1. Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi. Menejmentning ilmiy maktablari



Yüklə 200,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix30.12.2023
ölçüsü200,2 Kb.
#167755
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mavzu. Menejment nazariyasini shakllanishi va rivojlanishi.



2-mavzu. Menejment nazariyasini shakllanishi va rivojlanishi. 
Reja: 
1. Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi. 
2. Menejmentning ilmiy maktablari. 
3. Bоshqaruvning turli yo’nalishlari 
4. Rossiyada menejment nazariya va amaliyotining rivojlanishi. 
5. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari. O’zbekistonda 
menejment nazariyasining shakllanishi. 
6. Menejment rivojlanishida yangi bosqich. 
 
1. Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi. 
 
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo’lgan. U mehnatni taqsimla-nishi va 
kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab 
chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda 
ulardan birlari rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, ya’ni 
boshqariladiganlar bo’ladilar.
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu.Sezar, A. 
Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab 
shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. 
O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, 
har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday 
boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat 
undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli 
davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni 
“qo’rquv bilan umid 
o’rtasida ushlash
” bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlangach davrida tadbirkor - mulk egasi ishlab chiqarishni 
o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat 
inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga 
a’lohida e’tibor berila boshlandi. 
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning 
takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni 
maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal 
etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni 
boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan 
vujudga keldi. 
Boshqaruv muammosini birinchi bo’lib hal qilishga qadimgi misrliklar kirishganlar. 6 mingga 
yaqin yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil qilish, uni 
rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar, hamda boshqaruvni 
markazlashtirmaslik haqida masalani qo’yganlar. 
Eramizga qadar 20 asrda Misrga qo’shni Vavilonda podshoh Xammurapi boshqaruv va 
nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik ko’rsatmalarini qo’llagan, 
amaldor shaxslar tomonidan javob-garlikni o’z tobelariga o’tkazishga yo’l ko’ymaslikni tan olgan, 
ish haqi darajasini qonunan belgilagan. 
Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga tijorat bitimlari 
haqidagi ma’lumotlar va qadimgi Shumeriya qonunlari yozilgan, bu ham u yerda boshqaruv 
amaliyoti mavjudligidan darak beradi. 
Boshqaruvga antik davrda ham ma’lum ulush qo’shilgan, bizning eramizdan 400 yil avval 
Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning zamondoshi Eron shohi Kir 
odamlarni harakat qi-lishga undashnini, ya’ni motivatsiyani maxsus tadqiqot qilish zarurligi 
haqidagi g’oyani ilgari surgan. U yana boshqaruv axborotlarini ishlab chiqish va rejalar tuzish 
muammosini ham ko’rib chiqqan. Biroz keyinroq Gretsiyada mehnat operatsiyalarini bajarish va 


ularning bir maromdaligini ta’minlash usullari bilan shug’ullanganlar. Platon ixtisoslashish 
tamoyilini shakllantirgan. 
Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni 
boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.
Menejmentni paydo bo’lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog’liq: 

Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni o’sishi, mulk egasi va 
tadbirkorni boshqaruvning o’sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir emasligi; 

Bozor sub’ektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini o’sishi va bozor aloqalarini
kuchayishi; 

Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o’sishi va bozor 
iqtisodiyotining barqarorligi; 

Yirik korporatsiyalarni paydo bo’lishi va shunga ko’ra faqat xodimlarning maxsus apparati 
bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini ko’payishi,. Xuddi korporatsiyada 
menejment mulk egasi- tadbirkorning o’zini o’zi boshqarishidan butunlay ajraladi; 

Mulkni aktsiyadorlar o’rtasida jamlanishi, buning natijasida aktsiyadorlik sarmoyasini 
boshqarishning yangi vazifalari paydo bo’ladi; 

Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan foydalanishga 
harakat qilishlari; 

Ijodiy, sho’’baiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini yaratish 
istagi.
O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to’rtta 
yo’nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini qo’shgan.

Yüklə 200,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə