1-o‘quvchi: – Buyuk saltanatni tikladi Temur, Istagi: avlodim otsa zo‘r tomir, Mulki Turon dunyo uzugi bo‘lib, Xalqim osoyishta ko‘rsaydi umr



Yüklə 14,49 Kb.
tarix13.04.2022
ölçüsü14,49 Kb.
#85416
O\'quvchilar uchun


1-o‘quvchi:

Buyuk saltanatni tikladi Temur,

Istagi: avlodim otsa zo‘r tomir,

Mulki Turon dunyo uzugi bo‘lib,

Xalqim osoyishta ko‘rsaydi umr.

Buyuk bobomiz 1336-yil 9-aprelda Keshdan uncha uzoq bo‘lmagan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida barlos urug‘iga mansub bo‘lgan bek Tarag‘ay Bahodir oilasida dunyoga keldi.

Amir Temur yoshligidan bilimga tashna bo‘lishi bilan birga harb ilmiga qiziqqan, otlarni juda sevgan va mohir chavandoz bo‘lgan.

2-o‘quvchi:

– Sohibqiron aytar: ey farzandlarim,

Ko‘zimning qarog‘i jon dilbandlarim.

Millatning dardiga darmon bo‘lingiz,

Bo‘shashtirmang mening bo‘g‘in-bandlarim.

Amir Temur juda olijanob qalb egasi bo‘lgan. U Movarounnahrdek buyuk davlat tuzgan. Eron, Turkiya, Hindiston kabi yirik davlatlarda ilm-ma’rifat, madaniyatni targ‘ib etgan. Qizil O‘rdaning istilochilik hukmronligiga barham bergan. – Amir Temur iqtisodiy mustahkam, xalq manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tuzdi.



3-o‘quvchi:

– Adolat, ozodlik dastida bo‘ling,

Yomonlik, razolat qasdida bo‘ling.

Nifoq tuxumlarin ekmangiz aslo,

Yaxshilik, ezgulik rostida bo‘ling!

Amir Temur buyuk siyosatchi, sarkarda, o‘z davrining buyuk davlat arbobi bo‘lgan. Uning shiori – “Kuch – adolatdadir”, degan purma’no hikmat bo‘lgan.

Amir Temur 27 ta katta-kichik tarqoq shaharlarni birlashtirib, qudratli davlat tuzdi.
4-o‘quvchi:

Jahongir so‘zidan yaxshilik bunyod.

Bizga mayoq bo‘lsin, baxsh etib sabot.

Avlodlar bizlardan ololsin o‘rnak,



Shunda rizo bo‘lur Temurdayin zot.

1405-yil (bundan 617-yil oldin) – Oʻtror hokimi Berdibek saroyining Temur uchun maxsus jihozlangan xonasida Xitoy yurishiga otlangan buyuk lashkarboshi, davlat arbobi Amir Temur vafot etdi. Bu hodisa hijriy 807-yil sha’bon oyining oʻn yettinchi kuni (milodiy 1405-yil 18-fevralda) yuz berdi. Buyuk saltanat asoschisi namozshom bilan xufton orasida, “Tavhid” kalimasini takror-takror aytib, hayotdan koʻz yumdi.
Yüklə 14,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə