1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


Madaniy sohadagi begonalashuv



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə37/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
manaviy begonalashuv

Madaniy sohadagi begonalashuv ham anchagina chuqur salbiy oqibatlarga olib keladigan ma’naviy tanazzulni keltirib chiqardi. Jamiyatda sog‘lom muhitni yaratishda ma’naviyat va madaniyatning o‘rni o‘zgacha. Chunki, ular individlarning barkamol bo‘lib shakllanishlariga katta ta’sir ko‘rsatadilar. Agar jamiyat a’zolari o‘z ma’naviyatlari, boy madaniy meroslaridan uzoqlashib ketib, undan begonalashsalar, ular endi o‘zlarining kelib chiqishlaridan tortib, to o‘z millatlarining ham milliy urf-odatlari, a’nanalarini ham inkor qila boshlaydilar. Agarda yaqin o‘tmishimizga, uning tarixiga murojaat etsak, ushbu satrlarimizning yaqqol isbotini ko‘ramiz. Masalan, boy madaniy merosimizdan begonalashuvimiz bizlarni atoqli adib Chingiz Aytmatovning ta’biricha, manqurtlarga aylantiray dedi, ya’ni biz o‘z xalqimiz tarixi, milliy ozodlik harakatlari va ularning sarkardalari, dinimiz va o‘zligimizdan uzoqlashib qoldik. Davlatimiz mustaqilligiga erishib, madaniy begonalashuvni bartaraf etishni boshladik. Sotsiologiyadagi muhim begonalashuv hisoblangan sotsial begonalashish insonlarni muloqotdan, bir-birlaridan uzoqlashishlari natijasida yuzaga keladi. Inson o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy xususiyatga egadir. O‘zaro faoliyat tufayli paydo bo‘lgan ehtiyojlar asosida doim insonlar bir-birlari bilan munosabatlarda muloqotlarda bo‘ladilar. Muloqotning ijtimoiy ma’nosi shundaki, u madaniyat shakllari va ijtimoiy tajribalarni uzatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Lekin iqtisodiy tanazzul ko‘pgina insonlarni qiyin iqtisodiy ahvolga solib qo‘yadi. Natijada jamiyat a’zolarining aksariyati bozor iqtisodi munosabatlariga ko‘nikishlari qiyin kechadi. Oqibatda inflyatsiyadagi ehtiyojlar tizimining cheklanishi va normallashtirish insonlarda agressivlik kayfiyati, johillashish fuqarolarda an’ana va urf-odatlar, ma’naviy qadriyatlarni yo‘qotishga olib keladi. SHu kabi salbiy omillar insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlarini kuchaytiradi va hamma o‘z holicha degan norasmiy qonun paydo bo‘ladi.
Ruhiy begonalashuv - bu, insonning o‘z mohiyatidan uzoqlashishdir. Ushbu muammoni nemis mutaffakiri Erix Fromm juda yaxshi ishlab chiqqan. Uning fikricha, inson mohiyati doim o‘ziga dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan sotsial tuzilma ta’siri ostidagi inson o‘z-o‘zidan begonalashuvining har bir darajasiga ma’lum bir sotsial xarakter - dunyoparastlik, ekspluatatorlik, retseptiv (andozalik, qolip), bozorga oidlik xosdir.
Zamonaviy jamiyatni E. Fromm inson mohiyatini “mashinalashtirish”, “kompyuterlashtirish” va “robotlashtirish” jarayonlari yordamida begonalashuv uning darajasining bir mahsuli deb ta’riflaydi. Bozorga yo‘naltirilgan sotsial harakat paydo bo‘lib, unda iste’molga intilish, ikkilanishlar hissiyoti, yakkalanib qolishlik va boshqa salbiy holat, hissiyotlar markaziy ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shu yerda psixologik va sotsial begonalashish bir-biri bilan juda uyg‘unlashib ketishini ko‘rish mumkin. Insonlar bir-birlaridan munosabatda, muloqotda begonalashsalar, o‘z-o‘zlaridan begonalashish ham yuz beradi, chunki insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlari oqibatida ular yakkalanish, zerikish va hayotga qiziqishlari so‘nishi vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida inson o‘z kelajagiga, orzu-niyatlariga ishonchi yo‘qolib, u o‘zini begona deb hisoblaydi va bu jarayon ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib keladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə