1-mustaqil ish reja


Noinersial sanoq sistemalari



Yüklə 25,7 Kb.
səhifə4/6
tarix22.03.2024
ölçüsü25,7 Kb.
#182306
1   2   3   4   5   6
1-mustaqil ish reja-fayllar.org

Noinersial sanoq sistemalari.
Yo’lning to’g’ri chiziqli gorizontal qismida harakatlanayotgan vagon ichidagi jismlar vaziyatini tekshiraylik. Buning uchun Yer sirti bilan bog’langan К sanoq sistemasida va vagon bilan bog’langan К' sanoq sistemasida turgan kuzatuvchilar nuqtai nazaridan fikr yuritaylik.
V agon harakatlanmayotgan holda К va К' sanoq sistemalaridagi kuzatuvchilarning fikri aynan bir xil bo’ladi (5.1 rasm). Vagonning gorizontal polida turgan sharning og’rlik kuchi polning reaktsiya kuchi bilan muvozanatlanganligi uchun Nyutonning birinchi qonuniga asosan, shar o’zining tinch holatini saqlaydi. Vagon to’g’ri chiziq bo’lib tekis harakatlangan
holda ham sharning vaziyati o’zgarmasligini К va К' sanoq sistemalaridagi kuzatuvchilar qayd qiladilar. Ma‘lumki, Yer sirti bilan bog’langan sanoq sistemasini taqriban inertsial sanoq sistemasi deb hisoblash mumkin edi. Shuning uchun К’ sanoq sistemasi К sanoq sistemasiga (ya‘ni inertsial sanoq sistemasiga) nisbatan tinch turgan yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan hollarda inertsial sanoq sistemasi deb hisoblanadi.

K' sanoq sistemasidagi kuzatuvchi esa sharni chap tomonga qarab tezlanuvchan harakat qilayotgailigini qayd qiladi (5.3 rasm). Jism tezlanishga ershishi uchun unga, Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, biror kuch ta‘sir etishi lozim, albatta. Shuning uchun К' sanoq sistemasi­dagi kuzatuvchi sharga mazkur kuch bilan ta‘sir etayotgan jismni axtaradi, lekin topa olmaydi. Natijada kuza­tuvchi quyidagi xulosaga keladi: К’ sanoq sistemasidagi sharga to’liq jismlar ta‘sir etmayotgan bo’lsada, u o’zining

tinch vaziyatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlamayapti, ya‘ni inertsiya qonuni bajarilmayapti. Shu­ning uchun K’ sistemadagi kuzatuvchi mazkur sistemani noinertsial sanoq sistemasi deb hisoblashi, tabiiydir. Aylanuvchi sanoq sistemalaridagi jismlar uchun ham inertsiya qonuni bajarilmaydi.


Bunga quyidagi tajriba asosida ishonch hosil qilish mumkin. 5.4 а rasmda tasvirlangan disk ustiga П-simon sterjen o’rnatilgan, sterjenga esa sharlar osilgan. Disk tinch turganida sharlar osilgan barcha iplar vertikal ravishda yo’nalgan. Disk aylanish o’qi atrofida burchak tezlik bilan aylantirilganda (5.4 b rasm) sharlar (ipi OZ bilan ustma-ust tushgan shardan boshqalari) tashqi tomonga og’adi. Bu holda ham sharlarga to’liq jismlar ta‘sir etmayapti. Lekin sharlar tezlanish oladi. Shuning uchun aylanuvchi sanoq sistemasini ham noinertsial sanoq sistemasi deb hisoblanadi.

5.4a,b rasm

D emak tezlanuvchan ilgarilanma harakat qilayotgan sanoq sistemasidagi ixtiyoriy jismga ta‘sir etadigan inertsiya kuchining yunalishi sanoq sistema­sining harakati o’ynalishiga teskari, kuchning mo­duli esa jism massasi bilan sanoq sistemasi tezlaniishning ko’paytmasiga teng. Endi, inertsiya kuchi tushunchasidan foydalanib noiner­tsial sanoq sistemalari uchun harakat tenglamasini yozaylik. Tabiiyki, bu holda jismga ta‘sir etuvchi kuchlarning vektor yig’indisiga nyuton kuchlari bilan bir qatorda inertsiya kuchi ham hissa qo’shadi:


YOKI



Yüklə 25,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə