1-mavzu: “Xalqaro turizm faniga kirish


Turizm turkumlari (kategoriyalari)



Yüklə 127,18 Kb.
səhifə3/12
tarix24.12.2023
ölçüsü127,18 Kb.
#160251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu

1.2. Turizm turkumlari (kategoriyalari)

Turizm sohasi – ko’pqirrali hodisa bo’lib, u ko’pgina shakllarda namoyon bo’ladi va ilmiy adabiyotlarda uning juda ko’p ta’riflari uchraydi. Ammo turizm kontseptsiyasini yozish va bu tushunchani imkoniyat darajasida aniqroq shakllantirish uchun iloji boricha qo’yidagi savollarni albatta tahlil etish zarur:



  • Turizmni o’rganish maqsadida – turizm fenomeni (hodisa) tahlili birinchi galda bu fenomen nimalarni o’z ichiga qamrab olganligini aniqlash talab etiladi.

  • Statistika maqsadlari uchun – turizm fenomenini o’lchash uchun uni juda ham aniqlikda belgilash lozim.

Turizmni boshlang’ich va nisbatan aniqroq belgilash Bern universiteti professorlari Gunziker va Krapaf (Shvetsariya) tomonidan amalga oshirildi va keyinroq turizm ilmiy ekspertlari Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilindi. Olimlar turizmni hodisa sifatida va sayohat chog’ida vujudga keladigan o’zaro munosabatlar deb qarash kerak deb hisoblaydilar. Qaysikim, u hali doimiy bo’lishga olib kelgani yo’q va biror-bir foyda olish bilan bog’liq emas.
Vaqt o’tishi bilan turizmning bu kontseptsiyasi modifikatsiyalashdi va turizmda ishbirlarmonlikka doir turli xil sayohatlarni ham kirita boshlashdi. Qaysikim, doimiy bo’lishga olib kelmaydi va kelgan mamlakatda daromad ko’rishni xayoliga keltirmaydi. Shuning uchun ularning iqtisodiy ahamiyati ham shundayligicha qoladi. Ya’ni turizm «shaxslarni ularning odatdagi muhitidan tashqarida bo’lgan chog’i, sayohatga chiqqan va joy (manzil)ga etib kelgan, dam olish yoki ish yuzasidan chetda bir yildan ortiq bo’lmagan davrdagi faoliyatidir» (BTT).
Ular orasida turizmning besh xil ta’rifini konseptual aniqlanishi zarur:

  • turizm – odamlarning mo’ljallangan turistik manzillar sari harakatlanishi natijasi va u erda turistik ehtiyojlarini qondirish maqsadida to’xtashidir;

  • turizmning turli shakllari ikki bazaviy elementni o’z ichiga oladi: ko’zlangan turistik manzilga sayohat (joyni almashtirish) va mazkur manzilda to’xtash, qaysikim, joylashish va ovqatlanish va boshqa ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi;

  • sayohat turistning doimiy yashash joyidan – mamlakatdan (hudud, yashash joyi) chiqib ketishini bildiradi;

  • turistlarning turli turistik manzillar sari harakatlari vaqtinchalik hisoblanadi. Ya’ni turistlar doimiy yashash joyiga bir necha kun, hafta yoki oydan keyin qaytib keladilar;

  • odamlar turistik joylarga turli maqsadlarda tashrif buyuradilar, qaysikim, doimiy yashash va daromad olish (ishchanlik faolligi)ni ko’zda tutmaydi.

Turizm uning barcha shakllarida rivojlanishi mavjud mablag’ resurslari va individuallarning bir vaqtlariga bog’liq faoliyatida namoyon bo’ladi. Ta’kidlash zarurki, odamlarning sayohat qilishlari bo’yicha sabablardan biri bu – sayr, tomosha va kundalik tashvishlardan xoli bo’lish hisoblanadi. Turizm sayohatchilarning ko’zlangan joyga harakatlanishi hisoblanadi, qaysikim ham mamlakatda, ham undan tashqarida bo’lishadi. Ko’pincha sayohatchilar soni mahalliy aholi soni bilan taqqoslanadi, qaysikim ular tashrif buyuradi (hatto son jihatidan ulardan oshadi). Turizmning barcha shakllari qaysidir sayohat turini o’z ichiga oladi, lekin sayohatning hamma turi ham turizm bo’lavermaydi. BTT tavsiyalariga ko’ra, turistlar hammasi tashrif buyuruvchilar sifatida belgilanadi. Shu tarzda barcha sayohatchilar tashrif buyuruvchilar (turistik statistikaga qo’shiladi) ga va boshqa sayohatchilar (turistik statistikaga qo’shilmaydi) ga bo’linadi.
Turizmning vaqtinchalik harakteri uni migratsiyadan farqlaydi. Migratsiya – aholining harakati va yashash joyini o’zgartirishidir. Turizm esa sayohatning qisqa muddatligi va aholining ko’zlangan manzilga mavsumiy va vaqtinchalik harakatlanishi bo’lib, ularni talablarini qondiradi.
Turizm ta’rifini to’laroq belgilash uchun BTT turizm turlari bo’yicha quyidagi tasnif (klassifikatsiya)ni kiritishni taklif qildi: ichki, kirish va chiqish turizmi. Turizmni tasniflash (klassifikatsiyalar)ning asosiy mezoni bo’lib, turistlarning davlat chegaralarini kesib o’tishi hisoblanadi. Buning ustiga mazkur tasnif (klassifikatsiya)larni mamlakatlar uchun ham, har bir aniq mintaqa, manzil uchun ham qo’llash mumkin.

Yüklə 127,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə