1. O‘quvchilar kompyuter xonasida qanday qoidalarga rioya qilishi kerak?



Yüklə 14,63 Kb.
səhifə1/3
tarix21.12.2022
ölçüsü14,63 Kb.
#97536
  1   2   3
9-sinf test EHM


1. O‘quvchilar kompyuter xonasida qanday qoidalarga rioya qilishi kerak?
A) tartib-intizom qoidalari;
B) elektr asboblaridan foydalanish qoidalari;
C) xavfsizlik texnikasi va sanitariyagigiyena qoidalari;
D) maktab ichki tartib qoidalari.
2. Informatika fanining kelib chiqishi qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
A) XX asrning 70-yillari; B) XXI asr boshlari;
C) XX asrning 50-yillari; D) XX asrning 80-yillarida.
3. Informatika faniga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping:
A) axborotlarni himoya qilishni o‘rgatuvchi fan;
B) axborotlarni izlash, yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonlarini o‘rgatuvchi fan;
C) kompyuterga dastur o‘rnatishni o‘rgatuvchi fan;
D) kompyuter texnikasini sozlashni o‘rgatuvchi fan.
4. Quyidagi iborani qanday so‘zlar bilan to‘ldirish kerak? “Informatika fanining asosiy obyekti … bo‘lsa, kompyuterlar bu fanni o‘rganishda asosiy … hisoblanadi”
A) axborot, uskuna; B) ilm, vosita; C) internet, qurol; D) kompyuter, vosita.
5. Microsoft Word dasturida saqlangan fayl formatini aniqlang:
A) xls, docx; B) txt, doc; C) doc, docx; D) txt, ppt.
6. Mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish faoliyatini ijtimoiy medialarda amalga oshirish qanday ataladi?
A) ijtimoiy media; B) ijtimoiy media marketing;
C) brend; D) maqsadli auditoriya.
7. Axborotlarni kodlash nima uchun kerak?
A) axborotni bir ko‘rinishdan boshqa bir qulay ko‘rinishga o‘tkazish uchun;
B) qayta ishlash uchun; C) kompyuter tushunishi uchun; D) maxfiy saqlash uchun.
8. Ikkilik kodlash qanday raqamlar bilan ifodalanadi?
A) 1, 2; B) 0, 1; C) nuqta, tire; D) 0, 2.
9. Bit, bayt, Kbayt, Mbayt – bular axborotning … .
A) kodlanish usullari; B) o‘lchov birliklari; C) sanoq sistemalari; D) kengligi.
10. Internet tarmog‘ida ijtimoiy media marketingni yurituvchi shaxs kim?
А) sahifalovchi. B) dizayner; C) dasturchi; D) SMM mutaxassisi;

Yüklə 14,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə