1. mavzu. Umumta’lim va kasb-hunar maktablarining chizmachilik fani dasturi, darsligi, standartlari va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishish


-MAVZU. CHizmachilik kabinetini jihozlash



Yüklə 73 Kb.
səhifə5/25
tarix31.03.2023
ölçüsü73 Kb.
#103827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
1.mavzuiar

6-MAVZU.
CHizmachilik kabinetini jihozlash.
Yuqorida ta’kidlanganidek, maxsus chizmachilik kabineti va kurs bo'yicha metodik ta'minotlarsiz chizmachilik darslarining samaradorligini ta'minlash mumkin emas. O'quvchilaming fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, ulaming grafik bilimlami qiynalmasdan o‘zlashtirib, yuqori grat'ik madaniyatni egallashlari uchun chizmachilik o‘qituvchisining darsni to‘g‘ri tashkil qilishining ahamiyati juda katta. Shulami hisobga olgan holda biz quyida chizmachilik darslarini to‘g‘ri jihozlash va o*qituvchining darsga tayyorlanishiga doir asosiy ko’rsatmalarga to‘xtalib o‘tamiz. Maktabda zamonaviy jihozlangan chizmachilik xonasi mavjudligi, bu katta boylik. 1970-yillaming oxiri va 80-yiIlaming boshlaridagi metodik adabiyotlarda chizmachilik kabinetlarini jihozlash bo‘yicha tavsiyalar yetarlicha batafsil yoritilgan. Shu yerda vaziyatni ham real baholashga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda chizmachilik bo‘yicha umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlardagi chizmachilik o‘qitishdagi o‘quvmetodik komplekslari yetishmasligi va ko‘pchiligi butunlay yaratilmaganligi, buning ustiga chizmachilik jihozlari va asbobiarini faqat sirkul va chizg‘ichdan iborat deb tushunuvchi mutaxassis bo‘lmagan o‘qituvchilarga taqsimlanganligi fanni o‘rganishga boMgan zaruriyat hissining pasayishiga olib kelmoqda. Shunga o‘xshash salbiy «an’ana»lar ko‘pchilik maktablarda hozirgacha chizmachilik kabinetlarining tashkil qilinmaganligi, hatto ayrimlarida mavjudlari ham yo‘qolib ketishiga olib keldi. Har qanday vaziyatda ham, hatto maxsus jihozlangan kabinet boMmasa ham har bir darsni puxta tayyorlangan holda toMaqonli o‘tilishiga erishish zarur.
Chizmachilik kabinetining minimal yuzasi 64,5 m2 dan kam bo‘lmasligi va unga preparatxona lutashgan boMishi kerak. 0 ‘quvchilaming ish o‘mi derazaga nisbatan shunday joylashishi kerakki, bunda tabiiy yorug‘lik chap tomondan tushsin. Chizmachilik kabineti derazasi shimol, shimoli-sharq yoki shimoli-g‘arb tomonga qaragan bolishi tavsiya qilinadi. Chizmachilik kabineti jihozlariga shuningdek shkaflar, stellajlar, o‘quv jadvallari saqlanadigan qutilar, devoriy gazetalar uchun vitrinalar ham kiradi. Chizmachilik kabinetlarida albatta mavzular bo'yicha detallar to‘plamlari, elcktrlashtirilgan stcndlar, ma'lumotnomalar. jadvaliar bo‘ lishi zarur. Xona devorlariga chizma haqidagi sitata. alohida chiroyli jadvaliar, maktab uchun nashr qilingan plakatlar komplektidan va okquvchilaming eng yaxshi ishlaridan namunalar joylashtiriladi. Kabinet devorlarini ortiqcha tasviriy vositalar bilan toMdirib tashlash ham maqsadga muvofiq emas. Bundan tashqari doimiy namoyish qilinadigan eskponatlarga o'quvchilar ko'nikib qoladilar va ulami qayta namoyish qilishda ulaming diqqatini jalb qilishi qiyin. Shuning uchun bunday qo'llanmalami shkafda saqlab, dars mavzusi uchun zarur hollarda ulami namoyish qilish kerak. Detallaming mavzuli to'plamlari fikrlash, obrazli tasavvurlarni rivojlanishiga katta yordam ko’rsatadi. Umuman puxta tayyorlangan o‘quv ko‘rgazmali va didaktik materiallar komplektlari mashg'uiotlami to‘g ‘ri tashkil qilinishi uchun juda katta ahamiyatga ega. 0 ‘quv jarayonida ko‘rgazmali qoMlanmalaming xarakteri va ahamiyati o‘quvchilaming yoshi, tayyorgarlik darajasi, hayotiy kuzatishlariga ko‘p bog‘liq. Chizmachilikdan o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar quyidagi talablarga javob beradigan qilib tayyorlanishi kerak: a) o‘qituvchining bayoni bilan birgalikda tushuntirilayotgan qonuniyat, qoida, yasash tartihi va hokazolarni tushunishni osonlashtirishi; b) o’quvchilaming ko'rish xotirasi xususiyatlaridan tejamli foydalanish; v) fanni o'zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tasavvurlarining rivojlanishiga ko‘maklashish; g) obyektiv to‘g’ri tasvirlash uchun zarur bolgan tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirish; d) chizmani o‘qish va chizish jarayoni uchun zarur bo‘ Igan obyektning aniq xususiyatlarini uning mavhum chizmasiga asosan aniqlashga o'rgatish (osonlashtirish). 0‘quv ko'rgazmali qolIanmaning ikki xili (yassi qo‘llanmalar — chizma va shakllar, hajmiy qo'llanmalar — model va detal namunalari)dan har birining o‘z afzallik tomonlari bor. O'qituvchi butun dars davomida vaziyatni qo‘lda saqlashi va o'quvchilar diqqatini jalb qilib turishi kerak. Busiz ta’limning pedagogik maqsadlariga erishish mumkin emas. Shuning uchun yuqorida aytilganidek, sinf doskasida doimiy mashq qilib borish o'qituvchining og‘ir faoliyatidagi muvaffaqiyati garovidir. Ish muvafîaqiyatini faqatgina yaxshi grafika va sinf doskasida tez chizma bajarishgina hal qilmaydi. 0 ‘qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida chizmaning sinf doskasida joylashisht, ko‘rinishi komponovkasini ham puxta o’ylab olishi kerak. 0‘quvchilaming murakkab detallar bo'yicha grafik materiallarini yuzaki, rasman o'zlashtirishlaridan saqlanish uchun sinf doskasida bajariladigan chizmalarini metodik jihatdan to’g‘ri ketma-ketlikda, bosqichlar bo’yicha bajarib borish kerak. Doskada ishlash metodikasini o'quvchiiarga ko‘rsatib borishning ahamiyati juda katta. Agar 0‘qituvchi doskada chizma bajarish jarayonida gavdasi bilan doskani to‘sib, butun diqqatini chizma bajarishga qaratsa, sinf bilan aloqa uziladi, uni qayta tiklash uchun qo‘shimcha vaqt va o'qituvchi mahorati talab qilinadi. Buning bilan o‘quvchilarda mavzudan chalg‘ib, dars jarayoniga nisbatan salbiy reaksiya yuzaga keladi. Chizma bajarishda detal chiziqli o‘lchamlari proporsiyalarini saqlashga (taxminiy boMsa ham) e’tibor qilish kerak. Chizmani og'zaki tushuntirmasdan bajarish, uning ko‘p qismlarini o‘quvchilarga tushunarsiz bo'lishiga sabab bo‘ladi. O'qituvchi chizmachilik asboblaridan. ayniqsa chizg‘ichdan sinf doskasida ishlashning ratsional usullarini egallaganligining ahamiyati katta. Asboblar bilan doskada ishlashga o'rganishning dastlabki bosqichlarida iloji boricha ikkita (chizg ich va burchaklik) asbobdan birgalikda foydalanish tavsiya qilinadi. Sinf sirkulidan doskada foydaianish usullari alohida ahamiyatga ega. Ayrim o'qituvchilaming chizma asbobisiz doskada ishlashi o'quvchilarda chizma, eskiz va rasm o'rtasidagi farqqa e’tibor qilmaslikka sabab boMishi mumkin. Doskada biror texnik detal chizmasini bajarishda qat’iy metodika asosida ishlash kerak. Odatda chizmani asosiy ko‘rinishni chizishdan boshlab, buyum yoki jismlarining proyeksiyalari ketma-ket chizib boriladi. Ayrim hollarda chizmani ustdan ko‘rinish tasvirini bajarishdan ham boshlash mumkin. Bu ayniqsa silindrik, konussimon. ba’zan prizmatik yoki piramida sirtlar chizmasini bajarishga tegishlidir.

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə