1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja


Muzokara dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari



Yüklə 78,76 Kb.
səhifə20/21
tarix28.11.2023
ölçüsü78,76 Kb.
#138164
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal-fayllar.org

8.2.Muzokara dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari 
Muzokara sotsial psixologiya to`g`risida gap ketganda, ko`pincha, "sotsial psixologik 
aralashuv" tushunchasi o`rtaga tushadi va tabiiy, bunday muzokaraotchining ijtimoiy jarayonga
aralashuvi nimalarda ko`rinadi, degan savol paydo bo`ladi. 
a) individning o`zgarishi strategiyasida, ya`ni o`sha tashkilotdagi o`ziga xos
shaxslarning borligi aniqlanadi va ularga ta`sir qilinadi; 
b) texnologik tizim o`zgaradi, ya`ni ma`lum tashkilot yoki muassasaning tuzilishida
o`zgarish ro`y beradi; 
v) ma`lum tipli ma`lumotlarga bog`liqlik, ya`ni, ma`lumotlarning tashkilot ichida
yoki uning atrofida to`planganligiga bog`liq holda natijalarning turlicha qiymatga ega bo`lishi 
mumkin;
g) ataylab o`tkazilgan tadbirlar ta`sirida korxona taraqqiyoti o`zgarishi mumkin, 
masalan, rejalashtirish, xodimlar bilan ishlash sifati, qarorlar qabul qilish va hakozo.
23 

8.3.Muzokara jarayonida vositachilik 
Muzokaraotda faoliyat ko`rsatayotgan psixolog joylarda uch asosiy funktsiyani 
bajaradi:
1)


Ekspert sifatida, ya`ni, bu shunday shaxski, u klient yoki mijoz tomonidan taklif
qilinadi. Ular birgalikda biror ijtimoiy psixologik vaziyatni tahlil qilishadi, xulosalar 
natijasida yangiliklar kiritishadi, ziddiyatli yoki janjalli vaziyatlarda maqsadga muvofiq
to`g`ri xulq shaklini taklif etishadi. Demak, ekspert ishining oqibati - xulosa chiqarib, so`ng 
tavsiyalar berishdir.

2)

Maslahatchi - ekspertdan farqli, mijoz tomonidan bir martalik emas, balki bir
necha marta ayni muammo bo`yicha maslahat berish va xulosalar chiqarish uchun taklif 
etiladi. Uning aralashuvi bevosita bo`lib, faoliyati oqibatida biror shaxs yoki yaxlit
jamoaga yordam ko`rsatiladi, yangi loyihalar qabul qilinadi. 
3. O`rgatuvchi - odatda buyurtma asosida joylarda o`quvlar, kurslar tashkil qiladi.
Uning asosiy vositasi sotsial psixologik trening va uning turli ko`rinishlari bo`lib, oqibati - 
ijtimoiy muloqotning turli shakllariga o`rgatishdir.
Yurtimizda ma`naviyag sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va oshirilayotgan 
ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o`z xalqining madaniyati, Vatanining o`tmishi va
buguni, milliy qadriyatlarga to`g`ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo`ladi va bu - ziyoli, 
bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Aks holda, olam siru asrorlarini chuqur bilgan,
qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u, bu bilimlarni 
avval o`z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo`naltira olmasa, uning jamiyat
taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma`naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz
xudbin shaxs sifatida baholanadi.


Yüklə 78,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə