1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


-Mavzu. Qayta sug’urtalash kompaniyalari va sug’urta brokerlarining



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

6-Mavzu. Qayta sug’urtalash kompaniyalari va sug’urta brokerlarining 
faoliyatini huquqiy tartibga colish
 
REJA: 
1. Qayta sug‘urta haqida tushuncha. 
2. Qayta sug‘urtaning turlari va shakllari. 
3. SHartnoma tuzishdan avval yuzaga keladigan bahslar. 
4. Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan va kuchga kitgandan keyingi bahslar. 
5. Sug‘urta qoplamasining miqdori va uni rad etish bilan bog‘liq bahslar. 
6. Sug‘urta hodisasi ro‘y berganligi aniqlanmaganligi bilan bog‘liq bahslar.
 
 
1
. Qayta sug‘urta haqida tushuncha
Qayta sug‘urtalash - sug‘urtalashga riskni qabul qilish bilan bog‘liq 
iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug‘urtalovchi 
muvozanatlashgan sug‘urta portfelini yaratish va sug‘urta operatsiyalarini 
moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir
qismini o‘zaro kelishilgan holda boshqa sug‘urtalovchiga berishi (riskni 
ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug‘urtalash operatsiyalari bilan bir qatorda 
asosan, ixtisoslashgan qayta sug‘urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta 
sug‘urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko‘rinishida 
bo‘ladi. Bundan tashqari qayta sug‘urtalash nisbiy va nonisbiy shaklda bo‘ladi.
Ayrim holatlarda qayta sug‘urtalash operatsiyalari qayta sug‘urtalovchi 
broker - ikkita tomon, ya’ni sug‘urta kompaniyasi va qayta sug‘urtalovchi 
kompaniyasi o‘rtasidagi vositachidir. 
Qayta sug‘urta qilish shartnomalari bir tomondan sug‘urta kompaniyalari 
o‘rtasida o‘zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug‘urta kompaniyasi va 
ixtisoslashgan qayta sug‘urta qilish kompaniyasi o‘rtasida tuzilishi mumkin. Bu 
erda shartnoma o‘zi nima degan savol to‘g‘ilishi mumkin. o‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi 354- moddasida "ikki yoki bir necha 
shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki 
bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi" – deb ko‘rsatilgan. Dastlab, 
sug‘urta kompaniyasi o‘zining moliyaviy qobiliyatini mustahkamlash maqsadida 
qabul qilib olingan riskni bir qismini boshqa sug‘urta kompaniyasida yoki 
ixtisoslashgan qayta sug‘urta qilish kompaniyasida sug‘urtalash to‘g‘risida qaror 
qabul qiladi. Ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchi 
ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyasiga murojaat qiladi. Agar qayta sug‘urtalovchi 


 337 
kompaniya riskni qayta sug‘urta qilishga rozilik bildirsa, ular o‘rtasida qayta 
sug‘urtalash shartnomasi tuziladi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma 
shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, 
olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga 
kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari mujassam bo‘lishi kerak. 
SHuningdek, shartnomada qayta sug‘urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik 
hajmi ko‘rsatilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun 
hujjatlariga ko‘ra, qayta sug‘urta qilishda sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini 
to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi buyicha sug‘urtalanuvchi oldida ushbu
shartnoma buyicha sug‘urta kompaniyasi javobgar bo‘lib qolaveradi. Biroq asosiy 
sug‘urta shartnomasi buyicha sug‘urtalanuvchi hisoblangan sug‘urta tashkiloti 
sug‘urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma 
buyicha huquq va majburiyatlarining qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta 
qilish shartnomasi buyicha sug‘urtalovchiga o‘tadi. 
Qayta sug‘urta qilish shartnomalari bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, bu 
ushbu shartnomalarni savdo va boshqa turdagi shartnomalardan tubdan farq 
qiladi. SHuning uchun ham qayta sug‘urta qilish sohasini nazariy jihatdan qaysi 
sug‘urta tarmog‘iga kiritish yoxud uni mustaqil sug‘urta sohasi sifatida qarash 
ancha bahs munozarani talab qiladi. 
Agar sug‘urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug‘urta kompaniyasi qayta 
sug‘urtalovchi kompaniyaga darhol xabar qilishi kerak. o‘z navbatida, qayta 
sug‘urtalovchi kompaniya shartnomada ko‘zda tutilgan qoplamani to‘lashi shart. 
Qayta sug‘urta qilish kompaniyasi shartnoma buyicha o‘z majburiyatlarini to‘la-
tukis bajarsa, u holda shartnoma ijro etilgan hisoblanadi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə