1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 138 Kb.
səhifə1/21
tarix01.02.2023
ölçüsü138 Kb.
#99874
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal



1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari 
Reja:
1. Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari
2. Konfliktologiya ilmiy fan sifatida
3. Konfliktologiyaning metodologiyasi va metodlari 
Tayanch tushunchalar: Konfliktologiya tushunchasi, predmeti, vazifalari, ilmiy fan sifatida, konfliktologiya metodologiyasi, metodlari, kartografiya, sotsiometriya. 

1.1. Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari
Konfliktologiya ilmiy bilimlar ichida eng yosh soha hisoblanadi, ya`ni bu  fan sotsiologiya va  psixologiya  ilmlarining  asosida rivojlanib kelmoqda.   Konfliktologiya o`z oldiga yo`nalish sifatida XX asrning 50- chi yillaridan sotsiologiya 
ichidan paydo bo`ldi va u  «konflikt sotsiologiyasi»  degan nomda yuritildi.  Bu  yo`nalishning  olib  borilishi  R. Darendorfning  (Germaniya) «Sotsial`nie klassi i klassovie konflikti v industrial`nom  obщestve» «Industrial jamiyatda sinfiy konfliktlar va ijtimoiy sinflar» (1957), shuningdek A. Kozerning (AQSh) —
«Funktsii sotsial`nix konfliktov» «Ijtimoiy konfliktlarning funktsiyalari» 
(1956), nomli ishlari bilan chambarchas bog`liq. 
Ana shu davrda psixologiya  sohasida ham analogik  holatlar yuz bera boshladi. M. Sherif, 
D. Rapoport, R. Doz, L. Tompson, K. Tomas, M. Doych, D. Skott  va  boshqalarning tadqiqotlari 
natijasida konflikt psixologiyasi o`z oldiga bir yo`nalish bo`lib dunyoga keldi.
1.2. Konfliktologiya ilmiy fan sifatida
Konfliktlarni tadqiq qilish konfliktologik amaliyotning rivojlanishiga olib keldi. Bu 
amaliyotning paydo bo`lishi XX-asrning 70-yillar avj oldi. Bu davrda Gorovits va Bord-man 
konfliktli munosabat vaqtida konstruktiv xulq –atvorga o`rgatishga yo`naltirilgan psixologik 
trening dasturini ishlab chiqadi. Konfliktologik amaliyotning paydo bo`lishida konfliktlarning 
echimini topishning muzokarali metodikalari alohida o`rin tutadi (D. Skott; va G. Bouer; G. 
Kelman va b.). Vositachi-mediator qatnashuvida muzokaralar texnologiyasining ishlab chiqilishi 
(V.Linkol`n, L. Tompson, R.Rubin va b.) 70-80-yillarda AQShda mediator-mutaxassislarni 
tayyorlaydigan o`quv o`rinlarini tashkil qilinishiga olib keldi. Bu paytda R.Fisher va U.Yuri 
tomonidan ishlab chiqilgan «printsipial-muzokara» deb nomlangan Garvard metodi dunyoga 
tanilmoqda edi. 
80-chi yillarda AQShda va boshqa mamlakatlarda konfliktologik markazlar paydo bo`la 
boshladi. 1986 yili esa Avstraliyada OONning tashabbusi bilan konfliktlarni bartaraf etishning 
Xalqaro markazi tashkillashtirildi. Rossiyada bo`lsa konfliktlarni bartaraf etishga yo`naltirilgan birinchi markaz 90-yillarda Sankt- Peterburgda ishga tushgan. Konfliktologiya predmeti. Konfliktologiya predmetiga keladigan bo`lsak «konfliktologiya» 
so`ziningn ma`nosining o`zi, yoki etimologiyasidan ma`lum bo`lishicha «konflikt haqida ilm» 
degan fikrga kelamiz. Aniqroq izoh beradigan bo`lsak quyidagicha ta`rif berishimiz mumkin: 
Konfliktologiya — bu konfliktlarning rivojlanishi, paydo bo`lish mexanizmlari va 
qonuniyatlari haqida bilimlar tizimi hisoblanib, shuningdek uni boshqarishning texnologiyasi va 
printsiplari haqida fan.


Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə