1. "Men" himoyalangan, xavfsiz, sog‘lom, omadli



Yüklə 57,79 Kb.
səhifə1/8
tarix29.04.2022
ölçüsü57,79 Kb.
#86146
  1   2   3   4   5   6   7   8
bola meni rivojlanishi


Bolalarning ijtimoiy hayot va maktab ta’limiga moslashishida xuddi kattalardek turli xil vaziyatlar, nizoli holatlardan chiqishga intilishlari ularda psixologik himoyalanishga moyillikni yuzaga keltiradi.Psixologik himoyalanish shaxsning muqim barqaror rivojlanish tizimi bo‘lib, u qo‘rquv hissi, xavotir va nizolarni ongli ravishda bartaraf qilishga yo‘naltirilganlikda namoyon bo‘ladi. Psixologik himoyalanishning asosiy vazifasi – ijobiy “Men” obrazini shakllantirish, bola ongini turli tashqi vaziyatlarning salbiy ta’siridan saqlashdan iborat. Psixologik adabiyotlarda ijobiy “Men” obrazi to‘rtta tarkibga bo‘linadi. Ya’ni:

1. “Men” – himoyalangan, xavfsiz, sog‘lom, omadli.

2. “Men” – mustaqil, erkin, bo‘ysunmas, tobe bo‘lmagan, o‘zgalardan nimasi bilandir ustunroq.

3. “Men” – aqlli, bilag‘on, moslashuvchan, vaziyatni nazorat qiluvchi.

4. “Men”– chiroyli, ta’sirchan, sevimli, takrorlanmas, boshqalarga o‘xshamas, noyob.

Ijobiy “Men” bolada o‘zini erkin ifodalashdagi shaxsiy tajribasida namoyon bo‘lib, psixologik himoya mexanizmini yaratadi. Kichkintoyda o‘zini erkin ifodalash istagi ilk yosh davridayoq turli to‘siqlarga duch kelib, u bu vaqtda ularning yechimini topa olmaydi. Ayniqsa, bola faoliyatining kattalar tomonidan tez-tez tanqid qilinishi bunga sabab bo‘ladi. Kichkintoyga kattalar tomonidan o‘tkazilayotgan turli xil ta’sirlar uning tabiiy rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi, bu esa farzandingizda psixologik himoyalanishning yuzaga kelishiga olib keladi. Himoyalanish mexanizmlari quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi: ta’sir chanlik va o‘z-o‘ziga ta’sir, muloqotchanlik, barchaning diqqat markazida bo‘lishga intilish, maqtanchoqlik, o‘ziga nisbatan tanqidni qabul qilmaslik.

Salbiy xulq-atvorning paydo bo‘lish sabablari esa yolg‘onchilik, bahona izlashga moyillik, o‘ylamasdan ish tutish kabilarda ko‘rina boshlaydi.Psixologik himoya mexanizmining murakkabligi shundaki, bolada javobgarlik hissi susayadi, mag‘rurlik, egoistlik (faqat o‘zini o‘ylash), qasd olishga intilish, tez xafa bo‘lish, qaysarlik, kamgaplik, pessimistlik, indamaslik kabi salbiy sifatlar ham yuzaga kelishi mumkin.Bolada himoyalanish reaksiyasining shakllanishida ba’zida ota-onalarning o‘z farzandiga noto‘g‘ri muomala-munosabati ham sabab bo‘ladi. Natijada ularda tushkunlik kayfiyati yuzaga keladi. Shu bois kichkintoy o‘zi uchun maxsus himoya mexanizmini ishlab chiqishga majbur bo‘lib, ota-onaning tahdid ta’siridan himoyalanadi. Masalan, qattiqqo‘l ota ta’sirida yashayotgan farzand o‘zining hissiy reaksiyasini itoatkorlik orqali ko‘rsatadi, uning barcha topshiriqlarini so‘zsiz bajarib, o‘zining “Men” himoya mexanizmidan tashqariga chiqib ketadi. Yoki vaziyat boshqacha tus olishi mumkin. Xuddi shu holatda bola “Men” himoyasiga o‘tib, o‘zini himoya qila boshlaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi yuqoridagi muammolarning oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi lozim. Shu bilan birgalikda, kattalar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam bola psixologik himoyasining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib qoladi.

Psixologik himoya o‘ziga xos filtr – tozalov chi sifatida namoyon bo‘lib, u bola ongiga faqat salbiy ta’sir qilmaydigan ma’lumotlarni yetkazib beradi. Psixologik himoya mexanizmida kichkintoy o‘zi va o‘zgalar harakati qanday bo‘lishi lozimligini anglay oladi. Hayot tajribasining yetishmasligi uning ruhiy jarohat olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bularga kattalarning bola mehnatiga befarqligi, o‘ziga yoqqan narsalar kattalarga, ya’ni ota-onasi yoki tarbiyachisiga yoqmasligi, ayniqsa, ularga “Bu ish sening qo‘lingdan kelmaydi”, deb tanbeh berishlarini misol qilish mumkin. Bu go‘dak qalbini jarohatlaydi va uni omadsizlikka oldindan “tayyorlab” qo‘yadi. U o‘zini hech nimani eplay olmaydigan, no‘noq his qiladi va kelajakda tashabbus ko‘rsatishga qo‘rqadigan bo‘lib qoladi.

Shuningdek, kichkintoyning hamrohlariga taq qoslab kamsitilishi, ota-onaning farzandiga vaqt ajratmasligi uning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazuvchi salbiy oqibatlarga olib keladi. Bunday vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ota-onalar, tarbiyachilar kichkintoylarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yuksaltirishlari kerak. Psixologik himoya shaxsiy “Men” himoyasida turadi. Bola doimo o‘zining yurish-turishi, so‘zlari, hissiyoti, ehtiyoji, ijodini rag‘batlantirishlarini yoqtiradi.

Jajjilarning psixik himoyalanishi o‘z “Men”ini qabul qilish va buni boshqalar ham qabul qilishlariga erishishidir. Lekin bola ba’zan o‘zini o‘zligidan ham ortiqroq darajadaman deb o‘ylab, tanqidga e’tibor bermaydi, yo‘q narsalarni ham xuddi xayolidagi “Men” kabi himoya qilaveradi. Ruhiy himoyalanish bolaning to‘laqonli shaxs bo‘lib shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Kichkintoylar o‘zlarining himoya vositalari bilan bir-biridan farqlanadilar, irodali bolalarda bu narsa ularning mulohazakorligi, doimiy ijobiy harakatdagi faoliyatlari bilan namoyon bo‘ladi, o‘ziga ishonchi sust bo‘lganlarda esa befarqlik va beparvolik sifatida ko‘zga tashlanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning himoya reaksiyalarini ongli ravishda shakllantirish uchun mashg‘ulotlarning maqsad va mazmunini asosan, ruhiy himoya mexanizmiga yo‘naltirish kerak. Bunda ruhiy zarar yetkazuvchi omillarni kamaytirib, o‘ziga baho berishning yuqori darajada bo‘lishiga, bolaning muvaffaqiyatsiz harakatlarini kamaytirishga e’tibor qaratish muhim.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar tuzilishi quyidagicha bo‘ lishi mumkin:

– muammoli vaziyatni yaratish va muhokama qilish;

– bolalarni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha ular bilan do‘stona suhbat o‘tkazish;

– o‘z muammolarini rasm orqali ifodalash;

– harakatli o‘yinlar, relaksatsiya mashqlari, faol harakatlar vositasida bolalarda iroda kuchini shakllantirish va bu orqali o‘zaro yordam ko‘nikmalariga o‘rgatish.

Mashg‘ulotlar 30 daqiqa olib borilishi zarur. Quyida bunday mashg‘ulotlardan namunalar keltiramiz.

Bolalar hissiyoti va harakatlariga doir mash g‘ulotlar.

Mashg‘ulotning maqsadi:

– kichkintoylarda psixologik himoya mexanizmini aniqlash;

– ulardagi hissiy zo‘riqishni susaytirishga o‘rgatish;

– noo‘rin harakatlarni ongli ravishda tushunishlarini ta’minlash.

Mashg‘ulotning borishi:

Muammoli vaziyat: Po‘lat o‘rtoqlariga plastilindan yasalgan ikki xil shaklni olib keladi. Bu shakllarni o‘rtog‘i Botir yasaganini aytib, kichkintoylardan bu shakllar kim yoki nima ekanligini topishlarini so‘raydi. Bolalarning barcha javoblari diqqat bilan tinglab boriladi.

Muammoli vaziyatni hamkorlikda muhokama qilish:

Botir shakllardan kimni yasagan?

Bolalar nima uchun bu shakllarni masxaraboz deb atashdi? (Chunki yasalgan narsa kulgili edi).

Yasalgan narsa o‘xshamagandan keyin Botir nimalarni his qildi? (hayajon, qayg‘u, achinish)

Vaziyat shu tariqa davom etadi. Bolalar o‘zlari yasagan narsalar va rasmlarni esga olib, bu vaziyatlardagi his-tuyg‘ularini ifodalay boshlaydilar.

Tarbiyachi kichkintoylar javoblarini umumlashtirib, har bir inson kamchilikka yo‘l qo‘yishi, ammo uni ongli ravishda sezib, to‘g‘rilash uchun harakat qilishlarini tushuntirib beradi va kam chiliklarni bartaraf etishda boshqalarga zarar yetkazmasliklarini ta’kidlaydi.

Bolalarga mashg‘ulot davomida quyidagi mas lahatlarni berib borish mumkin: agar sen noo‘rin harakat qilib, ayb ish qilgan, undan o‘zing ham uyalayotgan bo‘lsang, bunday vaziyatda eng yax shi yo‘l o‘z aybingni tan olib, kechirim so‘rash dir. Shunda yaqinlaring va do‘stlaring seni ke chi rishadi. O‘zingni tinchlantirish uchun esa qulayroq o‘tirib, ko‘zlarni yumgan holda ohista nafas olish kerak.

Bunda nafas olganda 5 gacha, nafas chiqarganda esa 7 gacha sanash tavsiya etiladi. Bu jarayonda bola psixik mexanizmining himoyalanishi tezlashadi.

Kattalar va tarbiyachilar jajjilarning hayot yo‘ lidagi har bir harakatini doimo rag‘batlantirib, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashi lozim. Shundagina bolada ijobiy “Men” obrazi shakllanib, kelajakda mustaqil shaxs sifatidagi faoliyatiga sezilarli hissa qo‘shadi.

Tarmiza HURVALIYEVA,

TVPKQTMOI dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.


Yüklə 57,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə