1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Temperament xususiyatlari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

3. Temperament xususiyatlari 
Agar turli odamlar temperamentlari taqqoslab ko`rilsa, unda temperamentlarning xususiyatlari 
jihatidan o`xshash juda ko`p guruhi borligi aniqlangan. Ana shu asosda eramizning 1-asrlarida bir necha 
turli temperament tiplari haqida taxmin qilingan. Bunda temperament tipi deganda, odamlarning 
qandaydir juda ko`p guruhlarini ifodalovchi psixik xususiyatlarini yig`indisi tushunilgan. Temperamentni 
1 - marta eramizdan oldingi 5 asrda yashagan vrach Gippokrat 4 ta tipga ajratadi, hozir bu tiplar 
Gippokrat tiplari deb ataladi. Tiplar quyidagicha nomlangan: ”Sangvinik”(qon),“Xolerik”(safro), 
“Flegmatik”(balg`am), “Melanxolik” (qora o`t). Hozirgi paytda tushunchalar yangicha mazmun kasb 
etmoqda. Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi: 
1. Senzitivlik, ya`ni psixik reaktsiyani yuzaga keltirmoq uchun zarur bo`lgan nihoyatda kuchsiz tashqi 
taassurot kuchiga qarab xulosa chiqarish. 
2. Reaktivlik - bir xil kuch bilan ta`sir qiluvchi tashqi va ichki taassurotlarga odam qanday kuch bilan 
emotsional reaktsiya qilishiga qarab xulosa chiqarish - hissiylik va ta`sirlanuvchanlik. 
3. Faollik - odam qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta`sir etishi va maqsadlarini amalga 
oshirilishida tashqi hamda ichki qarshiliklarni faollik bilan engishidir. 
4. Reaktivlik va faollikning o`zaro munosabati - bu hakda biz odamning faoliyati ko`p jihatdan nimaga 
bog`liqligiga qarab, ya`ni tasodifiy tarzdagi tashqi yoki ichki sharoitlariga (kayfiyat va boshqa) yoki 
maqsadlarga intilish va niyatlarga bog`liqligiga qarab xulosa chiqarish. 
5. Reaktsiya tempi - bu hakda har turli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning o`tish tezligiga, ya`ni harakat 
tezligiga, nutq tempiga, farosatlilikka, aql tezligiga qarab xulosa chiqaramiz. 
6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama -qarshi sifat bo`lgan rigidlik (qotib qolganlik). O`zgaruvchan 
tashqi sharoitlarga qanday engillik bilan yoki sust va qoloqlik bilan moslasha olish. 
7. ekstrovertirovanlik va introvertirovanlik . 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə