1-mavzu. Menejment fanining predmeti, ob'ekti va metodi



Yüklə 68,5 Kb.
səhifə3/3
tarix15.06.2023
ölçüsü68,5 Kb.
#117407
1   2   3
1-menejment ma`ruza

Tahlil usullari

Mazmuni


Sistemali yondoshuv

- Boshqariluvchi ob'ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo‘lishi mumkin:
- sistemali-kompleks yondoshuv
- sistemali-funksional yondoshuv
- sistemali-tarkibiy yondoshuv
- sistemali-kommunikasion yondoshuv


Kompleks yondoshuv

-Boshqariluvchi ob'ekt boshqa ob'ektlar bilan o‘zaro bog‘lanishda va aloqadorlikda qaraladi


Tarkibiy yondoshuv

-Boshqariluvchi ob'ekt tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganiladi


Vaziyat(situasiya)li yondoshuv

-Boshqariluvchi ob'ektning konkre sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma'qul uslubi qo‘llaniladi


Integrasion yondoshuv

-Boshqariluvchi ob'ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo‘llash yordamida boshqariladi


Modellashtirish usuli

- Boshqariluvchi ob'ektni boshqarish bo‘yicha turli sxema, grafik va chizmalar, homaki materiallar tayyorlanadi


Iqtisodiy-matematik yondoshuv

- Optimal bozor qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo‘llash


Kuzatish usuli

- Boshqariluvchi ob'ekt to‘g‘risidagi ma'lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash usuli


Eksperiment (tajriba) usuli

- Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob'ektga nisbatan namunaviy tajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash


Sosiologik kuzatuv usuli

- Boshqarish maqsadida turli anketali so‘rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o‘tkazish

Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog‘liqlikda foydalanishni taqozo yetadi.
Menejment fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llab, har bir xodimga va jamoaga ta'sir ko‘rsatishga asoslanadi.
Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir.
Yüklə 68,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə