1-mavzu: O‘lkashunoslikni maqsadi vazifasi, boshqa fanlar bilan aloqasi Reja



Yüklə 18,61 Kb.
səhifə1/5
tarix01.02.2022
ölçüsü18,61 Kb.
#83345
  1   2   3   4   5
1-maruza


1-mavzu: O‘lkashunoslikni maqsadi vazifasi, boshqa fanlar bilan aloqasi
Reja:

  1. O`lkashunoslik fanining obyekti va predmeti.

  2. O`lkashunoslik fanining tadqiqot metodlari.

  3. O`lkashunoslik yo`nalishlari.

  4. O`lkashunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

O`lkashunoslik o`z tug`ilgan va yashaydigan joyi haqidagi bilimlar majmuasi bo`lib, juda uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan.

Ibtidoiy odamlar ham o`z yashash joylari tabiatini juda yaxshi bilishgan, ular o`zlarining eng sodda bilimlarini toshlarga chizib ketishgan. Bunday rasmlarning anchagina qismi hozirgacha saqlanib qolgan.

Insoniyat jamiyatining rivojlanishi bilan o`lka to`g`risidagi ma’lumotlar ham to`plana boshladi. Natijada yozma yodgorliklar va manbaalar vujudga kela boshladi. Antik davrda va o`rta asrlarda turli xil o`lkalarni tabiati, xo`jaligi, tarixi va madaniyatiga bag`ishlangan asarlar vujudga keldi. O`lkamiz haqidagi ma’lumotlar Al-Xorazmiyning «Kitob–Surat–al-Arz» asarida keltirilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon, Al-Beruniy XI-asrda «Hindiston» «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» Zaxriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari o`lkashunoslikka qo`shilgan ulkan hissa hisoblanadi.

Fan va texnikaning rivojlanishi bilan o`lkashunoslik fanining doirasi toraya va chuqurlashaverdi. XX-asrga kelib o`lkashunoslik deganda o`z turar joyi, xo`jaligi, tarixi va madaniyati tushunila boshlandi. Natijada alohida viloyatlar, tumanlar va shaharlarga bag`ishlangan o`lkashunoslik asarlari vujudga keldi. Masalan «Xonobod», «Andijon viloyati», «Samarqand viloyati», «Xorazm geografiyasi» va hokazo.

O`zbekistonning har bir viloyatining tabiiy va iqtisodiy kartalari nashr qilindi. Hozirgi paytda har bir viloyatning geografik va o`lkashunoslik atlaslarini yaratish loyihalari tuzilmoqda.

O`lkashunoslikning obyekti bu tabiat, aholi, xo`jalik, tarix, san’at va madaniyat hisoblanadi. Mazkur obyektlar turli fanlar tomonidan o`rganiladi. Ammo barcha fanlarning o`rganish predmeti bittadir, ya’ni o`lka. «O`lka» shartli tushuncha bo`lib, uning miqiyosi kim va qanday maqsadda o`rganishiga bog`liq. Masalan maktab, akademik litsey yoki kasb–hunar kollejlari uchun maktab atrofi, mahalla, qishloq, tuman, shahar bo`lishi mumkin.


Yüklə 18,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə