1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


-MAVZU: O‘Z-O‘ZINI ANGLASH VA O‘Z-O‘ZINI TARBIYALASH METODLARI



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə47/78
tarix30.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#164717
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

14-MAVZU: O‘Z-O‘ZINI ANGLASH VA O‘Z-O‘ZINI TARBIYALASH METODLARI
Reja:

  1. Qat’iy fe’l-atvorning muhimligi. Qat’iy fe’l-atvorning tarkibi va ularning ahamiyati.

  2. Qiyin vaziyatda hissiyotlarni boshqarish. Hissiyotlarni anglash, ularni nazorat qilish usullari.

  3. O‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari.

Eng qiyini o‘zingni anglay bilishingdir.
FALES
O‘zlikni anglash o‘z o‘tmishini bilishdan boshlanadi. Ushbu o‘ta muhim va mas’uliyatli jarayonda tarixchi olimlar, ular tomonidan olib borilayotgan teran ilmiy izlanishlarning o‘rni alohidadir. So‘nggi yillarda qadim va boy tariximizni har tomonlama va chuqur o‘rganish, asosiysi, olingan natijalarni xalqimizga etkazish har qachongidan ko‘ra kuchliroq ahamiyat kasb etmoqda.
Biz o‘z-o‘zimizga shunchalik o‘rganib ketganmizki, hatto e’tibor ham bermaymiz. «O‘zim, men...» bu so‘zlar bizga yod bo‘lib ketgan. «Ichimdagi men...» buni esa har kim o‘zicha tushunadi. Kimdir mening ichimdagi men bu ichimda ovozsiz gapiradigan, biror qarorga kelsam ba’zida qarama qarshi fikr bildiradigan narsa deb o‘ylasa, boshqa birov orzu-umidlarim, talab-ehtiyojlarim, istak-xohishlarim mening ichimdagi mendir deb biladi. Ayrimlar esa bu haqda o‘ylab ham ko‘rishmagan.
Oʻzligini anglash birinchidan, odamning ozod, erkin, nodir, ulugʻ siymoligini anglash va oʻzida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish boʻlsa, ikkinchidan uning oʻziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, maʼnaviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Odamzod oʻzini oʻzi anglar ekan, oʻzida bor imkoniyatlarini yanada rivojlantiradi . Odam oʻzini anglagandan keyin yangi qirralarini ochadi.
O’z-o’zini tarbiyalash - bu insonning tabiatan beradigan potentsialini maqsadga muvofiq va mustaqil ravishda amalga oshirishga bo’lgan ongli intilishi. To’liq amalga oshirish uchun o’zingizning chuqur bilimingiz, shaxsiy fazilatlaringizni takomillashtirish, zarur ko'nikmalarni rivojlantirish, tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish kerak. O'z-o'zini tarbiyalash - bu masala qadimgi tarixdan boshlab yozuvchilar, faylasuflar, pedagoglar, psixologlar tomonidan chuqur o'rganilgan.
Qadim zamonlardan beri o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini takomillashtirish muammosi mutafakkirlar, faylasuflarning "yorqin onlari" tomonidan egallangan.
O'z-o'zini tarbiya qilish g'oyasi har doim asrlar mobaynida o'tib ketadi - tan olinmasdan o'zgarmoqda va abadiy haqiqatlarni o'z ichiga oladi. Platon, Sokrat, Aristotel - bu o'z-o'zini anglashning qadriyatini va shaxsni o'zini o'zi takomillashtirish jarayonida shaxs sifatida paydo bo'lgan birinchi asarlardir. Jamiyatda yuqori axloqiy fazilatlarni tarbiyalagan kuchli, iqtidorli kishilarga ehtiyoj bor. Muammo insonning yolg'on qadriyatlarni, ideallarni tanlashi va ularga ergashishi mumkinligi bilan ifodalanadi.
Feʼl-atvor, xarakter — shaxsning atrof muhitga va oʻzoʻziga munosabatida namoyon boʻladigan individual xususiyati. Har bir kishining Feʼl-atvorida uning bosib oʻtgan hayot yoʻli aks etadi. Kishining Feʼl-atvorini bilib, maʼlum vaziyatda oʻzini qanday tutishini oldindan koʻrish va uning xattiharakatini toʻgʻri yoʻnaltirish mumkin. Feʼl-atvor xususiyatlarining 4 ta tizimi bor: 1) ayrim insonga, guruhga, jamoaga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik qilish, talabchanlik va boshqalar); 2) mehnat faoliyatiga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mehnatga masʼuliyat yoki masʼuliyatsizlik bilan munosabatda boʻlish va boshqalar); 3) narsa va ashyolarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayash yoki ularga ehtiyotsizlik bilan yondashish va boshqalar); 4) insonning oʻzoʻziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzatnafelilik, shuhratparastlik, dimogʻdorlik, kamtarlik va boshqalar). Feʼl-atvorning xususiyatlari tugʻma va oʻzgarmaydigan xususiyatlar emas, u insonning turmush sharoitlariga bogʻliq holda tarkib topib, oʻzgarib boradi, takom illashadi. Feʼl-atvorning shakllanishida bir necha turli ruhiy taʼsirlar mavjud boʻlib, ularning ichida odat muhim ahamiyat kasb etadi. Feʼl-atvor umumbashariy sifatlar bilan cheklanib qolmasdan, milliy va etnopsixologik xususiyatlarga ham ega. Mas, oʻzbek millatining oʻziga xos milliy Feʼl-atvor xislatlari mavjud. Feʼl-atvor sifatlari turmush jarayonida tarbiya, mexnat va ijtimoiy sharoit taʼsiri bilan maʼlum darajada oʻzgaradi. Uni yaxshi tomonga oʻzgartirishda axloqning ijtimoiy meʼyorlarini oʻzlashtirish, oʻzoʻzini tarbiyalash ham katta ahamiyatga ega. Feʼl-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhit va tarbiyaning taʼsiri ayniqsa kuchli.
O’z-o’zini tarbiyalash uo’z faoliyatini tahlil qilishdan va o’z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi. O’qituvchi o’z ustida ishlashi, o’z-o’zini tarbiyalashda quyidagi usullardan foydalanadi:
O‘z–o‘zini bilish jarayoni o‘qituvchining pedagogik mahorati doira­sida ma’lumotlarni qayd qilish darajasida kechadi, bunda refleksiyaning passiv shakli ustuvorlik qiladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida yuzaga kelayotgan turli qiyinchiliklar va muammolarning sabablarini, erishila­yotgan yutuqlar va natijalarni shunchaki qayd qilib boradi. 
O‘z – o‘zini anglash jarayoni o‘qituvchining o‘z faoliyati va unda o‘zi­ga nisbatan «metapozitsiya» (noaniq pozitsiyada)da turib, o‘ziga tash­qa­ridan qarash, o‘zini kuzatish malakasini ko‘zda tutadi. Bunda, interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi) hodisasi amalga oshadi, kasbiy qiyinchiliklarning kelib chiqish sabablari rasmiy­lashtiriladi; faoliyatdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad aniqlanadi, refleksiv – «MEN» shakllanadi. Bu o‘qituvchining dolzarb rivojlanish zonasi bilan bog‘liq. 
O‘z – o‘zini aniqlashtirish jarayonida boshlang‘ich daraja kasbiy ehti­yojlarni hisobga olib belgilanadi va jadal imkoniyatlar asosida faoli­yat rejalashtiriladi. Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi. Haqi­qiy «MEN» va ideal «MEN» nisbatlanadi. Bu o‘qituvchining eng yaqin rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. 
O‘z – o‘zini rivojlantirish jarayonida o‘qituvchining kasbiy faoliyati davomida takomillashtirilgan pedagogik mahorati, refleksiyalangan (ya’­ni avval foydalanilgan va ularning samaradorligini baholash natija­sida tobora optimal bo‘lib chiqqan metodlar) harakat usullari va metodlarining o‘sishi sodir bo‘ladi. 
O‘z – o‘zini nazorat qilish o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat qilib, pedagogik mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi shakli boshlanishini nazarda tutadi.
Hissiyot, ya'ni his-tuyg‘u odamning atrof-muhitga va o'ziga bo'lgan munosabatlarining ifodalaishidan iborat. 
Hissiyot till. Odamning ichki kechinmalari uning yurish-turishi, tovush balandligi, so‘zlash ohangining o'zgarishi, imo-ishora, mimika orqali ifodalanadi. His-tuyg‘ular ijobiy (qoniqish, hayajonlanish, xursandchilik, xush ko'rish) va salbiy (g'azablanish, qo‘rquv, qayg‘u, jirkanish) boiadi. 
Hissiyot odamlarning millati, tili va tarbiyasiga bog‘liq bo‘lmasdan, bir xilda namoyon bo'ladi. Odamning yurish-turishi, gapining ohangi, tanasi va yuzining holatiga qarab, uning his-tuyg‘usi to‘g‘r*sida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Hissiyot qon aylanish, nafas olish va boshqa organlar ishining faollashuvi bilan birga namoyon bo‘ladi.
Hissiyotning ahamiyati. Hissiyot bilan bog‘liq jarayonlar organlar faoliyatini va organizm kuchini o‘zgartiradi, uni yangi o‘zgargan sharoitga tayyorlaydi. His-tuyg‘uda paydo bo'ladigan ifodali harakatlar zo‘riqishni kamaytiradi Ifodali 
xatti-harakatlar hissiyot tili hisoblanadi. Hissiyotning ifodalanishiga qarab biz birovlarning his-tuyg‘usi, g‘am-g‘ussasini tushunib, uning holiga achinamiz. Shu tariqa ifodali xatti-harakat odamlaming o'zaro munosabat vositasiga aylanadi. 0‘z navbatida, ifodali xatti-harakatning o‘zi ham javob his-tuyg‘usini paydo qiladi. Aktyor mimika, intonatsiya, ifodali xatti-harakatlari orqali obraz yaralish, uning ichki dunyosini ochib berish bilan birga, o‘z qahramonining kechinmalarini tomoshabinlarga ham o‘tkazib, ularda ham achinish hissiyotini paydo qiladi. 
Ifodali xatti-harakatlar orqali boshqalarning his-tuyg‘usiga ta’sir qilish va ularning his-tuyg‘usini boshqarish mumkin. Masalan, bolaning har qanday ifodali his-tuyg‘usi katta yoshdagi kishilarga ta’sir ko‘rsatadi va ular bolaning istagini bajarishadi. Buni tushungan bola o‘z his-tuyg‘usini yanada kuchliroq namoyon qila boshlaydi. Buning natijasida kelgusida o‘z his-tuyg‘usini jilovlay olmaydigan inson tarbiyalanib chiqadi.
Hissiyotni boshqarish. Ifodali xatti-harakat odamning ixtiyoriga bo'ysunadi. Odam o‘z his-tuyg‘ularini to'xtatib turishga, ya’ni hissiyotga berilmasdan, o'zini qo‘lga olishni o'rganishi lozim. Odamdagi bu xususiyatlar uning yaxshi tarbiya ko‘rganligini va yuksak madaniyatli ekanligini bildiradi. 
Kishilar idrok qilayotgan (ko`rayotgan, eshitayotgan), bajarayotgan, o`ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo`lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g`azab-nafratimizni uyg`otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo`rquvni his qilamiz, dushman ustidan g`alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg`otadi. Odamlarning o`zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his -tuyg`ular (yoki emotsiyalar) deyiladi. His - tuyg`ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko`radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni (mehnat, o`qish, o`yin) uning muvaffaqiyati va mag`lubiyatini ham his - tuyg`ular uyg`otadi. Hissiyot voqelikni aks ettirilishidir. Odam ayni bir paytda tirik organizm va jamiyat a`zosi bo`lishi bilan birga, o`z miyasida alohida shaxs sifatida, ayrim ob`ektlar bilan qiladigan ob`ektiv munosabatlarni aks ettiradi. Odam miyasida olamning aks ettirishni ana shunday o`ziga xos tomoni hissiyot sohasi yoki inson shaxsining emotsional tomoni hisoblanadi. Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi. 
His - tuyg`ularning vazifasi. Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a`zolariga ta`sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo`zg`ovchilardan ayrimlari aniq bo`lib ajraladi, ba`zilari bir -birlari bilan qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg`otib biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin, ma`lum qo`zgalishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib topadigan shartli reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida namoyon bo`ladi. Hissiyotni mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. (impressiv-lotincha - taassurot).
I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan yoki buziladigan dinamik stereotiplar orqali biror hissiyotni va emotsional kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip deganda, tashqi taassurotlarning ma`lum tartibda qaytarilishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklarga duch kelish natijasida dinamik streotiplarninng “o`zgarishi” salbiy emotsional holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot va uni kechirishning turli shakllari faqat darak beruvchilik vazifasini emas, balki boshqaruvchilik funktsiyasini ham bajaradi. emotsiya harakatlarda juda ko`p tana o`zgarishlarida ifodalanadi. Odam organizmidagi bu o`zgarishlar, kechirilayotgan hissiyotning ob`ektiv ko`rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo`lgan, ya`ni ovozning o`zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo`ladigan jarayonning qayta o`zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsonal harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi (ekspressiv - ifodalanish).
Odamning o`z hissiyotining ob`ektiga qanday shaxsiy munosabat ifodalangani mazkur holda qanday munosabatda bo`lishi ifodalangani hissiyot mazmunining sifat tomonini tashkil qiladi. Odatda shaxsning hayot faktlariga nisbatan bo`lgan emotsional munosabatlari ikkita sifatga ijobiy va salbiy sifatlarga ajratiladi.
Shaxsning o`z hissiyoti ob`ektiga ijobiy va salbiy munosabatlaridan tashqari ikqilanish holatlari va noaniq tushunish munosabatlari ham bo`ladi. Bularni rohatlanish va qanoatlanmaslik hislariga qo`shib bo`lmaydi. Ikki taraflama hissiyotda (ambivalent hissiyotda) rohatlanish va azoblanish qo`shilib va biri ikkinchisiga o`tib ketmaydigan emas, balki bunday birga bo`lish kechirilayotgan hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan: rashk hissida muhabbat va nafrat. Suv ichish va neft hidi. Rohatlanish va yoqimsiz - noxushlik hissi. Sub`ektning hissiyot predmetlariga nisbatan emotsional munosabatlarning to`rtinchi sifati odatda qisqa muddatli hissiy munosabatning noaniqligidir, lekin ba`zan ayrim ularni tushunishiga bo`lgan ob`ektlarga nisbatan ancha vaqtga davom etgan hissiyotlarning ham hissiy munosabatlarining sifati bo`ladi. Odam hayotida yangi narsaga duch keladi, bu narsa ko`pincha uni to`lqinlantirib, idrokida mazkur narsani tevarak - atrofidagi muhitdan ajratib olib, unga nisbatan ajablanish, hayratlanish, havas va qiziqish hissiyotini kechiradi. Bu yangi taassurotlarni dastlabki anglashning hissiy tomonidir.
3. Hissiy holatlarning fiziologik asoslari. Hissiy holatlarni paydo bo`lishiga tashqi olamda yuz beradigan o`zgarishlar sabab bo`ladi. Hissiy holatlar uchun xos bo`lgan fiziologik jarayonlarning asosi murakkab shartsiz va shartli reflekslardir. Ma`lumki, shartli reflekslar tizimi katta miya ustuniga tegishli ko`rish tepachalari va nerv qo`zg`alishlarini miyaning yuqori bo`limlaridan vegetativ asab tizimiga o`tkazib beruvchi boshqa markazlar orqali amalga oshiriladi. Kishining hislarni kechirishi hamma vaqt miya po`sti va po`stlok osti markazlarining birgalikdagi faoliyatlari natijasidir. Atrofda va olamda yuz beradigan o`zgarishlar odam uchun qancha ahamiyat kasb etsa, hissiy kechinmalar shuncha chuqur bo`ladi. Buning natijasida paydo bo`ladigan muvaqqat bog`lanishlar tizimi qayta tuzilishi qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi. Bu jarayon katta miya yarim sharlari po`stida tarqalib po`stloq osti markazlarini ham egallab oladi. Katta miya yarim sharlar po`stidan pastda organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari; nafas olish, yurak va qon tomirlarini idora qilish, ovqat hazm qilish, ichki sekretsiya bezlarini ishini idora qilish va boshqa markazlar joylashgan. Shuning uchun po`stlok osti markazlarining qo`zg`alishi bir qator ichki a`zolar faoliyatini kuchaytirishga olib keladi. Hissiy holatlar o`zining fiziologik mohiyati jihatidan katta yarim sharlar po`stining va miya po`sti boshqaradigan po`stloq osti markazlarining funktsiyasigina bo`lib qolmay, balki miyaning boshqa qismlari ishni boshqaradigan retikulyar tuzilmaning vazifasidir. Miyaning talamus (ko`rish tepaligi) va gipotalamus (tepacha osti qismi) deb atalgan joyining qadimgi po`stloq osti tuzilishlari bilan yarim sharlar yangi po`stlog`i osti tuzilmalari o`rtasidagi limbik tizimning vazifasidir.
4. Insoniy his - tuyg`ular va hayvonlardagi emotsiyalar. Odam his - tuyg`ulari bilan hayvon hissiyotlari o`rtasida farq juda katta. Odamda juda ko`p miqdorda his - tuyg`ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda yo`q. SHuningdek, odam va hayvon uchun umumiy bo`lgan g`azablanish, qo`rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g`amginlik emotsiyalari hayvonlarda sifat jihatidan farq qiladi.
Insoniy emotsiyalar “insoniylashtirilgan” ijtimoiy sharoit bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. emotsiyalarning “insoniylashuvi” shunday namoyon bo`ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyat, oilaviy hayot o`rtasida paydo bo`lgan munosabatlarning ko`pligi sof insoniy hissiyotlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshga ochiq ko`ngil bilan jilmayishni, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy bo`shatib berishni o`rgatadi. Odam o`z hissiyotlarini o`zi boshqaradi. Ba`zan kishilar o`z emotsiyalarnni yashirish niyatida qarama - qarshi emotsiyalarni ifodalaydilar. Masalan, qaygurish yoki qattiq og`riq paytida kulimsirash, kulgilar kelgan paytda yuzlarini jiddiy o`ychan holga keltira oladilar. Lekin o`zining imo - ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda nafas olish , qon aylanishi va ovkat hazm qilish tizimidagi o`zgarishlarni ushlab qolish juda qiyin bo`ladi. Odam hayajonlangan paytda bir maromda nafas ola biladi, ko`z yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o`zgartirish yoki qizartirishga kodir emas. Ammo emotsiyalarni paydo qiluvchi narsalardan o`zini chalg`itishi mumkin.
5. Hissiy holatlarning ifodalanishi. Hissiy holatlarning ifodalanishi, birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo`l – oyoq harakatlari,­) ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya`ni ichki a`zolar faoliyatining va holatining o`zgarishida, uchinchidan, tabiatda, ya`ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o`zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo`ladigan o`zgarishlarni o`z tarkibiga oladi. His - tuyg`ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo - ishora, vajohat va qaddi - qomatning o`zgarishi, ayrim tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (yosh, so`lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o`zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning fonetik o`zgarishlari, “ovoz mimikasi” va gaplar tartibining sintaksis o`zgarishi, “tutilmasdan gapirish” yoki alohida “silliqlik”hamda “ifodalilik”ning yuzaga kelishi, nihoyat hissiyot o`zining to`la yoki qisman ifodasini topadigan xatti - harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalar vaqtida nutqning tezligi o`zgaradi. Ko`pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ohangi o`zgaradi. O`tkazilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, g`amginlik va mayuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqning so`zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi. Nutqning o`zi susayib qoladi, so`zlayotgan kishining tovushi ham bo`linib - bo`linib chiqadi. 
6. Hislarni kechirish shakllari. Hissiy kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo bo`ladi. Ba`zan hissiyotlar juda to`satdan, darhol paydo bo`ladi. Masalan, kishi birdan xursand bo`lib ketadi, darhol g`azabga keladi, achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba`zan shu hissiyotlarning o`zi daf`atan qo`zg`almaydi, balki asta-sekin tug`ila boshlaydi. SHunday hissiy kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo bo`lmasligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bo`lmaydi. emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo`lishi mumkin. Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg`ularning naqadar kuchli bo`lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros bilan kechirayotganligi bilan belgilanadi. Hissiyotning qo`zg`alish xususiyatlari paydo bo`lish yo`lini, kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga bog`liqdir. Atrof muhitning holati, shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi, shu xislat tuzilishiga sabab bo`lgan hodisalarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda paydo bo`lishi va o`tishi, hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog`liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo`lishiga ko`ra, his-tuyg`ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, jiddiylik holatlari (stress) , kayfiyat va boshqalar. Hissiy ton. Hissiyot ko`pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruxiy jarayonning o`ziga xos sifat tomoni tariqasida namoyon bo`ladi. Yoqimli suhbatdosh ekan, kulgili voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko`ngildagi mashg`ulot, xushchaqchaq sayohat, og`ir ish kabilar. Hissiy ton - sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilayotgan narsa yoki hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy buyok, yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog`langan hissiyot. Masalan, og`riq va bir qator kuchli qo`zg`ovchilar yaqqol ifodalangan yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi. emotsiya - bu qandaydir bir hissiyotning bevosita kechirilishidir. Musiqani sezuvchi kishining kontsertda o`zi yaxshi ko`rgan kuyni yaxshi ijrochi ijrosida tinglab, kechirish, his qilish natijasida rohatlanish, hayratda qolish kabi holatlarni emotsiya deyiladi. Ba`zan odam qo`rquvdan, dahshatdan qotib qoladi, qo`rqquvdan va umidsizlikdan o`zini xavfli ob`ekt tomon otadi. Ba`zan emotsiyalar kishiga kuch beradi. “Tog`ni tolqon” qilishga tayyor bo`ladi. Faol emotsiyalar paytida odam jim tura olmaydi. Affekt tez paydo bo`ladigan, nihoyat darajada kuchli, g`oyat jo`shqinlik bilan o`tadigan qisqa muddatli emotsional holatlardir. Affekt lotincha bo`lib, ruxiy hayajon, ehtiros degan so`zdan olingan.
Affektlar ko`pincha to`satdan paydo bo`ladi va ba`zan atigi bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishining ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda “portlash”singari birdaniga boshlanib ketadi. Ba`zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo`ladi va bunday holatda organizm bo`shashib, harakatsiz bo`lib va shalvirab qoladi. Bunday holat ko`pincha odam birdaniga qo`rqqanida, to`satdan quvonganida va shu kabi hollarda “o`zini yo`qotib qo`yish” ko`rinishida namoyon bo`ladi. Har bir kishi o`zida boshlanayotgan affekt holatiga tushmaslik uchun ko`rashmog`i kerak.
Stress - jiddiylik holati. Keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik holati deb ataladi. Jiddiylik - turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketib, havfli vaziyat tug`ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to`g`ri kelganda vujudga keladigan harakatdir. Stress holatining paydo bo`lishi va o`tishining psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, kosmonavtlar, elektrostantsiya operatorlari, dispetcherlar, mashinistlar, haydovchilar, sud’yalar, korxona rahbarlari, o`quvchilardan imtixon oladigan pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir. Ehtiros - muayyan harakatga va muayyan ob`ektga muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan emotsional holatdir. ehtiros ham uzoq davom qiladigan va barqaror bo`lgan hissiy holatdir. ehtiros doimo aniq bir narsaga qaratilgan bo`ladi, masalan, bilimga, ixtirochilikka, musiqaga, mehnatga bo`lgan ehtiros ijobiy ehtiroslarni, mol - dunyoga xirs qo`yish, qimor, qarta, ichqilikka va hokazoga bo`lgan salbiy ehtirosni ajratib ko`rsatish mumkin.
Kayfiyat - odamning nisbatan zaif va o`rtacha kuchga ega bo`lgan, odatda uzoq vaqt davom etadigan ayrim ruxiy jarayonlarga umumiy hissiy tus berib turadigan holat kayfiyat deb ataladi. Pedagogik faoliyatda butun sinf jamoasida sog`lom ishchanlik, vaqti kelganda jiddiyroq, vaqti kelganda quvnoqroq kayfiyat yaratish ta`lim ishi samaradorligining muhim shartidir. 
7. Yuksak hislar.Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida yakka holda mavjud bo`lmaydi. Yuzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. Yuksak hislar o`z tarkibiga birmuncha soddaroq turli hislarni oladi. Insoniy faoliyatning qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi hislarning qaysi birining asosi ekanligiga qarab yuksak hislarning muhim turlari; praksik (amaliy), axloqiy, intellektual, estetik hislarga ajratiladi.
Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatga shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo`lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda odam biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e`tirof etadigan yoki inkor qiladigan, bu maqsadlarga erishish yo`llarini baholaydigan, ta`sir qilish usullari va qurollarini ma`qullaydigan va ma`qullamaydigan, ularning to`g`ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Mehnat inson hayotining asosi bo`lib, insonning mehnatga bo`lgan hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o`rinni egallaydi. Axloqiy hislar. Axloqiy hislarda odamning boshqa kishilarga, jamoa va o`zining ijtimoiy burchlariga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma`lum axloqqa, ya`ni ijtimoiy axloq qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, boshqa kishilarning xatti -harakatlariga yoki ruxiy xususiyatlariga hamda o`zining xatti - harakatlariga baho beradi. Shaxsning etakchi axloqiy hislaridan biri bu burch hissidir. Bu his odam yashab va ishlab turgan tor doiradagi jamoa (oila, maktab, ishlab chiqarish korxonasi) manfaatlari nuqtai nazaridan turib harakat qilish lozimligini anglaganda ham kechiriladi. Odam o`zining ijtimoiy burchlari nimalardan iborat ekanligini bilib va tushunibgina qolmay, balki ularni bajarish zarurligini ichdan his qilib qayg`uradi.
Demak, o‘zlikni anglash-mavhum tushuncha emas, balki inson faoliyatining muhim jihatlaridan biri bo‘lib, uning ma’naviy kamolotga erishuvida muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə