1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Tohir: Suv kelar axta-axta, Sandig‘im temir taxta, Sendan boshqa yor qilsam, Qon yutay laxta-laxta. Zuhra



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə17/78
tarix30.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#164717
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

Tohir:
Suv kelar axta-axta,
Sandig‘im temir taxta,
Sendan boshqa yor qilsam,
Qon yutay laxta-laxta.
Zuhra:
Suv kelar tosh ustida,
Ro'molim qosh ustida.
Tohir esimga tushsa,
Yig‘layman osh ustida10.
Dostonlarning xalq qo‘shiqlari bilan uzviy aloqasini “Alpomish” dostonida aniq ko‘rish mumkin. Hakimbek Barchin bilan Ultontoz to‘yi kuni yurtiga qaytib keladi va to‘yda Qultoy qiyofasida qatnashadi. Shunda u avval Bodombekach bilan, keyin Barchin bilan yor-yor aytishadi:
Qultoy”:
Oy Barchinim yor-yor,
Gul Barchinim yor-yor,
Aqling bo‘lsa, o‘yla-da,
Bil Barchinim yor-yor.
Ultontozga tekkancha,
O’1, Barchinim yor-yor.
Barchin:
Uy demayin qaynag‘ a,
Buy deysana, yor-yor,
Bulbul qo‘nar to'qayning
Jiydasina yor-yor.
Ultontozga tekkancha,
Qora yerga teg deysana yor-yor11.
Doston va ertaklardagi tasviriy mushtaraklik ham alohida tadqiqot yuritishga arziydigan mavzudir. Qahramonlaming tashqi qiyofasi, qiz-malikalaming go‘zalligi tavsifi shu qadar o‘xshash tasvirlanadiki, ba’zan matnni o'qiyotganimizda asar doston yoki ertak ekanini unutib qo‘yamiz. Masalan, “Malika ayyor” dostonida Shozargar vaziyat taqozosi bilan sichqonga, uzukka, tishi olmos kalamushga, boshi olmos o‘q ilonga, va nihoyat, kal qiyofasidagi qimorbozga aylanadi. Dostonining bu sahifalari ko‘proq ertaklardagi transfiguratsiya (bir qiyofadan boshqa qiyofaga o‘tish) usulini eslatadi.
Bundan tashqari afsona, rivoyat, ertak, doston matnlarida o ‘nlab maqollarning qo‘llanilishiga guvoh bo‘lamiz. “Alpomish” dostonining o‘zida:
Sulton suyagini xo‘rlamas.
G‘amli qulning o‘ylaydigan o‘yi bor.
Kuchuk bosmas yo'lbars, sheming izini,
Esi bor biladi gapning tuzini.
O’zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga.
Do‘stga zor aylama, dushmanlarga xor.
Elakka borgan xotinning ellik og‘iz gapi bor.
kabi bir qator maqol, matal, hikmatli so‘zlar asar matnini bezab turibdi.
Xalq og‘zaki ijodi janrlari, ulaming tarkibi, avvalo, ulaming jins, tur, janrlarga bo'linishidan tashqari bir butun meros ekanini tasdiqlaydi. Janrlararo yaqinlik og'zaki ijodning asrlar davomida dunyoqarashi jihatidan yaqin ijodkorlaming iqtidori mahsuli natijasi sifatida baholanishi mumkin. Og'zaki asar qaysi janrga taalluqli ekanidan qat’i nazar yosh avlodning barkamol farzand bo'lib yetishishini ta’minlash maqsadini amalga oshirishda xalq xizmatida bo'lgan.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə