1. O`rta asrlar tarixi qaysi asrlarni o`z ichiga oladi? A V-XI asrlar b XI-XV asrlar



Yüklə 417,67 Kb.
səhifə3/5
tarix11.03.2018
ölçüsü417,67 Kb.
#31121
1   2   3   4   5

IV BOB

1. Qachon Rim imperiyasida bir-biridan mustaqil ikkita cherkov tashkil topdi?



A) 476 B) 1054

C) 395 D) 1071
2. G`arbiy Rim imperiyasi butunlay qulagan sanani aniqlang.

A) 395 B) 476

C) 488 D) 495
3. “Butun dunyo” cherkovi qanday nomlanadi?

A) protestant B) provaslav

C) maronit D) katolik
4. “Chin e’tiqod” cherkovi qanday nomlanadi?

A) provaslav B) katolik

C) protestant D) puritan
5. “Cherkov” atamasi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?

A) “e’tiqod qilmoq” B) “ xudoning uyi”

C) “xizmat qilmoq” D) “yashamoq”
6. Rim cherkovida cherkov va’zlari qaysi tilda otkazilgan?

A) frank B) italyan

C) lotin D) ingliz
7. Quyidagilardan qaysi biri o`zini apostol Pyotrning o`rinbosari deb e’lon qilgan edi?

A) Konstantinopol patriarxi

B) Vizantiya imperatori

C) Franklar qiroli

D) Pim Papasi
8. Pim Papasi Lev IX va Konstantinopol patriarxi Kirudariylar qachon bir-birini anafema qilganlar?

A) 471 B) 1054

C) 1071 D) 1156
9. “Vatikan” nomi nimaning nomidan olingan?

A) Iso payg`ambar tug`ilgan joy nomidan

B) Rim shahri joylashgan yettita tepalikdan birining nomidan

C) Rimga asos solgan shaxs nomidan

D) to`g`ri javob berilmagan
10. Katoliklarning bosh cherkovini aniqlang.

A) Sikstin ibodatxonasi

B) Nottrdam cherkovi

C) Avliyo Sofiya ibodatxonasi

D) Pyotr ibodatxonasi
11. Katoliklarning bosh cherkovi qayerda joylashgan?

A) Konstantinopolda B) Parijda

C) Vatikanda D) Iyerusalimda
12. Rim Papasi qay tarzda saylanadi?

A) Yevropa davlatlari hukmdorlari tomonidan saylanadi

B) kardinallar hay’ati tomonidan yashirin ovoz berish yo`li bilan

C) Italiya fuqarolarning ovoz berish yo`li bilan saylanadi

D) Italiya bosh vaziri tomonidan saylanadi
13. Yevropada aholi tomonidan cherkovga to`lanadigan soliq qanday nomlangan?

A) ushr B) indulgensiya

C) patta D) jon solig`i
14. “Indulgensiya” nima?

A) cherkov sudi

B) cherkovning la’natlashi

C) maxsus avf yorlig`i

D) cherkov solig`i
15. Yevropada cherkov mutaasibligiga qarshi kurashganlar qanday nomlangan?

A) bagomillar B) yeretiklar

C) puritanlar D) provaslavlar
16. Xristian cherkovining bosh ramzi nima?

A) ikki boshli burgut B) besh qirrali yulduz

C) salib D) qilich
17. Salib yurishlarining tashkilotchisini aniqlang.

A) Germaniya imperatori B) Quddus qirolligi

C) Fransiya feodallari D) Katolik cherkovi
18. Salibchilar qo`shinining asosini kimlar tashkil tashkil etgan?

A) ritsarlar va dehqonlar

B) savdogarlar va hunarmandlar

C) ruhoniylar va dehqonlar

D) dehqonlar va feodallar
19. 1095-yilda Klermon shahrida haloyiq oldida nutq so`zlab, ular salib yurishiga da’vat etgan Papani aniqlang.

A) Urban II B) Piy IX

C) Lev IX D) Stefan II

20. 1096-1270-yillarda jami nechta salib yurishlari uyushtirildi?



A) 10 ta B) 4 ta

C) 8 ta D) 5 ta
21. Salib yurishini dastlab kimlar boshlaganlar?

A) dehqonlar B) ruhoniylar

C) ritsarlar D) feodallar
22. 1096-yil kuzida quyidagi qaysi dalatlarning ritsarlari Yaqin Sharqqa yo`l oldilar?

A) Angliya va Fransiya

B) Fransiya, Germaniya,Italiya

C) Italiya, Germaniya, Vizantiya

D) Ispaniya, Germaniya, Fransiya
23. 1097-yil yozida salibchilar …….

A) Quddusni ishg`ol qildilar

B) Saljuqiy turklar qo`shinini tor-mor etdilar

C) Konstantinopol shahrini egalladilar

D) Misr davlatini bosib oldilar
24. Qachon salibchilar tomonidan Quddus shahri ishg`ol qilingan?

A) 1097-yil yozida B) 1098-yil bahorida

C) 1102-yil 25-martda D)1099-yil, 15-iyulda
25. 1096-1099-yillardagi jangu-jadallar davomida salibchilar necha km uzunlikdagi yer-mulkni bosib oldilar?

A) 1500 km B) 1450 km

C) 1200 km D) 1100 km
26. Salibchilar tomonidan tuzilgan davlatlardan eng yirigi quyidagilardan qaysi biri edi?

A) Antioxiya knyazligi B) Quddus qirolligi

C) Edessa graflgi D) Kipr qirolligi
27. Nima sababdan diniy-ritsarlik ordenlari tashkil etilgan?

A) Yangi salib yurishlarini tashkil etish uchun

B) Misr sultonligini bo`ysundirish uchun

C) Katolik cherkovining mavqeyini saqlash uchun

D) Falastinda ritsarlarni saqlab qolish uchun
28. Salib yurishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach Tamplif ordeni qayerga ko`chirilgan?

A) Italiyaga B) Fransiyaga

C) Malta oroliga D) Ispaniyaga
29. Tamplif ordeni 1312- yilda nima sababdan to`gatilgan?

A) Fransiyada qirol hokimiyatiga ham xavf sola boshlagani uchun

B) Yangi salib yurishida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun

C) Rim Papasining siyosatini maqullamagani uchun

D) Barcha javoblar noto`g`ri
30. Tevton ordeni qachon o`z qudrati va ahamiyatini yo`qotgan?

A) XIV asrda B) XVI asrda

C) XVII asrda D) XV asrda
31. 2-salib yurishi qachon uyushtirilgan?

A) 1142 B) 1149

C) 1147 D) 1187

32. 2-salib yurishida qatnashgan davlatlarni aniqlang.



A) Angliya va Fransiya

B) Fransiya va Ispaniya

C) Fransiya va Germaniya

D) Vizatiya vaVenetsiya
33. 3-Salib yurishi qachon uyushtirilgan?

A) 1189 B) 1196

C) 1192 D) 1187

34. 3-Salib yurishida qatnashgan davlatlarni aniqlang.



A) Ispaniya, Fransiya va Italiya

B) Fransiya, Germaniya, Angliya

C) Vizantiya, Fransiya va Venetsiya

D) Germaniya, Angliya va Italiya
35. 1192-yilda salibchilar va Salohiddin Ayyubiy o`rtasida tuzilgan shartnomaga ko`ra Yevropalik xristianlar ……

A) Quddus va boshqa shaharlarga bemalol ziyoratga kelib ketishlari mumkin edi

B) Quddus va Yaqin Sharqdagi boshqa shaharlarga kelolmas edilar

C) Misr sultonligiga juda katta miqdorda tovon puli to`ladilar

D) Quddusni boshqarishni o`z qo`llarida saqlab qoldilar
36. 3-Salib yurishidan keyin salibchilar tomonidan tuzilgan davlatni aniqlang.

A) Edessa grafligi B) Krit qirolligi

C) Kipr qirolligi D) Antioxiya knyazligi
37. Quyidagilardan qaysi biri italyan ritsarlarining ordeni edi?

A) Tamplif ordeni B) Ioannit ordeni

C) Tevton ordeni D) Tapinak ordeni
38. Fransuz ritsarlarining ordeni qanday nomlangan?

A) Tevton ordeni B) Tamplif ordeni

C) Ioannit ordeni D) Qurolbardorlar ordeni
39. German ritsarlari ordeni qanday nomlangan?

A) Edessa ordeni B) Reyxsver ordeni

C) Ioannit ordeni D) Tevton ordeni
40. 4-Salib yurishi qachon boshlangan?

A) 1204 B) 1202

C) 1221 D) 1215
41. 4-Salib yurishi oldingilardan nimasi bilan farq qiladi?

A) salibchilar Misrni ham bo`ysundirdilar

B) xristianlarning xristianlar yurtini bosib olishi bilan

C) salibchilarning rus yerlariga bostirib kirishi bilan

D) Ayollarning bu yurishda ishtirok etishi bilan
42. 4-Salib yurishida quyidagilardan qaysi biri katta rol o`ynadi?

A) Vizantiya B) Venetsiya

C) Fransiya D) Angliya
43. 1204-yilda salibchilar ……..

A) Quddusni qayta bosib oldilar

B) Misr sultonligini o`zlariga bo`ysundirlar

C) Konstantinopol shahrini egalladilar

D) Kipr orolini egalladilar
44. 4-Salib yurishidan keyin saalibchilar tomonidan tuzilgan davlat qanday nomlanadi?

A) Lotin imperiyasi B) Kipr qirolligi

C) Edessa grafligi D) Venetsiya imperiyasi
45. 1204-yilda salibchilar tomonidan qulatilgan Vizantiya imperiyasi qachonga kelib qayta tiklangan?

A) 1261 B) 1240

C) 1288 D) 1299
46. Salibchilarning Sharqdagi barcha mulklaridan batamom ayrilgan sanani aniqlang.

A) 1295 B) 1311

C) 1308 D) 1291
47. Kipr oroli XV asrning 2-yarmidan qaysi davlat qo`liga o`tdi?

A) Turkiya B) Venetsiya

C) Misr D) Suriya
48. Qaysi salib yurishida bolalar salib yurishida qatnashish istagida bir joyga to`planganlar?

A) 2-salib yurishida B) 1-salib yurishida

C) 3-salib yurishida D) 4-salib yurishida
49. Salohiddin Ayyubiy boshchiligida tuzilgan davlatni aniqlang.

A) Quddus sultonligi B) Misr davlati

C) Damashq sultonligi D) Konya sultonligi
50. Hozirgi kunda provaslaviyada nechta mustaqil cherkov mavjud?

A) 15 ta B) 16 ta

C) 17 ta D) 18 ta
51. Xristian cherkovi 2-ga bo`lingan vaqtda Rim papasi quyidagilardan qaysi biri edi?

A) Urban II B) Innokentiy III

C) Lev IX D) Piy XII
52. “Anafema” nima?

A) Dahriylarga qarshi kurash

B) Cherkovning la’natlashi

C) Chin e’tiqod

D) olovda yoqish
53. Nechanchi salib yurishidan keyin “Tevton ordeni” tashkil etilgan?

A) ikkinchi B) to`rtinchi

C) birinchi D) uchunchi
54. “Tevton ordeni” XIII asr boshlarida qayerda o`rnashib oldi?

A) Shimoliy-sharqiy Yevropada

B) Fransiyada

C) Old Osiyoda

D) Kipr orolida
55. “Tamplif ordeni” qachon butunlay tugatilgan?

A) 1311 B) 1312

C) 1313 D) 1314
56. 1192-yilda salibchilar bilan shartnoma tuzgan Misr sultonini ko`rsating.

A) Baybars I B) Alp Arslon

C) Baybars II D) Salohiddin Ayyubiy
57.
58. Salohiddin Ayyubiy nechanchi yilda Quddusni salibchilardan ozod qilgan edi?

A) 1187-yilda B) 1188-yilda

C)1189-yilda D) 1190-yilda
59. Xristian dini qaysi yilda ikki oqimga bo`lingan?

A) 776 B) 1052

C) 1054 D) 1096
60. Xristian cherkovi ikkiga bo`lingan vaqtda Konstantinopol patriarxi quyidagilardan qaysi biri edi?

A) Piy II B) Kirudariy

C) Lev XIII D) Pavel II
61. Qachon Rim papalari davlati tashkil topgan?

A) 756 B) 1054

C) 1096 D) 476
62. Vatikan davlatining maydoni qanchani tashkil qiladi?

A) 44 gektar B) 45 gektar

C) 46 gektar D) 47 gektar
63. Hozir kunda Benedikt XVI Rim Papasi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Ungacha necha kishi papalik qilgan?

A) 262 B) 263

C) 264 D) 265
64. Qaysi davrga kelib Rim papalarining qudrati har qachongidan ham oshib ketdi?

A) XI asrning boshlarida

B) XI asrning oxiri XII asr boshlari

C) IX asrning oxirida

D) XIII asrnin o`rtalarida
65. G`arbiy Yevropadagi jami ekin maydonlarining qancha qismi cherkov mulki hisoblangan?

A) 1/4 B) 1/5 C) 1/10 D) 1/3
66.
67. Qaysi davrga kelib G`arbiy Yevropa feodallarini o`z boyliklari qanoatlantirmay qo`ydi?

A) X asr B) VIII asr

C) XI asr D) IX asr
68. Cherkov jazolaridan biri hisoblangan “anafema” qaysi yila joriy qilingan?

A) 450 B) 1054

C) 471 D) 756
69. G`arbiy Yevropada o`rnatilgan mayorat deb ataluvchi qoidaga ko`ra otadan qolgan mol-mulk kimga meros bo`lib o`tgan?

A) xotiniga B) kichik o`g`ilga

C) kichik ukasiga D) katta o`g`ilga
70. Arab xalifaligi amalda qaysi yilda barham topgan?

A) 1055 B) 1054

C) 1056 D) 1258
71. Salib yurishlari qaysi yillarni o`z ichiga oladi?

A) 1096-1204 B) 1096-1270

C) 1095-1280 D) 1096-1245
72. Salib yurishlaridan so`ng Ioannitlar ordeni qayerga ko`chirilgan?

A) Ispaniyaga B) Fransiyaga

C) Malta oroliga D) Polshaga
73. Misr sultoni Salohiddin Ayyubiy qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1170-1195 B) 1175-1195

C) 1170-1198 D) 1171-1193
74. 1217-1270-yilgacha bo`lgan davrda nechta salib yurishi uyushtirilgan?

A) 4 ta B) 5 ta

C) 6 ta D) 2 ta
75. Yevropada qachonga kelib qishloq xo`jaligi yuksala boshladi?

A) XIII asr oxiri B) XIV asr boshlari

C) XV asr boshlari D) XVI asrga
76. Yevropa oyna (ko`zgu) yasash qachon paydo bo`lgan?

A) Buyuk geografik kashfiyotlardan so`ng

B) Salib yurishlaridan so`ng

C) IX asrda

D) XIV asrda


V BOB

1. IX asrda G`arbiy Yevropada …………..…. .



A) markazlashgan davlatlar tashkil topa boshladi

B) natural xo`jalik barham topdi

C) feodal tarqoqlik yuz berdi

D) davlatlar o`rtasida o`zaro kurashlar boshlandi
2. Fransiyada mamlakat birlashuvining asosiy dushmani ……………………….. edi.

A) katolik ruhoniylari B) yirik feodallar

C) shaharliklar D) jamoachi dehqonlar
3. Fransiyani yagona davlatga birlashtirish quyidagi qaysi qirol davrida boshlandi?

A) Filipp II B) Filipp IV

C) Lyudovik VI D) Lyudovik XI
4. XII asrda Fransiyani birlashtirish yo`lidagi eng katta to`siqni aniqlang.

A) Angliyaning Fransiyadagi mulklari

B) Salib yurishlarida Fransiyaning ishtiroki

C) Rim cherkovining Fransiyadagi mulklari

D) Yirik feodallarning qarshiligi
5. 1180-1223-yillarda hukmronlik qilgan Fransiya qirolini aniqlang.

A) Lyudovik VI B) Filipp IV

C) Lyudovik III D) Filipp II Avgust
6. Quyidagilardan qaysi biri Vilgelm vorislarining Fransiyadagi mulklarini musodara qilgan?

A) Filipp IV B) Filipp II

C) Lyudovik VI D) Ioann II
7. Filipp IV hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.

A) 1302-1314 B) 1285-1314

C) 1302-1325 D) 1300-1337
8. Filipp IV davrida Fransiyaning qancha qismi birlashtirilgan?

A) deyarli yarmi B) barcha qismi

C) 1/5 qismi D) 3/4 qismi
9. Filipp II Avgust quyidagi qaysi sohada muhim islohot o`tkazgan?

A) moliya sohasida B) harbiy sohada

C) boshqaruv sohasida D) ta’lim sohasida
10. Tarkibida oltin va kumush miqdori ko`p bo`lgan va savdo-sotiqning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo`lgan tanga pul joriy etgan Fransiya qirolini aniqlang.

A) Filipp II B) Filipp IV

C) Lyudovik VI D) Filipp VI
11. Ingliz qo`shinini tor-mor etib hatto Normandiya gersogligini ham bo`ysindirgan Fransiya qirolini aniqlang.

A) Ioann II B) Filipp II

C) Lyudovik XI D) Filipp IV
12. Fransiyada Filipp II Avguvst hukmronligining so`nggi yillarida bizning yurtimizda qanday voqealar yuz berdi?

A) mug`ullar istilosi yuz berdi

B) Xorazmshohlar davlati tashkil topdi

C) Samarqand shahrida qo`zg`alon yuz berdi

D) to`g`ri javob berilmagan
13. O`rta asrlarda Fransiya aholisi nechta toifaga bo`lingan?

A) ikkita B) beshta

C) to`rtta D) uchta
14. Fransiyada General shatatlar ish boshlagan yilni aniqlang.

A) 1308 B) 1309

C) 1302 D) 1304
15. General shtatlarni 1-marta chaqirgan Fransiya qirolini aniqlang.

A) Filipp IV B) Filipp II

C) Filipp I D) Lyudovik VI
16. Fransiyada qirolning asosiy tayanchi quyidagilardan qaysilar edi?

A) yirik va o`rta feodallar, ruhoniylar, erkin dehqonlar

B) ritsarlar, dehqonlar va yirik feodallar

C) ruhoniylar, yirik feodallar va ritsarlar

D) o`rta va mayda dvoryanlar, shaharlarning erkin fuqarolari
17. Fransiyada General shtatlar nechta palatadan iborat bo`lgan?

A) ikki B) bir

C) uch D) to`rt
18. Fransiyani birlashtirish yo`lidagi eng katta tashqi to`siqqa aylangan davlatni aniqlang.

A) Vatikan B) Angliya

C) Germaniya D) Vizantiya
19.

20.


21. Yuz yillik urush arafasida Fransiyasining qaysi viloyati Angliya qo`l ostida edi?

A) Bretan B)Flandriya

C) Burgundiya D) Akvitaniya
22. Fransiya va Angliya o`rtasidagi yuz yillik urush qaysi yilda boshlangan?

A) 1353 B) 1337

C) 1332 D) 1328
23. Yuz yillik urushda Fransiyaning qaysi viloyati Angliyaning yaqin ittifoqchisiga aylangan edi?

A) Bretan B) Burgundiya

C) Akvitaniya D) Flandriya
24. 1340-yilda ……………………………… .

A) Angliya floti katta g`alabaga erishdi

B) fransuzlar Kale portini egalladi

C) inglizlar Parij shahrini bosib oldi

D)inglizlar Orlean shahrini qamal qilishga kirishdilar
25. Puate jangi qachon sodir bo`lgan?

A) 1353 B) 1356

C) 1337 D) 1348
26. Puate jangida asirga tushgan Fransiya qirolini aniqlang.

A) Karl V B) Ioann

C) Filipp VII D) Lyudovik X
27. Fransiyada qirollik yer-mulklaridagi dehqonlarga haq to`lash sharti bilan ozodlik berish to`g`risidagi farmon qachon chiqarilgan?

A) 1302 B) 1315

C) 1314 D) 1308

28. Fransiyada kim tomonidan qirollik yer-mulklaridagi dehqonlarga haq to`lash sharti bilan ozodlik berish to`g`risidagi farmon chiqarilgan?



A) Lyudovik VI B) Filipp VI

C) Filipp IV D) Lyudovik X
29. Jakeriya quzg`aloni qachon boshlangan?

A) 1358 B) 1388

C) 1381 D) 1377
30. Jakeriya quzg`aloni Fransiyaning qaysi qismida boshlangan?

A) janubiy B) g`arbiy

C) shimoli-sharqiy D) janubi-g`arbiy
31. Jakeriya qo’zg’alonchilarining shiorini aniqlang.

A) Butun Fransiyada adolat o`rnatish

B) barcha zodagonlarni bitta qoldirmay qirib tashlash

C) mamlakatni respublika deb e’lon qilish

D) to`g`ri javob berilmagan
32. Jakeriya qo’zg’aloniga quyidagilardan qaysi biri boshchilik qilgan?

A) Uot Tayler B) Janna d’Ark

C) Gilom Kal D) Jon Boll
33. 1360-yil Fransiya va Angliya o`rtasida ..... .

A) urush harakatlari qaytadan boshlandi

B) sulh shartnomasi imzolangan

C) Burgundiya gersogligi qayta taqsimlandi

D) harbiy shartnomasi imzolandi

34. 1369-yilda .................................................. .



A) Fransiya va Angliya o`rtasida qayta boshlangan urushda Angliya qattiq mag`lubiyatga uchradi

B) inglizlar Fransiyaning 3/4 qismini bosib oldilar

C) Angliya va Frandiya o`rtasida tinchlik sulhi tuzildi

D) Angliya va Fransiya yakka qirollikka birlashtirildi
35. Fransiya qiroli Karl V quyidagi qaysi sohalarda islohot op`tkazgan?

A) moliya va boshqaruv

B) boshqaruv va ta’lim

C) moliya va qishloq xo`jaligi

D) moliya va harbiy
36. Fransiyada feodallar dehqonlarni masxaralab nima deb atashgan?

A) “kal” B) “jak”

C) “pyer” D) “erl”
37. Fransiyada qirol Karl V tomonidan nechta kemadan iborat harbiy flot tashkil etilgan?

A) 150 ta B) 200 ta

C) 120 ta D) 250 ta

38. 1415-yilda Angliya …................................ .



A) Fransiyaga qarshi yana urush harakatlarini boshladi

B) Parij shahrini Fransiyaga topshirdi

C) Burgundiya gersogligi bilan Fransiyaga qarshi ittifoq tuzdi

D) Orlean shahrini qamal qilishga kirishdi
39. 1420-yilda ..................................................... .

A) Janna d’Ark Fransiya qiroli Karl VII bilan uchrashdi

B) Angliya va Fransiya o`rtasida Fransiyani tahqirlovchi shartnoma imzolandi

C) inglizlar Orlean shahrini qamal qilishga kirishdilar

D) to`g`ri javob berilmagan
40. Inglizlar qo`shini qachon Orlean shahrini qamal qilishga kirishganlar?

A) 1420 B) 1415

C) 1429 D) 1428
41. Janna d’Ark qachon Fransiya qiroli Karl VII bilan uchrashib, o`z fikrlarini bayon etgan?

A) 1420 B) 1415

C) 1429 D) 1428
42. Fransiya va Angliya o`rtasidagi urushda burilish yasagan yilni aniqlang.

A) 1429 B) 1420

C) 1428 D) 1415
43. Orlean shahri inglizlardan ozod qilingan sanani aniqlang.

A) 1420-yil 12-sentyabr B) 1429-yil, 5-may

C) 1415-yil 7-oktyabr D) 1428-yil 4-iyul
44. 1431-yil 30-may kuni …............................... .

A) Orlean shahri inglizlardan ozod qilindi

B) Inglizlar Parij shahridan haydab chiqarildi

C) Janna a’Ark olovda kuydirilib o`ldirilgan

D) Janna d’Ark asirga burgundlar tomonidan olindi
45. Orlean shahri necha kun ichida inglizlardan ozod qilingan?

A) 2 kun B) 15 kun

C) 5 kun D) 9 kun
46. Fransiyani birlashtirish qachon o`z nihoyasiga yetdi?

A) XV asr oxirida B) XV asr o`rtalarida

C) XVI asr boshlarida D) XVI asr oxirida
47. Fransiyani birlashtirish quyidagi qaysi qirol davrida o`z nihoyasiga yetdi?

A) Lyudovik XIV B) Lyudovik XI

C) Lyudovik IX D) Filipp VIII
48. Qachon Fransiyaning Normandiya gersogligi Angliyani istilo qilgan?

A) 1042 B) 1088

C) 1066 D) 1071
49. 1086-yil Angliyada ……............................... .

A) Vilgelm I qirollik taxtini egalladi

B) aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazildi

C) daniyaliklarning hujumlariga chek quyildi

D) “jon solig`i” joriy etildi
50. Quyidagilardan qaysi biri Daniyaning Angliyaga nisbatan uzluksiz hujumlariga chek qo`ygan?

A) Genrix II B) Ioann III

C) Vilgelm I D) Edvard V
51. Angliyada kimning davrida hukmron tabaqalar o`rtasidagi nizolar avjiga chiqqan?

A) Genrix II B) Qirol Ioann

C) Vilgelm III D) Karl I
52. “Buyuk erkinlik xartiyasi” qachon imzolangan?

A) 1216 B) 1255

C) 1215 D) 1265
53. “Buyuk erkinlik xartiyasi”ga ko`ra Angliyada quyidagi qaysi kengash roziligisiz qo`shimcha soliqlar joriy etilmas yoki mavjud soliqlar miqdori oshirilmas edi?

A) Maxfiy kengash

B) Parlament kengashi

C) Dvoryanlar kengashi

D) Buyuk qirollik kengashi
54. Angliya Parlamenti qachon joriy etilgan?

A) 1295 B) 1215

C) 1265 D) 1266
55. Angliya Parlamentiga qachondan boshlab qonun chiqarish huquqi berilgan?

A) 1295 B) XIV asrdan

C) XV asrdan D) 1270
56. Parlamentning umumpalatasiga har bir shahar nechta vakil yuborish huquqiga ega bo`lgan?

A) 3 ta B) 4 ta

C) 2 ta D) 1 ta
57. Parlamentning Lordlar palatasi kimlarning vakillaridan iborat bo`lgan?

A) shaharliklar va katta yer egalari

B) oliy martabali ruhoniylar, yirik yer egalari

C) dehqonlar va hunarmandlar

D) ritsarlar va ruhoniylar
58. “Parlament” so`zi qaysi tildan olingan?

A) fransuz B) ingliz

C) lotin D) yunon
59. Parlamentning umumpalatasiga har bir graflik necha nafar ritsarni vakil qilib yuborar edi?

A) uch B) bir

C) to`rt D) ikki

60. “Xartiya” nima?



A) parlament binosi

B) soliq turi

C) yorliq, qo`lyozma hujjat

D) deputatlar bosh kiyimi
61. Angliyada qachon barshchina butunlay siqib chiqarildi?

A) XV asr boshlarida B) XIV asrning 1-yarmida

C) XV asr 2-yarmida D) XIII asr oxirida
62. 1348-yilda Angliyada qora o`lat – vabo kasalligi tarqalgan edi. Buning natijasida Angliya aholisining qancha qismi qirilib ketgan?

A) 1/3 qismi B) 1/4 qismi

C) 1/5 qismi D) teng yarmi
63. 1377-yilda Angliyada ……...... .

A) ikki palatali parlament joriy etildi

B) dehqonlar qo`zg`aloni boshlandi

C) “jon solig`i” deb ataluvchi soliq joriy etildi

D) barcha javoblar noto`g`ri
64. Uot Tayler qo’zg’aloni qachon boshlangan?

A) 1377 B) 1358

C) 1348 D) 1381
65. Uot Tayler asli kim edi?

A) dehqon B) ruhoniy

C) hunarmand D) ritsar
66. Uot Tayler qo’zg’alonchilari tomonidan London qachon egallangan?

A) 1377-yil 30-may B) 1381-yil 13-iyun

C) 1358-yil 15-aprel D) 1348-yil 16-fevral
67. Qachon Angliya qiroli Uot Tayler qo’zg’alonchilari bilan uchrashgan?

A) 1377-yil 2-iyun B) 1348-yil 5-mart

C) 1381-yil 15-iyun D) 1358-18-aprel
68. 1377-yilda Angliyada joriy etilgan qonunga ko`ra jon solig`i to`lashga kimlar majbur edilar?

A) 14 va undan katta yoshdagi barcha fuqarolar

B) barcha krepostnoy dehqonlar

C) 20 yoshdan katta bo`lgan barcha fuqarolar

D) yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha fuqarolar
69. Angliyada “Oq va qizil gullar urushi” qaysi yillarda sodir bo`lgan?

A) 1433-1463 B) 1455-1485

C) 1435-1465 D) 1458-1488
70. Angliyada Tyudorlar sulolasi hukmronligi qachon o`rnatilgan?

A) 1463 B) 1465

C) 1485 D) 1488
71. Angliyada Tyudorlar sulolasiga kim asos solgan?

A) Genrix II B) Genrix VIII

C) Karl I D) Genrix VII
72. XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Angliyada ……..................... .

A) viloyatlar o`rtasida o`zaro kurashlar boshlandi

B) qirol hokimiyati kuchaydi

C) cheklangan monarxiya qaror topdi

D) ulkan harbiy-dengiz floti yaratildi
73. Mashhur sayyoh Marko Polo yashagan yillarni aniqlang.

A) 1258-1345 B) 1281-1355

C) 1265-1348 D) 1254-1324

74. G`arbiy Yevropada tashkil topgan birinchi Universitetni aniqlang.



A) Parij Universiteti B) Bolonya Universiteti

C) Krakov Universiteti D) Oksford Universiteti
75. Bolonya Universiteti qayerda joylashgan?

A) Fransiya B) Polsha

C) Italiya D) Germaniya
76. Angliyalik olim Rojer Bekon qasyi asrda yashagan?

A) XII asrda B) XV asrda

C) X asrda D) XIII asrda
77. Yevropada kitob bosish kim tomonidan ixtiro qilingan?

A) Rojer Bekon B) Iogann Gutenberg

C) Tomas Mor D) Marko Polo
78. XI asrda G`arbiy Yevropada ............................... .

A) katta qurilishlar boshlandi

B) madaniy hayot inqirozga yuz tutdi

C) islom dini keng yoyila boshlandi

D) shahar adabiyoti shakllandi
79. G`arbiy Yevropa shaharlarida badiiy asarlar qachonga kelib paydo bo`la boshladi?

A) XI asrga B) XII asrga

C) XIII asrga D) X asrga
80. Gumanizm G`arbiy Yevropada qachondan boshlab shakllana boshladi?

A) XIII asrdan B) X asrdan

C) XII asrdan D) XI asrdan
81. Gumanizm G`arbiy Yevropada dastlab qayerda shakllangan?

A) Angliyada B) Germaniyada

C) Italiyada D) Fransiyada
82. Quyidagi qaysi muallif o`z asarlarida “aql xudoning borligini asoslashga qodir” – deb yozgan edi?

A) R. Bekon B) I. Guttenberg

C) D. Alegri D) F. Akvinskiy
83. O`rta asr Universitetlari fani nima deb atalgan?

A) gumanizm B) ritorika

C) grammatika D) sxolastika
84. Ulug` gumanist Dante yashagan yillarni aniqlang.

A) 1264-1324 B) 1268-1342

C) 1265-1321 D) 1265-1335
85. Mashhur gumanist Dante Italiyaning qaysi shahrida tug’ilgan?

A) Rim B) Venetsiya

C) Florensiya D) Milan
86. Yevropalik olimlardan qaysi biri mikroskop va teleskop kashf qilinishini oldindan ko`ra bilgan edi?

A) F. Biondo B) I. Guttenberg

C) D. Alegri D) R. Bekon
87. G`arbiy Yevropa Universitetlarida darslar qaysi tilda olib borilgan?

A) ingliz B) ispan

C) lotin D) nemis
88. Qaysi yilda Papa qarorgohi Rimdan Fransiyaga ko`chirilgan?

A) 1308 B) 1309

C) 1310 D) 1311
89. Fransiyada kimning davridan boshlab qirol yerlaridagi o`zboshimcha sen’orlar bo`ysindiriladi?

A) Filipp II B) Lyudovik IX

C) Filipp IV D) Lyudovik VI
90. O`rta asrlarda sodir bo`lgan qo’zg’alonlar rahbarlaridan qaysi birining boshiga qizdirilgan temir toj kiydirilib, qatl etilgan?

A) Uot Tayler B) Muqanna

C) Gilom Kal D) Jon Boll
91. Qaysi qirol davridan boshlab ingliz Parlamenti muntazam chaqirilib turiladigan bo`ldi?

A) Edvard I B) Genrix VIII

C) Genrix I D) Ioann II
92. Qaysi yilda ingliz Parlamenti ikkiga bo`lingan?

A) 1342 B) 1343

C) 1344 D) 1345
93. XV asrda Yevropada nechta Universitet bor edi?

A) 50 ta B) 55 ta

C) 60 ta D) 65 ta
94. “Student” so`zi lotinchada qanday ma’noni bildiradi?

A) “maktab” B) “qunt bilan o`quvchi”

C) “oily maktab” D) “quyi maktab”
95. O`rta asrlarda yaratilgan “Ilohiyat to`plami” asarining muallifi kim?

A) Foma Akvinskiy B) Agafiy

C) K. Kesarskiy D) K. Tatsit
96. Quyidagi asarlardan qaysi birida Ibn Sino va Tumaris to`g`risida ma’lumotlar berilgan?

A) “Lohiyat to`plami”

B) “Ilohiy komediya”

C) “Dekameron”

D) “Xalqlar tarixi”
97. F. Biondo tomonidan yozilgan “Rim imperiyasining qulashidan boshlanadigan tarix” asarida qaysi yillardagi voqealar bayon etilgan?

A) 476-1476 B) 450-1450

C) 453-1453 D) 410-1410
98. Universitet so`zining ma’nosi nima?

A) oliygoh B) jamoa

C) maktab D) oliy maktab
99. G`arbiy Yevropada feodal tarqoqlik davrida Fransiya nechta yarim mustaqil mulkka bo`linib ketgan edi?

A) 14 ta B) 15 ta

C) 20 ta D) 25 ta
100. Fransiya qiroli Lyudovik VI qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1110-1138 B) 1108-1137

C) 1125-1145 D) 1120-1145
101. Filipp II Avgust davrida Fransiya nechta okrug(viloyat) ga bo`lingan?

A) 14 ta B) 15 ta

C) 20 ta D) 25 ta
102. Fransiyada Filipp II Avgust hukmronligining so`nggi yillarida bizning yurtimizda qanday voqealar yuz berdi?

A) Xorazmshohlar davlatyi tashkil topdi

B) Feodal tarqoqlik davri boshlandi

C) Saljuqiylar davlati tashkil topdi

D) O`rta Osiyo mo’g’ullar tomonidan bosib olindi
103. Fransiyada General shtatlar qachon ish boshlagan?

A) 1302-yil, 8-aprel B) 1302-yil, 12-aprel

C) 1302-yil, 20-aprel D) 1302-yil, 25-aprel
104. 1357-yil General shtatlar tarixida qanday voqea yuz berdi?

A) Fransiya konstitutsiyasini qabul qildi

B) Qirolni taxtdan chetlashtirdi

C) U o`z huquqini oshirish uchun o`rinib ko`rdi

D) B va C
105. Yuz yillik urushning boshlanishiga sababchi bo`lgan Angliya qirolini ko`rsating.

A) Genrix I B) Vilgelm II

C) Edvard IV D) Edvard III
106. “Yuz yillik urush” necha yil davom etgan?

A) 100 yil B) 105 yil

C) 116 yil D) 120 yil
107. 1360-yilda imzolangan sulh shartnomasiga ko`ra Fransiya hududining qancha qismi Angliya qo`l ostiga o`tgan?

A) 1/3 B) 1/2 C) 1/4 D) 1/5
108. Jakeriya qo`zg`aloni rahbari Gilom Kal asli kim edi?

A) temirchi B) dehqon

C) to`quvchi D) cho`pon
109. Qaysi yilda Angliya va Fransiya yakka qirollikka birlashtirilgan?

A) 1425 B) 1418

C) 1415 D) 1420
110. Janna d’Ark o`tda ko`ydirilgan vaqtda Fransiya qiroli quyidagilardan qaysi biri edi?

A) Lyudovik IX B) Genrix V

C) Karl VII D) Lyudovik VIII
111. Fransiya qiroli Lyudovik XI qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1461-1483 B) 1460-1473

C) 1450-1480 D) 1445-1490
112. Vilgelm I Angliya yerlarining qancha qismi o`z mulki qilib olgan edi?

A) 1/5 B) 1/3

C) 1/4 D) 1/7
113. Angliya qiroli Ioann qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1200-1215 B) 1199-1216

C) 1195-1210 D) 1125-1155
114. “Buyuk erkinlik xatiyasi” qaysi yilda imzolangan?

A) 1214 B) 1216

C) 1215 D) 1220
115. 1297-yilda Angliya Parlamenti qanday huquqni qo`lga kiritdi?

A) soliqlarni tasdiqlash

B) urush e’lon qilish

C) qirolni tasdiqlash

D) A va B
116. Angliya Parlamenti qaysi yildan boshlab muntazam chaqirilib turiladigan bo`ldi?

A) 1290 B) 1295

C) 1300 D) 1302
117. Qaysi yilda Angliyada qora o`lat - vabo kasalligi tarqalgan?

A) 1348 B) 1338

C) 1337 D) 1340
118. Uot Tayler qo`zg`aloni Angliyaning qaysi grafligida boshlangan?

A) Usseks B) Esseks

C) Shervud D) York
119. Angliya qiroli Genrix VII qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1485-1509 B) 1485-1500

C) 1495-1510 D) 1475-1520
120. Qachon ingliz dehqonlarining barchasi to`lov evaziga erkin bo`lib oldilar?

A) XII asrda B) XIII asrda

C) X asrda D) XV asr davomida
121. Yevropada dastlabki oliy maktablar – universitetlar qachon paydo bo`lgan edi?

A) XI asrda B) XII asrda

C) X asrda D) XV asrda
122. Krakov Universiteti qayerda joylashgan?

A) Chexiya B) Rossiya

C) Daniya D) Polsha
123. “Fanning maqsadi tabiatni o`rganib, uni odamlarga xizmat qildirishdan iborat”, deb aytgan olimni aniqlang.

A) Isaak Nyuton B) V. Leybnis

C) Rojer Bekon D) T. Mor
124. Birinchi bosma kitob qachon nashr qilingan?

A) 1445 B) 1444

C) 1446 D) 1447
125. O`rta asrlarda ruhoniylarning fikricha quyidagilardan qaysi biri “savodsiz kishilar uchun diniy kitob” bo`lib xizmat qilishi lozim edi?

A) ibodat B) adabiyot

C) san’at D) urush
126. “Roland haqida qo`shiq” poemasi qachon yaratilgan?

A) XI ar oxirida B) XII asr boshlarida

C) XII asr oxirida D) XV asrda
127. Sxolastikaning yirik noamoyondasi Foma Akvinskiy qaysi yillarda yashagan?

A) 1225-1274 B) 1225-1275

C) 1225-1300 D) 1225-1315
128. “Ilohiy komediya” asarining muallifini aniqlang.

A) Sheksper B) Tomas Mor

C) Bokkacho D) Dante
129. Mashhur gumanist F. Biondo qaysi yillarda yashagan?

A) 1388-1460 B) 1385-1450

C) 1388-1463 D) 1380-1460


Yüklə 417,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə