1-mavzu. Tarbiyaga doir milliy va xalqaro tajriba fanining maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə1/3
tarix16.05.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#110585
  1   2   3
1-M


1-mavzu. Tarbiyaga doir milliy va xalqaro tajriba fanining maqsadi va vazifalari.
Reja:
1. Tarbiyaga doir milliy va xalqaro tajribaga fanining tarixi.
2. Tarbiya tizimida innovatsiyalar.


Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g’oyasi turlicha ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko’ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o’zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham o’stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o’quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi. U o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o’quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o’quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o’zini o’zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o’z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Faoliyat jarayonida hosil bo’lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.
Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o’quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o’qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o’yin, sport, badiiy xavaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo’lib qolishi mumkin.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo’ladi.
Shaxs ijtimoiy tarbiya orqali shakllanadi.Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo’lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o’ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o’zini-o’zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o’rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. O’zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:

  1. yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg’otish;

  2. o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;

v) umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o’zaro yordam, mehrmuhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o’quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
g) o’quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg’usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas’uliyatni tarkib toptirish;
j) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg’usini shakllantirish, o’zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg’usini qaror toptirish;
z) mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’g’ri va xolisona baho berishga o’rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o’rgatish va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari ana shulardan iborat.
Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Chunonchi,

  1. axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlar (talab va ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish;

  2. aqliy tarbiyani yo’lga qo’yish chog’ida - o’quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish;

  3. jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarni o’z sog’liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g’amxo’rlik qilish tuyg’usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to’rlari borasida ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o’quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash;

  4. estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o’quvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go’zallikni sevish, go’zallikka intilish tuyg’ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;

  5. ekologik tarbiyani olib borish chog’ida – o’quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o’quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o’rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo’lish, tabiatni asrash to’g’risida g’amxo’rlik qilish kabi tuyg’ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish;

  6. iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to’ldirish, kichik va o’rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko’paytirish borasida qayg’urish tuyg’ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;

  7. huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarga davlat konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular ongiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga ega bo’lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish;


Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə