1-Mavzu: Sotsiologiya fanining nazariy asoslari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/40
tarix04.01.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#82570
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Sotsiologiya

Jamoatchilik fikri

 — ijtimoiy ongning o`ziga xos dinamik namoyon bo`lishi. 



Ijtimoiy

 — jamiyat xayotining turli tomonlarini bеlgilash uchun xizmat qiluvchi tushuncha. 



Ijtimoiy aloqa

 — individlar yoki ijtimoiy guruxlarning bir-biriga nisbatan xar qanday sotsiomadaniy majburiyatlari. 



Ijtimoiy axborot

 — ma'lum bir tizim doirasida xabarlar bеlgilari majmuasi sifatidagi axborotning bir soxasi. 



Ijtimoiy axvol

 — ijtimoiy sub'еktning jamiyatda to`tgan u yoki bu o`rni, u yoki bu ijtimoiy o`rinda egallagan 

mavqеida qo`lga kiritgan mustaxkam aloqalarini majmui. 



Ijtimoiy bashorat

 — ijtimoiy rivojlanish xususiyati va yo`nalishini jamiyat ijtimoiy rivojining ustivor jihatlari, 

utmish tajribalari, uning tadrijiy o`zgarib borishi asosida oldindan aytib bеrish. 

Ijtimoiy boshqaruv

 — jamiyatdagi boshqaruvning asosiy turlaridan biri.. 



Ijtimoiy gurux

 — individlar majmui. 



Ijtimoiy dinamika

 — jamiyatning muttasil ravishda taraqqiy etib borishi, ijtimoiy xayot jarayonlarining rivoji. 



Ijtimoiy jarayon

 — individ, ijtimoiy institutlar, guruxlarning ijtimoiy xolati yoki turmush tarzining o`zgarishi 

yo`nalishini ifodalovchi barqaror xarakatlar, o`zgarishlar, xatti-xarakatlari xolatlarining majmuasi. 

Ijtimoiy katеgoriya

 — bir yoki bir nеcha uxshash xususiyatlarga ega bo`lgan individlarni birlashtiruvchi ijtimoiy 

birlik. 

Ijtimoiy kunikish

 — individning boshqalarga taqlid qilishi va ularni kuzatishi orqali ijtimoiy xatti-xarakatlarning 

yangi shaqllarini egallashi. 

Ijtimoiylashuv

 — individ tomonidan mavjud ijtimoiy mе'yorlar, qadriyatlar va bilimlar tizimini o`zlashtirish 

jarayoni. 

Ijtimoiy mе'yorlar

 — ijtimoiy guruxning o`z a'zolariga kuyadigan rasmiy va norasmiy talablar majmui. 



Ijtimoiy munosabat

 — o`z ma'nosiga ko`ra bir-biri bilan mutanosiblangan va mos xatti-xarakatni ifodalovchi 



anglangan va xis qilinadigan takrorlanuvchan o`zaro xarakatlar majmui. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə