1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə7/21
tarix23.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#112175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
649 20.10.2020

6-mavzu. Kavsharlash, bitum va qatronlarni eritish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda yong‘in xavfsizligi choralari (1 soat).
Kavsharlash, bitum va qatronlarni eritish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash.
Ish joylariga qo‘yiladigan talablar. Yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini joylashtirish.
Uskunaga qo‘yiladigan talablar. Bitumni eritish qurilmalari va qozonlarni joylashtirish. Kavsharlash lampalarini yoqilg‘i bilan to‘ldirish. Texnik xizmat ko‘rsatish, rejali-ogohlantiruv ta’mirlash ishlari.
7-mavzu. Olovli ishlarning yakuni bo‘yicha yong‘in xavfsizligi choralari. Mansabdor shaxslar va ishchilarning vazifalari (1 soat).
Olovli ishlarni bajarishda mansabdor shaxslar va ishchilarning vazifalari (jihozlarni qabul qilish, naryad-ruxsatnomani yopish, olovli ishlar bajarilgandan so‘ng vaqtinchalik va doimiy joylarning nazoratini tashkil etish). Olovli ishlar yakuni bo‘yicha hisobot hujjatlarini saqlanishi.
8-mavzu. Olovli ishlarni bajarishning o‘ziga xos jihatlari (2 soat).
Yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan xonalarda, qurilmalarda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bo‘lgan sig‘imlarda, bosim ostidagi va tashqi texnologik qurilmalarda olovli ishlarni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish, naryad-ruxsatnomani rasmiylashtirish va yozma topshiriq berish jihatlari. Ishlarni bajaruvchi brigada tarkibi.
Yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan xonalarda, yengil alangalanuvchi suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklar bo‘lgan sig‘imlarda, bosim ostidagi qurilmalarda olovli ishlarni bajarish jihatlari.
Yong‘in xavfliligi bo‘yicha turli sinflardagi obyektlarda olovli ishlarni tashkil etish va bajarishning o‘ziga xos tomonlari.
9-mavzu. Yong‘in (alanga) aniqlangandagi harakatlar. Yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari va yong‘inga qarshi texnik himoya vositalaridan foydalanish. Jarohat olganda birinchi yordam ko‘rsatish (2 soat).
Hududda yoki binoda (inshootda) yong‘in (tutun)ni aniqlagan shaxslarning harakatlanish tartibi. Yong‘in (favqulodda vaziyat) to‘g‘risida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari, avariya xizmatlari va obyekt rahbarlariga xabar berish.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari va boshqa avariya xizmatlari kelguniga qadar ishchilarning harakatlari. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari va boshqa avariya xizmatlarining uchrashuvini tashkil etish.
O‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish vositalarining tasnifi. O‘t o‘chirgichlardan foydalanish tartibi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, qayta zaryadlash muddatlari, xavfsizlik talablari.
Yong‘inlarni o‘chirishda (favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda) yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari va yong‘inga qarshi texnik himoya vositalaridan foydalanish usullari. Obyektning xususiyatlari va texnologik jarayondan kelib chiqqan holda uskunalar, kommunikatsiyalar, elektr qurilmalari va boshqa muhandislik tizimlarini manbadan o‘chirish. Odamga zarar keltiruvchi omillar ta’sirini kamaytirish yo‘llari (elektr toki, yonishning issiqlik, zaharli mahsulotlari ta’siri).
Jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish (qon ketishini vaqtinchalik to‘xtatish, yurak va o‘pka faoliyatini tiklash (sun’iy nafas oldirish, bilvosita yurak massaji), steril bog‘lamni qo‘yish, qo‘l-oyoqlar singandagi harakatlar, dorilar qutisining (aptechkaning) to‘liq jamlanganligi va undan foydalanish tartibi).

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə