1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


Resursli smeta normativlarni ishlab chiqish va to‘g‘ri qo‘llashdagi mas’uliyat



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə7/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

Resursli smeta normativlarni ishlab chiqish va to‘g‘ri qo‘llashdagi mas’uliyat. Resursli smeta normativlarni ishlab chiqqan etakchi tashkilotlar, ularni amalga kiritish uchun taqdim etgan vazirliklar va boshqarmalar, hamda ularni amalga kirituvchi idoralar quyidagilar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar:
  • resursli smeta normativlar talablarini zamonaviy fan, texnika, ilg‘or ishlab chiqarish tajribasiga, hamda qurilgan ob’ektdan foydalanish shart-sharoitlariga muvofiqligi;


  • resursli smeta normativlarda resurs sarfini pasaytirishga, qurilish muddatini kamaytirishga va qurilish sifatini oshirishga, eng optimal echimlarni tadbiq etishga, moddiy, energiya, mehnat va boshqa resurslardan samarali foydalanishga, qurilishni industrlash va mehnat samaradorligi darajasini oshirishga, mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilashga, atrof muhitni muxofaza qilishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan talablar o‘z aksini topishi;


  • resursli smeta normativlar asosi bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni to‘g‘riligi va ularni texnik, hamda iqtisodiy jihatdan asoslanganligi;


  • resursli smeta normativlarni amaldagi qonunchilikka, O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlariga muvofiqligi;


  • smeta normativlarning mazkur guruh SHNQ nizomlariga muvofiqligi, matnli va raqamli ma’lumotlarning, hamda ishlatilgan terminlarning to‘g‘riligi;


  • resurs smeta normativlariga o‘zgartirishlar kiritish xaqida yoki amaldagi smeta normativlar to‘plamlari uchun qo‘shimchalar ishlab chiqish zarurligi xaqida o‘z vaqtida asoslangan takliflar taqdim etish;


  • resursli smeta normativlarni rejada belgilangan muddatda amalga kiritish uchun, ularni loyihalarini taqdim etish.


Resursli smeta normativlar talablariga rioya qilmaganliklari uchun, jumladan ushbu normativlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan muvofiq ravishda qo‘llamaganliklari uchun tashkilotlar, muassasalar va korxonalar, hamda ulardagi mas’ul shaxslar, javobganlikka tortiladilar.



Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə