1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə3/21
tarix23.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#112175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
649 20.10.2020

4-mavzu: Yong‘in xavfi mavjud ishlarni olib borish hamda modda va materiallarni saqlashda yong‘in xafsizligi choralari (3 soat).
Olovli ishlarning turlari va ularning yong‘in xavfliligi. Olovli ishlarni bajarish uchun doimiy va vaqtinchalik joylarga qo‘yiladigan talablar. Olovli ishlarni tashkil etish, ularni bajaruvchi shaxslarga ruxsat berish va ularning bajaralishi ustidan nazorat qilish tartibi. Portlash va yong‘in xavfi zonalari mavjud bino va xonalarda olovli ishlarni bajarishda yong‘in xavfi xususiyatlari.
Keng tarqalgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar, yonuvchi suyuqliklar, yonuvchi gazlar, qattiq yengil alangalanuvchan materiallarni saqlashda, tashishda va ish joylarida foydalanishda yong‘in xavfsizligi choralari, bo‘yoqlarni ishlab chiqarish va boshqa yong‘inga xavfli ishlarni olib borishda yong‘in xavflilik xususiyatlari.
5-mavzu: Yong‘inda xavfsiz evakuatsiya qilishni ta’minlash (2 soat).
Evakuatsiya yo‘llari va chiqishlar: terminlar, evakuatsiya qilish uchun yo‘llar va chiqishlarni belgilash tartibi. Evakuatsiya yo‘llari va chiqishlar uchun yong‘in xavfsizligi talablari. Darslar olib borilayotgan obyektlarda yong‘in vaqtida evakuatsiya rejasi.
Yong‘in sodir bo‘lganda odamlarni evakuatsiya qilishda xabar berish va boshqarish tizimi: maqsadi, tasnifi, qo‘llanilishi, umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi, foydalanish qoidalari, ishchi holatini nazorat qilish. Odamlarni binolardan evakuatsiya qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish.
6-mavzu: Yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar (2 soat).
Yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari. Tuzilishi, taktik va texnik xususiyatlari, foydalanish qoidalari.
Tashqi va ichki yong‘inga qarshi suv ta’minoti, vazifalari, umumiy tuzilishi. Yong‘inga qarshi suv ta’minoti inshootlari va muhandislik-texnik vositalar nazoratini amalga oshirish, saqlab turish qoidalari, yong‘in sodir bo‘lganda ulardan foydalanish tartibi.
Yong‘in signalizatsiyasi tizimlari va yong‘in o‘chirish qurilmalari, vazifalari, tasnifi, qo‘llanilishi, umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi, foydalanish qoidalari, ishchi holatini nazorat qilish.
Yong‘in sodir bo‘lganda tutunga qarshi himoya: vazifalari, tasnifi, qo‘llanilishi, umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi, foydalanish qoidalari, ishchi holatini nazorat qilish.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə