilishidan maqsad – turizm sohasi jadal rivojloanayotgan sharoitda 
uning tarkibiy qismi hisoblangan mehmonxonalarda boshqaruvni samarali tashkil etish 
orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirishga erishish. 
Fanning vazifasi – boshqaruvning mohiyati, ahamiyati uning mehmonxona 
xo‗jaliklarini rivojlantirishdagi o‗rni, boshqaruv samaradorligi, boshqaruv usullari, 
tamoyillari, boshqaruv qarorlari, menejer va rahbar uslublari, kadrlarni rejalashtirish va 
ularni boshqarish jarayonlari, nizo va stress hamda ularning oqibatlari va ularning oldini 
olish yo‗llari kabi bir qancha masalalar to‗g‗risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir. 

Yüklə 181,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə