1-Mavzu: Rahbarlik sifatlari,liderlik va boshqaruv reja


Psixologiyada boshqarish muammosi



Yüklə 309,5 Kb.
səhifə4/13
tarix03.04.2023
ölçüsü309,5 Kb.
#104098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Mavzu Rahbarlik sifatlari,liderlik va boshqaruv reja

Psixologiyada boshqarish muammosi
Oxirgi yillarda inson omiliga e’tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda ijtimoiy psixologiyaning maxsus bo’limi — boshqarish psixologiyasi paydo bo’ldi. Boshqarish psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmog’iki, uboshqaruv faoliyati bilan bog’liq bo’lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o’rganadi.
Boshqarish muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o’rganiladi, jumladan, falsafa, tarix iqtisod, xuquqshunoslik va psixologiya uning o’ziga xos tomonlarini ochish bilan shug’ullanadi. Psixologiya boshqarishni ham obyekti, ham subyektini o’rganadi. Psixologik tadqiqotlarda o’rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv obyekti deb aytiladi. Boshqaruvning subyekti o’rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.
Psixologiya ko’proq boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o’rganadi va shu asosda buysunuvchilar ishlarinn samarali tashkil etish, aniq va to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun qanday psixologik xolat va jarayonlarni o’zida tarbiyalash lozimligi kabi qator muammolarni yechadi. Masalan, konkret hayotiy sharoitlarda agar boshliq majlis olib borayotgan bo’lsa, har bir so’zga chiquvchilarning fikrlari, ma’ruzalari va hokazolar orqali ularning psixologik holatlari aniqlanadi, yangi ish dasturlari ishlab chiqariladi, qabul qilingan qarorlarga ko’ra boshliqning va xodimlarning har biriga alohida ilmiy ko’rsatmalar va maslahatlar beriladi.
Boshqaruv psixologiyasi boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual xususiyatlariga ko’ra u boshliq darajasiga ko’tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta’sir ko’rsatish maqsadida u qanday ta’sir uslublarini qo’llayapti kabi qator masalalarga qaratadi. Boshliq bo’lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har xil, chunki kimdir boshliqda bo’lgan imtiyozlarga beriladi, kim uchundir unga berilajak huquqlarni afzal ko’rish xos, kimgadir yuksak mas’uliyatlarni bo’yinga olish ma’qul keladi. Shaxslarning boshliq funksiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma-xil bo’lmasin, boshliqdan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga yo’llash, ularga bosh bo’lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obro’ga ega bo’lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o’z buyniga olish kabi ko’plab sifatlarning mujassam bo’lishi talab qilinadi.
Ayniqsa boshliq uchun turli guruhlardagi, ko’p holda bir boshliq uchun bir vaqtning o’zida bir qancha guruhlardagi shaxslararo munosabatlarning xarakteriga javobgar bo’lish qiyinchiliklar turdiradi, chunki o’sha guruhlarni tashkil etgan har bir shaxsning o’ziga xos individualligi, boshqaruvchi haqidagi ular tasavvurining har xilligi va guruhlarda norasmiy liderlarning borligi boshliqdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik fahm-farosatning va sabr-qanoatning bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun ham kundalik hayotimizda, ham ilmiy adabiyotlarda tez-tez yonma-yon ishlatiladigan ''lider" va ''boshliq" tushunchalarining psixologik mazmunlarini analiz qilib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 309,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə