1-Modul. Ekonometrika faniga kirish 1-ma’ruza. Ekonometrikaga kirish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix18.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#122331
  1   2   3   4   5   6   7
1-ma\'ruza



1-Modul. Ekonometrika faniga kirish
 
1.1-ma’ruza. Ekonometrikaga kirish
 
1.1.1. Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari. 
1.1.2. Iqtisodiy modellar tasnifi.
1.1.3. Moddiy modellar. Abstrakt modellar. Tuzilmaviy modellar.
1.1.4. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlari.
1.1.1. 
Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari
 
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro, ham makrodarajada tabiiy, 
zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. 
Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning 
eng muhim, ahamiyatli bog’lanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, 
iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda 
bayon qilishga imkon beradi. Bunda modellar va modellashtirish muhim o’rin 
tutadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim 
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi 05.06.2018 yilda qabul qilingan PQ-3775 sonli Qarorida “Hududlarda 
yangi oliy ta’lim tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim 
yo’nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo’limlarning ochilishi, 
oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo’nalishdagi 
muhim islohatlar hisoblanadi. 
Oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologk g’oyalar bilan fikr 
almashadigan muloqat markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud 
muammo va kamchiliklarni tizimli o’rganish, tahlil qilish va ularning yechimi 
bo’yicha taklif kiritish borasida professor-o’qituvchilar, yosh olimlar va 
talabalarning tashabbus ko’rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan
1
” 
ta’kidlab o’tilgan. 
Model
- bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, 
qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni 
bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni tuzishda 
tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan 
masalani yechish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi. 
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila 
boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, 
1
O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning 
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.06.2018y Qarori //O‘zbekistan Respublikasi Qonunlari 
to‘plami. 2018 y., №23. 474 modda. 


fizika, ximiya, biologiya va nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini 
qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy 
jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) 
tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida 
modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi. 
Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning 
iqtisodiy modellar
deb 
ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi 
modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi 
muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.
Iqtisodiyotda matematik model
- bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil 
qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy 
masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli - bu uning 
funksiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi 
ko’rinishidagi aks ettirilishi. Bunday aks ettirish o’rganilayotgan ob’ekt 
elementlarining munosabatlari to’plamini model elementlarining shunga o’xshash 
munosabatlariga birlashtiradi. 
Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo’llash usullari 
iqtisodiy-
matematik usullar
deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni 
o’rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning birlashmasidir. Bu 
tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan 
kiritilgan bo’lib IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil 
bo’lgan. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə