To’trinchi bosqich
– verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to’rtta
yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko’plikdagi korrelyatsiya koeffitsienti va determinatsiya
koeffitsienti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida
baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo’yicha
baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining»
bajarilish shartlari tekshiriladi.
Beshinchi bosqich
– tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida
asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.
Yuqorida sanab
o’tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq va biri ikkinchisini to’ldirib,
yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.