|
1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. KreditlarBank tomonidan o‘rnatilgan terminallar
|
səhifə | 275/296 | tarix | 29.05.2023 | ölçüsü | 1,01 Mb. | | #114081 |
| hisob raqam kod90410 Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 — “Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokioskalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan terminallarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan terminallarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90412 Bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 — “Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokioskalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan bankomatlarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90414 Bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 — “Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokioskalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan infokioskalarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|