1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

Jamoa va shaxs
. Jamoachilik shaxsning xislati sifatida odamning 
jamiyat taraqqiyoti maqsadlari bilan birdamligining ifodasidir. Bu ijtimoiy birdamlik mehnatda namoyon 
bo`ladi va mehnatning tarkibiga quyidagilar kiradi: mehnat va ijtimoiy faollik, javobgarlik va burch hissi, 
butun jamiyat va jamoa maqsadlari manfaati nuqtai nazaridan o`rtoqlarcha o`zaro yordam hamda o`ziga 
va o`zgalarga nisbatan talabchanlik. Kishi shaxs sifatida tug`ilmaydi, balki boshqa kishilar bilan 
munosabatlardagina shaxsga aylanadi. Shaxs deb, jamiyatda faoliyatda bo`ladigan, yuksak ongga ega 
bo`lgan kishiga aytiladi. Agar yasli yoshidagi bolalar kattalar bilan munosabatda bo`lmasalar, ular shaxs 
sifatida shakllanmaydi. Shaxs ong egasi bo`lgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar olaminigina aks 
ettirib qolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida to`plangan narsalar bilan munosabatda bo`ladigan 
ijtimoiy ong mahsulotlarini ham aks ettiradi. Maktab o`quvchisi shaxsining tarkib topishi jamoada amalga 
oshadi. Bola avval o`zi haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: “Sardorni o`ynagisi kelyapti”. 
Bola jamoadagi bolalar bilan bo`lgan munosabatdagina o`z – o`zini anglash darajasiga ko`tariladi. 
Kattalar yoki 
tengdoshlari bolani yaxshi yoki yomonsan deganlarida bola o`z-o`ziga baho berishni o`rganadi. Mana 
shu tariqa tanqidni tushunishdan o`z - o`zini tanqid qilish yuzaga kela boshlaydi. 
2. Guruh va uning turlari 
1. Sнartli guruhlar. Tadqiqotchi tomonidan ma`lum belgilar asosida kishilarni birlashtirib guruh tuzishga 
shartli guruh deyiladi. Masalan: bir xil kasbi bo`yicha, bir xil yoshi bo`yicha, jinsi bo`yicha shartli guruh 
tuzish mumkin. 15 yoshli o`smirlar guruhi, 5 yoshlilar bog`cha guruhi kabilar. Sнartli guruhga kirgan 
kishilar bir -birlarini mutlaqo ko`rmasliklari, bir - birlarini mutlaqo tanimasliklari mumkin. Millatiga 
ko`ra O`zbekistonda yashaydigan 18 yoshli kizlar guruhi deb tuzish mumkin. SHartli guruhlarni katta 
guruhlarga kiritiladi. Masalan: o`zbeklar guruhi, sotuvchilar guruhi, banditlar guruhi, qizlar, o`g`il bolalar 
guruhi va h.k. 
2. Real guruhlar deb, bir jamiyatda yashab, kishilar bilan haqiqiy, real munosabatga kirishish yo`li bilan 
tuzilgan guruhga aytiladi. Masalan: yoshlar jamoa guruhi, bolalar guruhi (bir maktab doirasida) sinflar, 
talabalar guruhi. NamDUning fizika fakul’teti 3 - kurs talabalari guruhi real guruhdir. Demak, real 
guruhga kiradigan kishilar doimo bir - biri bilan munosabatda bo`lib, bir -biriga yordam beradi. Bizga 
ma`lumki, odamni mehnat yaratgan, shuning uchun kishilarning 1 - guruhlari mehnat guruhlari bo`ladi. 
Masalan: oila mehnat guruhiga kiradi. Ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilani guruhlarga kiritish mumkin. 
Guruhlarning eng kattasi - bu butun insoniyatdir. 
3. Referent guruh - shaxs shartli va real guruhdagi kishilarning so`zlariga kirmasligi mumkin. Shaxsning 
o`z referent guruhi ham bo`ladi, bu kompaniya bo`lishi mumkin. Referent guruhdagi kishilar shaxsga har 
tomonlama yoqadi, ularni hurmat qiladi, gaplariga quloq soladi. Masalan: bola ota - onasining so`ziga 
kirmasligi, maktabda o`qituvchining gapiga kirmasligi mumkin. Ammo u referent guruhdagi boshliqning 
gapiga so`zsiz itoat qiladi. SHuning uchun tarbiyachi, ota - ona agar bolani tarbiyalay olmasalar, uning 
referent guruhini aniqlab, shu guruhning sardori orqali ta`sir etishlari mumkin. Odatda guruhlar tasodifan 
to`planib qolgan kishilardan ham tashqil topishi mumkin. Masalan: poezd kupesida, avtobusda uzoq 
safarga ketayotgan kishilar, kasalxonada yoki sanatoriyada davolanayotgan kishilar guruh bo`lishi 
mumkin. Bunday guruhlar norasmiy guruh deyiladi. Rasmiy guruhga talabalar, o`quvchilar guruhlari 
kiradi. Cнunki rasmiy guruhlar buyruqlar asosida tuziladi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə