1-Modul. Ekonometrika faniga kirish 1-ma’ruza. Ekonometrikaga kirish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix18.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#122331
1   2   3   4   5   6   7
1-ma\'ruza

endogen ko’rsatkich
, modelda 
Y
o’zgarish qonuniyatlarini 


n
x
x
x
,...,
,
2
1
yordamida o’rganish mumkin. 


n
x
x
x
,...,
,
2
1
– ta’sir etuvchi, 
ekzogen ko’rsatkichlar
.
3
Ekonometrik modelda fiktiv ko’rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv 
ko’rsatkichlar – bu sifatli ko’rsatkichlar miqdoriy ko’rsatkichlarga o’tkazilgan 
ko’rsatkichlar. 
Ekonometrik model chiziqli va chiziqsiz ko’rinishda tuzilishi mumkin. 
Chiziqsiz modellar parabola, giperbola, darajali funksiya, ko’rsatkichli 
funksiya, trigonometrik funksiya va boshqalar ko’rinishida bo’lishi mumkin. 
1.1.4. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlari 
Iqtisodiy modellashtirish, xususan ekonometrik modellashtirish bir qancha 
bosqichlardan tashkil topadi. 
 
Birinchi bosqich
– spetsifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qo’yilishi – 
asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy ma’lumot to’planadi, asosiy omil va ta’sir 
etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyatsion tahlil usuli yordamida 
ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi. Iqtisodiy jarayon har 
tomonlama nazariy, sifat jihatdan tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va 
tashqi informatsion aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi 
ko’rsatkichlar aniqlanadi. 
Ikkinchi bosqich
– identifikatsiya qilish. Bu bosqichda izlanayotgan 
noma’lum o’zgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni ko’zda tutadi, natija nimalarga 
olib keladi kabi savollar aniqlangan bo’lishi kerak. Iqtisodiy muammoni 
formallashtirish, uni tayinli matematik bog’lanishlar va munosabatlar ko’rinishida 
ifodalash bosqichidir.
Uchinchi bosqich
– sonli yechish. Bu bosqichda masalani sonli usulda yechish 
uchun algoritmlar ishlab chiqiladi, EHMda dasturlar tayyorlanadi (yoki amaliy 
dasturiy paketlarga ma’lumotlar kiritiladi) va bevosita hisoblash jarayonlari amalga 
oshiriladi. 
3
Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 4
th
edition, 2003 (Gu), Inc.p. 29 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə