1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Hujayralarning tuzilishi va toʻqimalar turlari haqida tushuncha



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə4/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
TBA MARUZA

Hujayralarning tuzilishi va toʻqimalar turlari haqida tushuncha.


Organizm bu oʻzini oʻragan tashqi muhit bilan modda almashinish, oʻsish va koʻpayish xususiyatiga ega boʻlgan yuqori tabaqadagi oqsil moddalaming murakkab yigʻindisidir. U tarixiy tuzilishga ega bir butun, doimo oʻzgarib turuvchi, oʻziga xos tuzilishga va taraqqiyotga ega tizimdir. U tashqi muhitning maʻlum bir sharoitlariga moslashgan holda yashaydi.
Organizm — hujayralar, toʻqimalar, aʻzolar, suyuq moddalardan tuzilgan, lining tarkibiy qismlarini bir tomondan tomirlarda harakat qiluvclii suyuqlik (humor) bir-biriga bogʻlab tursa, ikkinchi tomondan nerv tizimi bir biriga bogʻlaydi va ularning faoliyatini tartibga solib idora etadi. Organizm oʻz-oʻzini idora etib boradigan, atrof-muhit bilan doimo oʻzaro taʻsirda boladigan va oʻz hayotini quvvatlab bora oladigan yaxlit sistemadir.
Organizm struktura va funksional birligi hujayradir. 1665-yilda fizik olim R.Guk (1635-1703-y.) tomonidan sodda mikroskop ixtiro qilinishi hujayra taʼlimotining tugʻilishiga sababchi boʻldi. U poʻkakdan yupqa kesma tayyorlab mikroskop ostida kuzatganda mayda katakchalarni koʻrdi va ularga hujayralar deb nom berdi. Hujayra organizm tuzilishi va hayot faoliyatining asosini tashkil qiladi. Tirik mavjudotlar evolyutsiyasi organizm hujayralarining struktura hamda funksiyalariga qarab tabaqalanishi, yaʻni turli shakl-shamoyilga kirib, har xil toifalarga boʻlinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida hujayralar muayyan funksiyalarni (harakat, sekretor, himoya va boshqalarni) bajarishga moslashadi.
Elektron mikroskop kashf etilishi bilan hujayraning tarkibi va undagi moddalar almashinuvi oʻrganila boshlandi. Hujayralar sharsimon, duksimon, prizmasimon, kubsimon shaklda bo'lib, ularning hajmi ham har xil. Ular mikrometr bilan oichanib, 5-10 mikrondan bir necha yuz mikrometrgacha bo'lishi mumkin. Hujayralarning shakli va hajmi har xil bolishidan qatʻiy nazar ular umumiy tuzilishi bilan bir biriga oʻxshashdir. Hujayra uch qismdan, membrana, sitoplazma va yadrodan tashkil topadi. Hujayra membranasi uch qavat tuzilishga ega bo'lib, har biri 25A qalinlikda boladi. Hujayra membranasi tashqi va ichki muhit orasidagi moddalar almashuvini boshqaradi, hamda turli ionlarni tanlab oʻtkazish xususiyatiga ega.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə