1-mavzu: Vokal va zamonaviy musiqa fanining maqsad va vazifalari Reja


O’zbek xalq qo’shiq ijrochiligi tarixidan



Yüklə 46,28 Kb.
səhifə3/5
tarix20.04.2023
ölçüsü46,28 Kb.
#106499
1   2   3   4   5
Вокал ва замонавий мусиқа фанининг мақсад ва вазифалари

3.O’zbek xalq qo’shiq ijrochiligi tarixidan. Musiqa ta’limining katta ehtibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o’qitish masalalariga ko’’lab ilmiy va amaliy g’oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kom’azitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan. O’zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa sanhati sohasida nixoyatda katta bilimga ega bo’lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-Sayyor”,2 “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan.
Barcha xalqlar qatori o’zbek xalqi ham qadimdan o’zining boy milliy mahnaviy qadriyatlari, urf-odatlari va anhanalariga ega bo’lib kelgan tarixan juda o’tmishga borib taqaladigan boy musiqiy merosga ega. O’zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati va salohiyatini belgilovchi xususiyatlarini belgilovchi uning musiqasi, kuy va qo’shiqlaridir. Bu milliy musiqiy merosi nihoyatda boy va ko’’ janrlidir.
Tarixdan mahlumki, o’zbek xalqining musiqa merosi og’izdan-og’izga, ustozdan shogirdga, otadan-o’g’ilga, onadan-qizga o’tib kelgan mahlum vaziyat va sharoit bilan chegaralangan (oilaviy marosim, mavsumiy marosim, mehnat qo’shiqlari hamda diniy aytimlar, erkin mavzuli la’ar, yalla, terma, qo’shiq mumtoz ashula, terma va dostonlari, shashmaqom, Toshkent-Farg’ona makomi, Xorazm maqomlari kabi ko’’lab musiqiy janrlardagi asarlar musiqa sanhatining anhanaviy va bardavomligini tahminlab kelmoqda. Bugungi kunda ular milliy mahnaviy musiqa qadriyatlarimizning asosini tashkil qiladi.
Milliy musiqiy madaniyatining ‘oydevor hisoblanuvchi mumtoz asarlarni oliy va o’rta maxsus taolim muassasalarida, shu jumladan, maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari, umumtaolim maktablari, akademik-litsey va kasb-hunar kollejlarining o’quvchi yoshlari orasida targ’ib qilish, ang avvalo o’qitish ishlarini tashkil etish, millatimizning ulkan nodir boyliklaridan ularni bahramand etish, shuningdek, musiqa anhanalarini bardavomligini tahminlashdan iboratdir.
O’zbekiston o’zining mustaqilligini qo’lga kiritgan davtlabi yillardan Samarqandda xalqaro “SHarq taro­nalari” festivalini, Res’ublikada Yunus Rajabiy, Mahmurjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov va Xoji Abdulaziz Abdurasulov kabi xalq hofizlariga bag’ishlab Res’ublika qushiq ijrochiligi tanlovlarini, “O’zbekiston Vatanim manim”, Baxshi-oqinlarning Xalqaro festivali Res’ublika va xalqarotanlov hamda ilmiy-nazariy anjumanlarning o’tkazilishi o’zbek xalq musiqa ijodi hamda uning anhanaviy vokal va estrada xonandaligi ijrochilik maktabini shakllanishi va rivoj to’ishiga nihoyatda ulkan hissa qo’shmoqda.
Anhanaviy qo’shiqchilik sanhati ko’’chilik SHarq xalqlari musiqa merosida mavjud bo’lib, milliy musiqaning asosini tashkil etadi. Ular nazariy va amaliy asoslarga ega, zero mazkur xalqlar musiqasining ustozona uslubidagi namunasidir. Ushbu anhanaviy ijrochilikning asosini shubhasiz, maqomlar, xususan o’zbek va tojik xalqlarining mahnaviy merosi hisoblangan SHashmaqom asarlari tashkil etadi. Ular asrlar davomida bu sohada olib borgan ijodiy izlanishlari samarasidir. Ustoz sozanda va xonandalar keyingi avlodlariga ko’z qorachig’iday asrab bizgacha yetkazib kelgan maqom asarlari hozirgi kunda nafosat dunyosidagi eng yuqori ‘ag’onada turuvchi, beqiyos qimmatga ega bo’lgan musiqa sanhati boyliklari sifatida chinakkam xalq mulkiga aylandi.
O’zbek xalq musiqa ijodi namunalarini ijtimoiy hayotda tutgan o’rni va bajarayotgan vazifalariga ko’ra quyidagi ikki asosiy guruhga ajratiladi:
a) Ijro etilishi mahlum sharoit va vaziyatlar bilan shartlangan kuy-qo’shiqlar (oilaviy, mavsumiy, mehnat);
b) Istalgan “vaziyat” yoki erkin mavzuli kuy – qo’shiqlar (qo’shiq, terma, la’ar, yalla). Bunda birinchi guruh mazmunini mehnat jarayoniga bog’liq aytimlar, oilaviy marosim, mavsumiy marosim va mehnat qo’shiqlari tashkil etsa, ikkinchi guruh tarkibi o’z ichiga qo’shiq, terma, la’ar, yalla, ashula kabi aytimlarni oladi.
O’zbek xalq qo’shiqlarining g’oyaviy tematik va janr xususiyatlarini nazarda tutib, ular ikki turkumga bo’linganligini ko’rish mumkin. Birinchi, faqat mahlum hayotiy janrlarda, masalan: mehnatda (“Mayda-mayda”, “Yozi” kabilar), bolani beshikda tebratishda (“Alla”), to’y marosimlarida (“O’lan”, “Yor-yor” kabilar) ijro etiladigan turli mavzudagi qo’shiq, terma, la’ar, alla va qo’shiqlardir. Bular ichida ashula janri kuy rivoji va tuzulishidagi xususiyatlariga nisbatan hajmi, avjdorligi, ijroning murakkabligi hamda cho’ziq ohangdorligi bilan ajralib turadi. Qolganlari kichik kuylar tarzida tuzilgan bo’lib, ular o’zaro bir birlaridan ayrim xususiyatlari bilangina ajralib turadilar. Masalan, qo’shiq raqssiz hamda asosan yakkaxon ijrosida aytilsa, la’ar albatta raqs bilan, ko’’incha ikki kishi tomonidan dialog formasida ijro etiladi. Bu esa o’z navbatida la’ar kuylarining raqsiyligi hamda ikki va undan ortiq kishi tomonidan kuylash jihtlari bo’lganligi bilan ajralib turadi. La’ardan farqli o’laroq yalla esa ko’’incha naqoratli bo’lib, ko’’chilik tomonidan qarsak chalinib, jo’r bo’lib aytilsa, bandlar yakkaxon yalla ijrochisi tomonidan raqsbob ohangda ijro aytiladi. “Bu janrlar, yaoni, terma, qo’shiq, yalla, la’ar va ashulalar ayrim marosimlar bilan bog’langan holda keng tarannum etishlari natijasida ularning har biri mavzuning ko’’qirraliligi bilan ham marosim qo’shiqlaridan ajralib turadi. Lekin o’z tuzilishi va aytilish uslublarida esa ular marosim va mehnat qo’shiqlari, umuman mahlum jarayon bilan bog’liq holda aytiladigan qo’shiqlardan deyarli farq qilmaydi” - deb yozadi musiqashunos olim F. Karomatov. Qadimgi davrlarda qo’shiqchilik sanhati xalq sanhati shaklida ‘aydo bo’lib, keyinchalik sinfiy jamiyatga o’tish va ijtimoiy tabaqalanish natijasida uning kasbiy (professional) shakli ajralib chiqa boshlagan.
Birinchi gurux ko’shiqlaridan ikkinchisining farqi ularni kengroq mahnoni yoritishidadir. O’zbek professional musiqasi asrlar davomida kuylanib, rivojlanib kelgan bo’lsa ham XX asrga qadar nota yozuviga tushirilmagan. professional musiqa, yirik xajmli ashula va murakkab vokal-cholg’u asarlar – maqomni o’z ichiga qamrab oladi.



Yüklə 46,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə