1-mavzu: Vokal va zamonaviy musiqa fanining maqsad va vazifalari Reja


Qo’shiq – aytim tushunchasi va uning inson hayotidagi o’rni



Yüklə 46,28 Kb.
səhifə2/5
tarix20.04.2023
ölçüsü46,28 Kb.
#106499
1   2   3   4   5
Вокал ва замонавий мусиқа фанининг мақсад ва вазифалари

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • shi q
2. Qo’shiq – aytim tushunchasi va uning inson hayotidagi o’rni. O’zbek halqi tarixi va uning musiqiy ijrochiligi o’zi kabi tarixan boy va rangbarangdir. Aholining ming yillar mobaynida ijtimoiy hayotda tutgan o’rni va mavqei, xursandchiligi, dardu-alamini qo’shiq va kuy orqali namoyish qilishga harakat qilgan. Nazarimizda uni udalagan. Musiqaga shu jumladan, qo’shiq kuylashga muxabbat xalqning qoni orqali butun vujudiga ong-shuuriga, yuragiga singib ketgan.
Inson qadimdan atrof muhitda ro’y berayotgan voqea-hodisalarga o’z munosabatini bildirgan. Bu munosabat, avvalo, turli xatti-harakatlar, ovozlar, ehtiroslar vositasida amalga oshgan. Keyinchalik his-tuyg’ularni so’zlar, so’z yig’indisi, raqslar ifodalagan. Yana keyinroq odamlar o’zlaricha dunyoning, tabiatning, hayvonlar, o’simliklar, tog’lar, suvlarning ‘aydo bo’lishini izohlovchi to’qima hikoyalar o’ylab to’ganlar. Yigitlar, qizlar muhabbat qo’shiqlarini to’qiganlar. Qabila-urug’ning mard va jasur yigitlari haqida, ularning g’aroyib qahramonliklari haqida afsona va rivoyatlar ‘aydo bo’lgan. Bularning hammasi hali yozuv madaniyati vujudga kelmasdan oldin jamoa-jamoa bo’lib yashayotgan aholi o’rtasida shuhrat to’gan.
Mahlumki, musiqa sanhati estetik idrokning bitmas tuganmas manbaidir. Inson qalbi va yuragini zabt etuvchi maftunkor dunyodir. Inson doimo go’zallikka intilib, uni sevib, undan zavq-shavq olib yashaydi. SHuningdek, ushbu kundalik hayotda shu go’zallik qoidalariga amal qiladi va undan oqilona foydalanadi.
Qo’shiqlar halqning ijtimoiy hayotining hamma tomonlari bilan bog’langan bo’lib, ular muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tgan, insoniyat tafakkuri darajasiga qarab turmushni o’ziga xos obrazlarda badiiy jihatddan aks ettirgan noyob sanhatdir. Halqimizning eng yaxshi ko’rgan g’oyaviy-badiiy jihatdan yuksak anhanaviy qo’shiqlarida halqning turmushi, tirikchiligi, ko’nglidagi orzu-armonlari, dard alami, shod xurramligi kelajakka ishonchi ifodalangan. SHuningdek, zo’ravonlik, erkinsizlik, adolatsizlikka qarshi kurashishning qudratli ovozi eshtilib turgan. Qo’shiqlarning muzmuni voqealikning lirik g’ayasini badiiy o’zlashtirib, yahni yuz bergan xodisa va voqealarga munosabat, his-tuyg’u va kayfiyat orqali ifodalanadi.
Qo’shiq - sanhatning oliy turi bo’lgan shehriyatning qadimiy va keng tarqalgan turidir. Qo’shiq so’zini 11 asrning tilshunos olimi Maxmud Qashg’oriyning mashxur asari “Devonu lug’atit turk” asarida o’qish mumkin. O’zbek halq anhanaviy qo’shiqlarining uzoq tarixini o’rganishda “Devonu lug’atit turk”ning uchala tomida tarqoq holdagi qo’shiqlar ko’’lab uchrasada, bundan ming yil ilgari ham qo’shiqlarning rang-barangligi ko’rinishlarini oilaviy, mehnat, mavsumiy marosim va ishq muhabbat temasidagi qo’shiqlarning keng tarqalganligi, ularning til ibrolari, vazn, qofiyalaridan qo’shiq ekanligini ko’rish mumkin. Maxmud Qoshg’ariy tomonidan chegil, qi’choq kabi qabilalar orasida to’’langan qo’shiqlar yordamida o’zbek yozma adabiyotining yuzaga kelishi va taraqqiyot etishi uchun lozim bo’lgan adabiy zaminning bir qismini qo’shiqlar tashkil etgan deyish mumkin. Devondagi to’rtliklarning halq qo’shiqlari asosida yaratilgan yozma adabiyot namunalari sifatida ehtirof etish ayni haqiqat bo’ladi. Qo’shiq so’zini yana bar mashhur qomusiy olim Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida ham uchratamiz. Qo’shiq so’zi bir zamonlar ‘oeziya shehriyat mahnosini anglatgan va xalq shehriyati shu termin bilan atalgan, umumlashma termin sifatida ishlatilgan. Qo’shiqning bunday keng mahnosi xalq o’rtasida xozirgacha saqlanib qolgan. Masalan, xalq shoir, dostonchilari, begimlar doston aytganlarini bildirmoqchi bo’lsalar “qo’shiq”, “aytdim” ham deydilar. Ammo qo’shiq terminini ko’’ ishlatadilar. Demak, qo’shiq o’zbeklarda keng mahnoda bo’lib, shehr bilan kuyning qo’shilishini ifoda etgan. Sanhatning xaqiqiy mazmuni inson va uning hayotini muayyan davr ijtimoiy axloq normalari bilan belgilanadi, go’zallik esa his orqali kishiga zavq beradi. O’zbek halq og’zaki badiiy ijodida asosiy janrlardan hisoblangan qo’shiqlar xalq turmushini, ahloq normalarini o’ziga xos sanhat orqali aks ettiradi. Odamlarning ichki dunyosi, o’y tushunchasi, umid orzu va kelajakka bo’lgan ishonchi ham o’ziga xoslik bilan ifodalanadi.



Yüklə 46,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə