1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə57/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

Nazorat savollari:

  1. Iroda deb nimaga aytiladi?

  2. Irodaviy harakat vaqtida qanday to‘siqlarni yengishga to‘g‘ri keladi? Ularning farqi nimada?

  3. Irodaning fiziologik asoslari tog‘risida nimalarni bilasiz?

Kishi hayotida iroda qanday ahamiyatga ega?

35-mavzu: Temperament.

Reja:

1.Temperament haqida umumiy tushuncha.

2.Shaxsning hayoti va faoliyatida temperamentning o’rni.

3.Temperament haqida Gippokrat nazariyasi va turli ta`limotlar.



Tayanch tushunchalar:Temperament tiplarining tavsifi. Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari. Temperament tipini aniqlash metodikalari.

Temperament haqida tushuncha

Shaxsning individual xususiyatlari haqida gapirilganda uning tug‘ma biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Atrofdagi kishilarni kuzatganda ular his-tuyg‘ularni namoyon qilishida, harakat tezligida farq borligi seziladi. Birovlar tajang, harakatchan va quvnoq bo‘lsalar ham ular­ning tuyg‘ulari beqaror bo‘ladi. Boshqalari yuvosh, zararsiz bo‘ladilar. Uchinchilari biror narsadan tez ta’sirlanadilar, le­kin o‘z tuyg‘ularini yashiradilar, passiv bo‘ladilar. Oliy o‘quv yurtiga qabul qilinganini eshitgan bolaning o‘zini tutishi yo­ki hayotning og‘ir sinovlari paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reaksiyalari uning temperamentini hosil qiladi. Bu ikkala vaziyatni biri og‘ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o‘zini yo‘qotgudek darajada hayajon bilan boshdan kechiradi.

His-tuyg‘ularning paydo bo‘lish tezligi va kuchida, ham­da kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatlar majmui temperament (lot. temperamentum — aralashma, qismlar nisbati) deb ata­ladi. Qadim zamonlarda kishidagi tuyg‘ular va harakatlarning xususiyatlari uning tanasidagi suyuqliklarning miqdo- riga, ularning nisbatiga bog‘liq deb hisoblanar edi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə