1-Oktabr—Ustoz va murabbiylar bayrami



Yüklə 50,79 Kb.
tarix06.01.2023
ölçüsü50,79 Kb.
#98262
1-oktabr-Ustoz va murabbiylar bayrami


1-Oktabr—Ustoz va murabbiylar bayrami.

O’qituvchilik eng murakkab san'atdir. Endigina qalbi jo’sh ura boshlagan yosh bolalarning ishonch va hurmatini qozona bilish o’qituvchidan buyuk mahorat talab etadi.


"Ustoz-otangdek ulug’", degan hikmatda olam-olam ma'no bor. Hatto otani quyoshga qiyos etamiz, ko’klarga ko’tarib maqtaymiz. Ammo otaday ulug’ deb nisbat beriluvchi inson bor, bu-ustozdir!
Haqiqatan, ota-ona farzandini voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o’sishing, kamolotga erishishing, ilm-ma'rifat cho’qqilarini zabt etishinga ko’maklashadi.
O’qituvchini yoshlik gulshanining posboni deydilar. Chindan ham o’qituvchilik kasbining o’ziga xos shavq-zavqi, mehrigiyosi va jozibador sehri bor.
O’qituvchi go’zallik sohibidir. Bu olijanob kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo’llariga qalam olib jo’shqin hislarini, yaxshi ezgu tilaklarini oq q’og’ozlar betiga bitmagan deysizmi?
Hayot abadiy, ammo u yosh avlod bilan hamisha barhayot.
Avlod bor ekan unga ta'lim va tarbiya berayotgan o’qituvchilar ham barhayot. Abadiy yashayveradi.
Kishi hayoti davomida ko’p odamlar bilan uchrashadi, tanishadi, vaqt o’tishi bilan esa ayrimlarining o’zini ham, ismini ham unutadi. Lekin ilm dargohidagi ustozning ismini hech kim hech qachon unutmasa kerak.
Bu yorug’ olamda har bir odam avvalo o’zining mehribon ota-onasiga, unga ma'rifat va bilim dunyosini ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar, fuqorolik hissi va ma'suliyatini singdirish yo’lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylarga nisbatan hamisha minnatdorchilik tuyg’usi bilan yashaydi.
Tabiiyki, maktab ostonasiga qadam qo’yganimizda bizning qo’limizga qalam berib, alifboni o’rgatgan birinchi o’qituvchimiz siymosini, dunyoga ko’zimizni ochib bergan murabbiylarni, bu ulug’ zotlarning fidokorona mehnatini doimo hurmat-ehtirom bilan eslaymiz va qadrlaymiz.
Shu ma'noda, ko’z nuri va qalb qo’rini, butun borlig’ini o’qituvchilikdek olijanob kasbga bag’ishlangan siz, azizlarni har qancha e'zozlab, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildirish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.


Ustozim mehribon, oliy himmatsiz,
Sabr toqatingiz bepayon ummon.
Yuraklarda darmon, kuch va qudratsiz,
Sizdan ibrat olib yashaymiz hamon.

Tunlarni yoritgan mash’ala misol,
Hayot yo’limizni yorutguvchisiz.
O’z o’rnin topsin deb har bitta nihol,
Turmush saboqlarin o’rgatuvchisiz.

Sizsiz dunyo sirin anglamoq qiyin,
Hayot gulshanining mohir bog’boni.
Siz bilan baxtimiz kulmog’i tayin,
Sho’x-shodon yashashning keldi davroni.

Nomingiz faxrla olamiz tilga,
Siz aytgan tariqa farzand bo’lamiz.
Har ishga munosib Vatanga, elga,
Ustoz, sizga doim ta’zim qilamiz!
Yüklə 50,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə