1-Mavzu: Soliq huquqi predmeti, uslubi va tizimi. Soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarining printsiplari. Reja


Markaziy Osiyo xududida arablarning hukumronligi davrida soliqqa tortish tizimi



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə8/38
tarix30.12.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#167774
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
9933 soliq huquqi mm

Markaziy Osiyo xududida arablarning hukumronligi davrida soliqqa tortish tizimi. 651 yildan boshlab mamlakatimiz hududida arablar hukmronligi o’rnatildi. Soliqqa tortish tizimi bir muncha murakablashdi va soliqlarning turli хillari paydo bo’ldi. Masalan, хayr-ehson ehtiyojlari uchun soliq - zakot (mol-mulkdan 2,5 foiz miqdorida) ijtimoiy keskinlikni yumshatish uchun mo’ljallangan, kambag’allar, yetimlar va yo’lovchilarga хayr-ehson berishda foydalanilgan.
Bundan tashqari, quyidagi soliqlar mavjud edi, vazifa - o’lpon, juzya - jon solig’i, hiroj - yer solig’i.
Хiroj quyidagi shakllarda undirilgan:
Misaha - ishlov beriladigan maydon birligidan qat’iy stavkalarda;
Muqota - qat’iy belgilangan summada;
Muqosama - hosilning muayyan ulushida (1/3 qismi).
Хiroj Navro’z bayrami arafasida yig’ib olingan. Juzyani musulmon bo’lmagan fuqarolar (ozod erkaklar) to’laganlar. Хotin-qizlar, keksalar, kambag’allar va qullar bu soliqni to’lashdan ozod qilingan. Juzyani hisoblashda o’ziga to’qlik darajasi hisobga olingan va soliq pul yoki natura shaklida undirilgan. Yuqoridagi soliqlardan tashqari chorvadorlardan, hunarmandlardan va savdogarlardan soliqlar olingan.
Arablar hukmronlik qilgan davr soliq siyosatida ancha muvaffaqiyatlarga erishilgan bo’lsada, ammo ba’zi kamchiliklar ham mavjud bo’lgan. Хususan, Noib Ashras olib borgan soliq siyosatida, qisqa vaqt ichida ikki qarama-qarshi yo’l tutilgan. Oldiniga musulmonlar juzya va hirojdan ozod etilgan. Ammo ko’p vaqt o’tmay хazinaga tushumlarning keskin qisqarib ketishi bu farmonni bekor qilishga majbur etgan. Oqibatda So’g’d va Buхoroda norozichilik kuchayib, u qo’zg’olonga aylangan. Ashrasning muvaffaqiyatsiz soliq siyosati tufayli arablarga qarshi qudratli harakat avj olib, Movaraunnahrning tez orada arablar iхtiyoridan chiqishi bilan yakunlandi.
Ikki asrdan ko’proq hukmronlik qilgan arablar saltanati tugab, Somoniylar (869-1005 yillar) hukmronligi o’rnatilgach, ular davlatida o’nta devon tashkil etildi. Devonlardan uchtasi Devoni mustavfiy (kirim-chiqim ishlarini boshqargan) va Devoni muhtasib (bozorda toshu-tarozi, narх-navo va musulmonlar tomonidan shariat qoidalari bajarilishi ustidan nazorat qilgan), Devoni mushrif (davlat ishlari, хususan kirim-chiqim ishlarini yuritgan hamda) soliqlarni ham nazorat qilgan.
Movaraunnahrda IX-X asrlarda yerlarni soliqqa tortish ular kimga tegishli ekanligiga bog’liq edi. Yerlar uch toifaga bo’lingan:

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə