1. Ozbek shevalarining oziga xosligi. Shevalararo sozlarning farqlanishi



Yüklə 13,71 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü13,71 Kb.
#108615
Kadamova Munira 1


Reja:
1. Ozbek shevalarining oziga xosligi.
2. Shevalararo sozlarning farqlanishi.
3. Shevalarda sozlarning shakliy bir xilligi va boshqa-boshqa manolarni anglatishi.
4. Shevalarda qollanuvchi sozlarning semantik guruhlarga bolinishi.
5. Shevalarda sozlarida ikkita leksik qatlamning borligi.
6. Shevalarda sinonim, antonim, omonim va neologizmlarning qollanishi.
Tayanch soz va tushunchalar. Leksika, shevalar leksikasi, tarixiy grammatika, tarixiy leksikografiya, sheva sozlarining fonetik, morfologik, leksik-morfologik, semantik va leksik tiplari, shevaga oid sozlarning semantik guruhlari, leksik qatlam, omonim, sinonim, antonim, neologizmlar.
Ozbek shevalari ozlariga xos fonetik, grammatik xususiyatlari bilan birga leksik xususiyatlarga ham ega. Bu xususiyatlar shevalarni adabiy tildan hamda ularning ozini ozaro farqlashga yordam beradi.
Har bir til, dialektda hayotiy zarur tushunchalar leksik jihatdan sozlar vositasi bilan ifodalanadi. Ozbek tili leksik tarkibining asosiy qismini tashkil etuvchi sozlar ozbek shevalari va ozbek adabiy tili leksik tarkibining ham asosiy qismini tashkil etadi.
Shevalar xalq tarixini yoritishda katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega va tarixiy grammatika hamda tarixiy leksikografiyani yaratish uchun ham boy materiallar beradi.
O‘zbek xalq shevalari tarkibida arna, yap (Xorazm), כd כsh // כ d כg‘, y כ vuq// uzoq-yovuq kabi adabiy tildan shaklan o‘zgargan yoki adabiy til taraqqiyotida allaqachon chiqib ketgan ayrim so‘zlar mavjud. Bunday so‘zlarni o‘rganish til tarixi, adabiy til tarixini o‘rganishda muhim ilmiy qimmatga egaligini ta’kidlash lozim. O‘zbek adabiy tilida bo‘lmagan so‘zlar o‘zbek xalq shevalarida uchraydi. Masalan, ədresmən (isiriq), girdikənə (ko‘rpacha), sərpxi (tovuq), tikech (chekich), sotə (hassa), ərish (shoti), yərqənət (ko‘rshapalak), yəvən (qishloq) va boshqalar. Bunday so‘zlarni yosh avlod vakillari tushunmaydi, ular arxaik so‘zlar hisoblanadi, sheva leksikasidan chiqa boshlagan. Shevalarni bir-biridan leksik jihatdan farqlaydigan xususiyatlar barcha so‘z turkumlari doirasida uchraydi:

Qorluq lahjasi Qipchoq lahjasi O‘g‘uz lahjasi


chaqal כg‘
’shk כm
much’chə
chopchəy

chum כl’
og‘өr


nerv כn
’shk כm
כy’
ərq כn
bovək
məyək
muchchi
yertəy - mətəl

chumalө
keli


narvan
vayish
enə
arqan
bovək
yimirtə
qumri
ertəy

qarөndjə
s כ:qo‘


zangngi
-
ənə
yip

O‘zbek shevalarida dialektal so‘zlarning fonetik, morfologik, leksik-morfologik, semantik va leksik tiplari bor: ch כch (soch), z’rəy (zirak), qul כg‘ (quloq), כshsh’ (oshni); nərv כn (Far.), shat’, zəngngi; kel’, s כ:qi; r כvach, chukr’; n כnpar, chek’ch va boshqalar.


O‘zbek shevalarida shunday so‘zlar ham uchraydiki, bunday so‘zlar shakl jihatidan o‘xshash bo‘lishlariga qaramay, shevalararo boshqa-boshqa ma’nolarda ishlatiladi. Misol:
arava qismi (Toshkent)
sh כti
narvon, arava qismi (Farg‘ona)
ona yoki otaning onasi (Toshkent)
buvi

ona, ey’ (Farg‘ona)

tuxum, mayak (Toshkent)
tuxum
urug‘- (qipchoq lahja)
pashsha (Toshkent)
pəshshə
chivin (Farg‘ona)

O‘zbek shevalarining leksik tarkibida an’anaviy leksika asosiy o‘rinni egallaydi.Shevalarning an’anaviy leksikasi hozirgi kunda asosan keksalar tilida qo‘llanadigan so‘zlar bo‘lib, ular sof leksik – dialektal so‘zlar sanaladi. Shevalarda qo‘llanuvchi dialektal so‘zlarning semantik guruhlari ko‘p bo‘lib, ulardan namunalar keltiramiz.


1. Dehqonchilikka xos atamalar: oq ər’q, shaq ar’q, q כv כq, ashkədi, bug‘d כy // biydəy, djox כr’, erpə, qzlcha, k כsek, suvma, loppək.
2. Chorvachilikka oid atamalar: כt//at, s’g’r, ’nek, qoy, yechk’, tuye, xotuk, təyxər, qulun, t כy, ayg‘’r, biyə, uloq, bəytəl va boshqalar.
3. Ov, baliqchilikka xos atamalar: tor, tuz כq, q כpq כn, qarm כq, sanchqi, laqqa, zכ g‘ara baloq, keyez, laqqa, chavaq, chortan baliq kabilar.
4. Ovqat nomlari: כsh, laxchatoppa, g‘ilvindi singarilar.
5.Binokorlikka xos atamalar: bosag‘a, dəhd’z, ship, tכchə, sinch, ustun, sarrכv, xər’, pכydevכr, qasava, ravaq, mor’, oy, yolok, tכkchə va boshqalar.
6. Uy-ro‘zg‘or buyumlarining nomlari: ləgən, pəq’r, teshə, xurma, g‘alv’r, chכvl’, tushək, bכl’sh, כlacha, chכpq’, panshaxa va boshqalar.
7. Onomastik so‘zlar.: Mamas כdioq, sha::r, dacha, Chinכbכd kabilar.
8.Kiyim-kechak nomlari: chכpon, jelak, maxsi-kכvush kabilar. Shevalardagi so‘zlar tarkibiga ko‘ra tub va yasama so‘zlarga bo‘linadi: כyi, enə, yənə, kosek, korek, xoppək, osimli, sanchqi, qכnqon, toshək, pכydevכr, oq ar’q, əshkədi va boshqalar.
Kelajakda o‘zbek shevalarining ko‘p tomlik “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”ni tuzishimiz shart. Albatta, uning tarkibida sinonim, antonim, et-nografik, leksik-fonetik dialektal, leksik-frazeologik, leksik-deriva-sion, morfologik-dialektal sozlar lugatlari bolishi tabiiy holdir. Bunday dilektal lugatlar Rus dialektologiyasi”da tuzilib, nashr qilingan.
Ozbek shevalari leksik tarkibida ikkita leksik qatlam bor: 1) turkiy leksik qatlam; 2) ozlashgan leksik qatlam. Shevalarda asosiy sozlik turkiy leksik qatlamga oiddir: כtə, כpa, yenə, vכvכ, bכr, kel, ket, tכp, chכp, yכp, qכl.
O‘zbek shevalarida boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar ancha miqdorni tashkil etadi: Bunday so‘zlar tilda qabul qilingan bo‘lib, sheva fonetikasi va grammatikasiga xos xususiyatlarni ham o‘ziga o‘zlashtiradi. Aniqrog‘i, sheva vakili o‘zlashgan so‘zlarga o‘z shevasiga oid bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlarni yuklaydi. Misol: aq’l (aql), amel (amal), opət (ofat), vəs’-yət, qudrət, dunyə, shər’m (sharm), sh’pכ (shifo), כgoh (ogoh), bələn (baland), dəs (dast), bey (burch), betכqət, kav’shdכz, dərəx, duterch’, dərəxs’z, xush-xəvər, bədכvlət, כshpaz, ’shq’vכz, əməlpərəs, chכypur’sh, serhכs’l va boshqalar.
Yangi o‘zlashgan internatsional so‘zlar ham shevalarda ishlatiladi: pכezd, məshinə, zavכd, traktכr, gazet, , paltכ, stכl, shakf, bכtinka, rכman, teətr, kכlxכz, fəbr’kə kabilar.
O‘zbek shevalarida omonimlar ham qo‘llanadi: I quraq-laxtak; II quraq- mayda; III quraq - qamishning qurigani. (Jiz.);
I tapa - balandlik, II tapa - bosh;
I chaqa - chaqa pul, II chaqa -tuxumdan chiqqan qush, III chaqa - aqliy qobiliyati zaif odam;
I ulaq - eski, II ulaq - ulama soch;
I qiyiq - durracha, II qiyiq - ojar odam;
I botqa - semiz, I botqa - ovqatning bir turi;
I dm - hech, II dm - gavo dim, III dm - jim, IY dm - siqilish;
I et - gosht, II et - ayt; I ul - ogil, II ul - poydevor;
I jav - yov, II jav - eshikni yop, III jav - non yopmoq;
I suvdaq - suvdek toza, II suvdaq - chiroyli;
II chozma - yupqa ovqat, II chozma - podnyajka.
Sheva vakillari nutqida sinonimlar ham ko‘p qo‘llanadi:
uəldər, əshg‘əl-dəshg‘əl – tentak;
mtmri, su quyd, shəytən – shum;
battכl, qioyiq, ters, aks – qaysar;
buvi, כyi, biyi – ona; chכrsi - qiyiq, qiyiqcha – belbog‘;
diykat, pismiltiq – ayyor;
kuvar, bכlg‘a, tכvar – tesha.
O‘zbek shevalarida antonimlar ham ishlatiladi:
janub - chushlik (tushlik)
tez - jay (tez-sekin)
yəxsh - shildir (yaxshi-yomon)
kun ch’q’sh (sharq) - kun bət’sh (g‘arb)
pəst - yuqori
bכbək (chaqaloq) - soqim (katta)
choqor (chuqur) - t’k (baland)
oqəv (achchiq) - tətt’ (shirin)
tumən (past) - b’y’k (baland).
Shevalarda yangi so‘zlar, ya’ni neologizmlar ham qo‘llanadi:
kar’dכr, pכl’kl’n’ka, akכp, kכntrכl, semכn, adris, atכm, xaladilniy, kכsmכs, iskələt (skalad), chekənkə, trəli:bus (trolleybus) va boshqalar.
Bulardan anglashilib turibdiki, shevalarimizda “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”ga kirmay qolgan quyidagi so‘z guruhlari bor:
1.Etnografik-dialektal so‘zlar. “O‘zbek adabiy tilida ham, sheva-larimizda ham xalqimizning asrlar davomidan shaklllangan juda qadimgi turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va manaviy madaniyati bilan aloqador kopgina soz, terminlar mavjud. Lekin bu xil sozlar adabiy tildagi etnografizmlar ham, adabiy til va shevalar uchun mushtarak bolgan adabiy-dialektal etnografizmlar ham, faqt sheva, dialektlarga xos etnografik sozlar ham bir-birlaridan farqlangan holda tadqiq etilmagan. Xullas, DLga faqat shevalardagina qollanadigan etnografizmlar kiritiladi va ular qanchalik kop bolsa, DLning qimmati shunchalik ortadi.
2.Leksik-semantik dialektal sozlar. Sheva, dialektlardagi sozlar adabiy tildagi, shuningdek boshqa biror sheva, dialektdagi xuddi osha xil sozlardan manosiga kora farqlanadigan bolsa, ular leksik-semantik dialektlar sozlar guruhini tashkil etadi. Masalan adabiy til va shevalarda mavjud bolgan aka sozi ayrim shevalarda ota va hatto pochcha mano-larini qollanadi. Yoki adabiy tildagi va shevalardagi dərs” (urok) so‘zi Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalarida “mahalliy o‘g‘it, go‘ng” ma’nosida uchraydi. Ko‘pchilik hollarda bu xildagi so‘zlarning har ikkalasi ham sheva vakillari tomonidan qo‘llanadi va ularning ma’nolari nutq jarayonida tushinarli bo‘ladi. Qiyoslang, pəshə (Sayram, Chimkent, Forish, Andijon) ~ pəshshə (Xorazim-qipch., QQASSR-o‘zb., Buxoro, Farg‘ona) ~ peshshe (Xorazim-o‘g‘uz) ~ pə:shə (Iqon) – chivin (komar), ch’b’n (Xorazm-qipch., QQASSR – o‘zb.) ~ ch’v’n (Xorazim-o‘g‘uz) ~ chibin // chivin (Buxoro) ~ chi:vin (Qoramurt) ~ chu:n (Shahrisabz) – pəshshə (muxa). Sh.Rahmatullayev “dialektizm-ma’no” deb atagan bu xil so‘zlar leksik-semantik dialektal so‘zlar sifatida DLga kiritiladi”.
3.Leksik-fonetik dialektal so‘zlar. “F.A.Abdullayev ...fonetik ozgalik manodagi ozgalik bilan bogliq bolsa, bunday sozlar lugatga kiritilishi kerak, - deydi. Ayrim dialektologlarimiz esa DLda fonetik ozgarishli, ammo mano ozgaligiga ega bolmagan sozlar mustaqil soz sifatida berilmaydi, - deyishadi. Bu fikrga qoshilish qiyin, chunki shevalarimizda mavjud bolgan xilma-xil fonetik hodisalar sababliadabiy tildagi bazi sozlar shu qadar ozgarib ketadiki, hatto ularning qanday soz ekanligini izohsiz aniqlab bolmaydi: a)Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa shevalarda jdav sozi bor. Bu soz y->dj- hamda –g >-v tovushlari otishi tufayli sodir bolgan adabiy tildagi yog sozining aynan ozidir; b)Oshobo shevasida burgulte, olta kabi sozlar mavjud. Aslida ular tl- -lt- metatezasi va sozlar oxiridagi –r undoshining tushishi natijasida sodir bolgan, manoda farqlanmaydigan burgutlar, otlar (travi) sozlaridir. Xosh, djav, olta singari fonetik ozgarishga uchragan sozlarni DLga kirtimaslik kerakmi? Bu xil sozlar DLlarda berilmasa, qaysi xildagi lugatlarda beriladi? Umuman shevalarimizdagi kerye-qariya, koyeg-kuyov kabi fonetik qiyofasi ozgargan sozlar hamda lapida rapida, zelel zarar singari dialektizmlar DLdan orin olmogi lozim.
4. Leksik-derivatsion dialektal sozlar. Adabiy tilda yoki faqat shevalarda mavjud bolgan xilma-xil soz yasovchi affikislar shevalardagi sozlarga yoki adabiy til va shevalar uchun mushtarak sozlarga qoshilishi natijasida sheva, dialektlarda adabiy tilda uchramaydigan dialektal sozlar vujudga keladiki, ularni leksik-derivatsion dialektal sozlar deb atagan maqul.
5.Morfologik-dialektal sozlar. Adabiy til va shevalardagi soz ozaklariga forma yasovchi affikslarni qoshish orqali vujudga kelgan morfologik-dialektal sozlar turli xil bolib, ular, odatda, forma yasovchi affikslarning birgalikda qollanishi, turli xil fonetik ozgarishlarga uchrashi yoki faqat shevalarga xos foma yasovchi affikslarning qoshilishi natijasida shevalarda (adabiy til uchramaydigan) כpəng’lə - opanglar; כtəluv’ // כtəluy’ - otalari; həmməl’ys’ - hammalari singari anchagina marfologik dialektal so‘zlar paydo bo‘lgan”.
6.Frazeologik-dialektal iboralar. “O‘zbek sheva, dialektlarida mavjud bo‘lgan , adabiy tilda uchraymadigan yoki uchrasi ham manoda farqlanadigan frazeologik iboralar, birikmalar bir butun, yaxlit holdagina biror manoni, odatda, qoshimcha kochma manoni anglatadiki, ularni DLda qay tarzda bermoq kerak? Qozoq, boshqird, qoraqalpoq tili shevalariga ozi reestr soz sifatida berilgan. Tatar, yoqut shevalariga oid lugatlarda esa ular bir butun holda berilmay, odatda, undagi birinchi soz tariqasida berilgandan keyin frazeologik iboraning ozi qayd etilgan. Xullas, lugatlar tuzish qiyin, lekin savobli ish. Leksikologiya sohasida qilingan ishlar bazan unitilishi mumkin, biroq leksikografiya boyicha bajarilgan ishlar tuzilgan yaxshi lugatlar hech qachon unutilmaydi. Shunga kora, DL tuzuvchilari oldida turgan eng muhim vazifa shevalarimizdagi mavjud dialektal sozlarni xalqimiz soz boyligini oziga xos xazinasi bolgan DLlarda qayd etib, kelgusi avlodlar uchun saqlab qolishdan iborat.
Shuningdek, shevalarimizning hozirgi ahvolida shevalararo leksik farqlarni, bir tushunchani ifodalovchi shevalararo sozlarning adabiy tilga munosabatini chuqur ilmiy asosda aniq belgilash mumkin emasligi tabiiy holdir. Bunday qilish uchun esa shevalarimizning kop tomli lugatini shakllantirish shartdir. Yuqoridagilarni amalga oshirish shevalarimizning bugungi leksik, fonetik, morfologik, semantik, frazeologik boyligini bir butun holda saqlab qolish demakdir. Bular esa ozbek shevalarining leksik xususiyatlarini jiddiy organishni va kop tomli Ozbek xalq shevalari lugati”ni tayyorlab, ozbek xalqi shevalariga xos sozliklarni guruhlarga bolgan holda toplab, nashr nashr etish lozimligi korsatib turibdi.
Adabiyotlar
1. Abdullayev F.A. Xorazm shevalari. T., 1961.
2. Doniyorov X. Qipchoq dialektlarining leksikasi. T., Fan, 1979.
3. Mirzayev M. Ozbek tilining Buxoro guruh shevalari. T., Fan, 1969.
4. Reshetov V.V., Shoabduraxmonov Sh. Ozbek dialektologiyasi. T., 1978.
5. Ozbek shevalari leksikasi. T.,Fan,1966; T.,Fan, 1991; T., Fan, 1971
Yüklə 13,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə