1. Mehnatga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlar xususiyatlari



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə1/9
tarix17.04.2023
ölçüsü64,5 Kb.
#106017
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
aaa


Mehnat va iqtisodiy jarayonlar

Reja:



1. Mehnatga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi.
2. Mehnatga oid huquqiy munosabatlar xususiyatlari.
3. Tashkiliy boshqaruvga oid huquqiy munosabatlar.
4. Ishga joylashtirishga doir huquqiy munosabatlar.
5. Korxonada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga doir huquqiy munosabatlar.
6. Mehnatni muhofaza qilish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishga doir huquqiy munosabatlar.
7. Mehnat nizolarini hal qilishga oid huquqiy munosabatlar.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi.

Umumiy huquq nazariyasida huquqiy munosabatlar o`zaro huquq va majburiyatlar bilan bog’liq bo`lgan sub`ektlar o`rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqa sifatida ta`riflanadi.


Mehnatga oid huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari doimiy ravishda mehnat huquqi normalari asosida faoliyat yuritadi.
Mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi barcha ijtimoiy munosabatlar mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solingan bo`lib, ular doimo mehnatga oid huquqiy munosabatlarda namoyon bo`ladi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatning har bir turkumi mazmuni jihatidan o`ziga xos huquqiy xususiyatga ega bo`lib, u davlatning normativ-huquqiy hujjatlari ta`siri natijasida kelib chiqadi.
Umumiy tarzda tan olingan va mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar;
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan ish beruvchilar o`rtasidagi tashkiliy-boshqaruvga oid huquqiy munosabatlar;
Ishga joylashtirishga doir huquqiy munosabatlar;
Korxonada kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga oid munosabatlar;
Mehnat muhofazasini nazorat etishga oid huquqiy munosabatlar;
Mehnat nizolarini ko`rishga oid protsessual huquqiy munosabatlar.
Mehnat huquqi normalarining qo`llanilishi natijasida kelib chiqadigan munosabatlarning barchasini mehnatga oid huquqiy munosabatlar deya tariflash mumkin.
Mehnat huquqining mazmun-mohiyati va asosiy o`zagini xodimlarning mehnatga oid munosabatlari tashkil etadi.
Ularning boshqa munosabatlardan farqi shuki, bu munosabatlar xodim mehnatining ishlab chiqarishda qo`llanilishi natijasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar sifatida namoyon bo`ladi, chunki mehnat jarayonida unga nisbatan huquq normalari qo`llaniladi. Natijada xodim mehnat sohasida muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar uzluksiz davom etgani sababli harakat yoki topshiriq bajarilgach, tamom bo`lmaydi. Bu munosabatlar shu jihati bilan boshqa, fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan farq qiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar topshiriq, pudrat shartnomasi, mualliflik haqidagi shartnoma bajarilgach tugaydi. Mehnat munosabatlari esa uzluksiz ravishda va belgilangan tartibda davom etaveradi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar o`z sub`ektiga ega va aynan shu sub`ektlarning huquq va majburiyatlari mehnatga oid huquqiy munosabatlarning mazmun - mohiyatini tashkil etadi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning huquqiy shakli sifatida xodim bilan ish beruvchi o`rtasida mehnat yuzasidan kelib chiqadi.



Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə