Modellashtirish
deganda
modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni
tushiniladi.
Iqtisodiy model
-
iqtisodiy
ob’ektlarning
soddalashtirilgan
nusxasidir.
Bunda
modelning
hayotiyligi,
uning
modellashtiriladigan ob’ektga aynan
mos
kelishi muhim ahamiyatga
egadir.
Lekin
yagona
modelda
o’rganilayotgan ob’ektning hamma
tomonini aks ettirish mumkin emas.
Shunda jarayonning eng xarakterli va
eng muhim belgilari aks ettiriladi.
Iqtisodiyotda matematik model –
bu iqtisodiy ob’ektlar
yoki jarayonlarni
tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni
iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik model – bu
uning
funksiyalar, tenglamalar,
tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar,
grafiklar
majmuasi ko’rinishida aks ettirilishi.
Iqtisodiy matemtik usullarning amaliyotda qo’llanilishi
iqtisodiy-matematik
usullar
deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni o’rganish
uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning umumlashmasidir. Bu
tushuncha fanga XX-asrning 60 yillarida kirib kelgan bo’lib, iqtisodiyot, matematika
va kibernitikaning tutashmasidan hosil bo’lgan.
1.1.3. Moddiy modellar. Abstrakt modellar. Tuzilmaviy modellar.
Tuzilgan barcha modellarni 2 turga bo’lish mumkin: moddiy modellar va ideal
(abstract) modellar (1.1.-rasm).
Dostları ilə paylaş: