1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


TAFAKKURDAGI INDIVIDUAL FARQLAR YOKI SIFATLAR



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

6. TAFAKKURDAGI INDIVIDUAL FARQLAR YOKI SIFATLAR 
Ayrim kishilarning tafakkuri o`zining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatdan, mustaqilligi, 
samaraliligi va tezligi jihatdan turli davrlarda turlicha namoyon bo`ladi. Bular tafakkurning sifatini tashqil 
qiluvchi belgilardir. Tafakkurning mazmundorligi avvalo u yoki bu narsalar, hodisalar to`g`risidagi 
voqelikning u yoki bu, muhokamalar va tushunchalarda odamlarning ongida qanchalik o`rin olganligidan 
kelib chiqadi. Fikrning chuqurligi uning mazmundorligini ta`minlaydi. Tafakkurning mazmundorligi va 
chuqurligi uning kengligi bilan chambarchas bog`langan. Voqelikning eng ko`p sohalarini o`z ichiga 
olgan, hozirgi vaqtni, uzoq utmishni va uzoq kelajakni o`z ichiga olgan tafakkurni biz keng tafakkur 
deymiz. Odam o`z oldiga yangi vazifalarni qo`yishda o`zi tashabbus ko`rsatib, shu vazifalarni boshqa 
odamlarning yordamisiz, o`zining alohida yo`llari bilan hal qilaversa, bu odamlarning tafakkuri mustaqil 


tafakkur bo`ladi. Tafakkurning tanqidiyligi o`zgalarning yoki o`zlarining fikrlarini haqiqatga mos bo`lishi 
- bo`lmasligi jihatini tekshira bilishda va shu fikrlarga baho bera olishda ifodalanadi. Tafakkurning tezligi 
qo`yilgan savollarga juda tezlik bilan javob topa olishida namoyon bo`ladi. Fikrning tezligi maktab 
o`quvchilari uchun muhim ahamiyatga ega. Masalan: ayrim yaxshi o`quvchilarni doskaga chiqarib, 
ulardan yangi masalani echish talab qilinganda hayajonlanib, butun sinf oldida o`zlarini yo`qotib 
qo`yadilar. Bu salbiy emotsiyalar go`yo ularning tafakkurini tormozlab qo`yadi. Fikr juda sekin va tez - 
tez muvaffaqiyatsiz ishlay boshlaydi. Maktab o`quvchilarning tafakkuri hali juda katta va etarli 
foydalanilmayotgan zaxira hamda imkoniyatlarga egadir. Psixologiya va pedagogikaning asosiy 
vazifalaridan biri ana shu imkoniyatlarni to`la ochish va ular asosida ta`limni yanada samarali, hamda 
ijodiy qilishdan iboratdir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə