1. oliy ta’LIMNI TIZIMLI ISLOH QILISH oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash



Yüklə 41,36 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü41,36 Kb.
#165477
1   2   3
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 2030 YILGACHA RIVOJLANISH KONSEPSIYASI

Oldingi tahrirga qarang.
Kengashning faoliyati natijalari, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hay’at majlisida yiliga kamida ikki marta Kengash a’zolari bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi, natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash tomonidan tayyorlangan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi, ular Kengashga vazifalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak beradilar, so‘ralgan zarur ma’lumotlarni taqdim etib boradilar;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Kengash faoliyati natijalari, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Kengash faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida davlat oliy ta’lim muassasalari (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) rahbar xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishini bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idorani xabardor qilgan holda amalga oshirish tartibi joriy qilinsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Bunda oliy ta’lim muassasasi rahbar xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatga xizmat safari oldidan asosiy ma’lumotlar, jumladan mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi, safar natijalari yuzasidan esa oliy ta’lim muassasasi kengashiga amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar to‘g‘risida taqdim etilgan hisobot oliy ta’lim muassasasi veb-saytiga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
2019-yil 1-dekabr kuniga qadar 2030-yilga qadar respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritishni, bunda mazkur oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
har yili 1-dekabrga qadar o‘tayotgan yil bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” bajarishi yakunlarini puxta o‘rganish asosida Konsepsiyani kelgusi yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritsin va uning natijalarini har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borsin.
7. Quyidagilar mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimovga — mas’ul vazirliklar va idoralarning Konsepsiya hamda “Yo‘l xaritalari”ni bajarish bo‘yicha faoliyati va o‘zaro hamkorligini samarali tashkil etish, “Yo‘l xaritalari” bajarilishini monitoring qilish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Konsepsiya va “Yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish;
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidovga — Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar va tematik ko‘rsatuvlar tashkil etsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 41,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə