1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi ғanining predmeti va vaziғalari. Reja


Ontogenez - (yunoncha, ontos-mavjud, jon, zot; genezis-kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning paydo bo’lishidan umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni



Yüklə 29,55 Kb.
səhifə2/15
tarix19.03.2022
ölçüsü29,55 Kb.
#84585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Ma'ruza (1)

Ontogenez - (yunoncha, ontos-mavjud, jon, zot; genezis-kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning paydo bo’lishidan umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni.

Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson xayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiya ғanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, Ta’lim va Tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaғғaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlari psixologiya ғani bu borada ham o’z-o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va ғaoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan Ta’lim va Tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rgansa, yanada muvaғғaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir.

Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh davrlar psixologiyasi ғanining turli tarmoqlarida o’rganiladi, chunonchi; bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, o’spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir.

Yosh davrlar psixologiyasi ғanining nazariy vaziғalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo’ladigai psixik, ғaoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta’siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.

Yosh davrlar psixologiyasi ғanining amaliy vaziғalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo’lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kirgan ilmiy dalillarini Ta’lim-Tarbiya sohalariga tadbiq etish tashkil etadi.

Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiya Tarbiyani yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so’nggi yillardn qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma’lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha Ta’lim tizimlarida Tarbiya ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interғaol Ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda.

Yosh davrlari psixologiyasi ham pedagogik psixologiya singari umumiy psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o’rganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi.

Shu bois, yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya ғanini o’rganishi ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lib, u boshqa ғanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv ғaoliyati va psixoғiziologiya qonunlariga, bu sohada to’plangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.



Yüklə 29,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə