1. Oʻzbekiston Respublikasida ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi berilgan. Bu fikr



Yüklə 38,05 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.04.2023
ölçüsü38,05 Kb.
#105728
O\'zbek tilining sohada qo\'llanilishi (Energetika) yakuniy nazorat HEMIS Student axborot tizimi



1. Oʻzbekiston Respublikasida ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi berilgan. Bu fikr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tili haqidagi qonunning nechanchi moddasida
koʻrsatilgan.

6-modda
2. Taʼsirchanlik badiiy va soʻzlashuv uslublarda nimalar yordamida amalga oshiriladi?

Ibora,maqol, matallar, metonimiya, sinekdoxa, kinoya
3. Ikkita unlining bir joyda kelishi, soʻz tarkibida (ʻ)tutuq belgisining qoʻllanilishi, tarkibida
boʻgʻiz h tovushining qatnashishi va asosan ot, sifat turkumiga oidligi bilan ajralib turgan
oʻzlashma soʻzlar qaysi tildan oʻzlashgan?

Arab tilidan oʻzlashgan
4. Ertaga soat 10 da kafedra majlisi. Hamma qatnashishi shart. Qaysi uslubga xos?

Rasmiy
5. Sifat predmetning belgisini bildiradi.Qaysi nutq uslubiga mansub?

ilmiy
6. Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻzlar qatorini toping?

Futbol, basketbol, gandbol
7. ....deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar,
yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan
nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nuqtalar oʻrniga kerakli soʻzni qoʻying.

Nutq
8. Sinonimik qatorni aniqlang?

ulugʻ, buyuk, katta


9. Kasb-hunar soʻzlari koʻproq qaysi uslubda qoʻllanadi?

rasmiy-idoraviy uslubda
10. Yer yuzida oʻsuvchi daraxtlarning barchasi 2 guruhga mansubdir. Birinchi guruhga
kiruvchilar ignabargli daraxtlardir. Ushbu misol qaysi uslubga xosligini toping.

Ilmiy
11. Kasb-hunar terminlari nechaga boʻlinadi?

2
12. Arabchadan oʻzlashgan soʻzlarni toping

surʼat, muomala
13. Soʻzlarning amaldagi imlo qoidalariga binoan toʻgʻri yozilish shakllarini qayd etuvchi
lugʻat qanday lugʻat hisoblanadi?

Imlo(orfografik lugʻat)
14. Koʻp maʼnoli soʻzlar qatorini toping.

tish, til
15. Oʻrxun-Enasoy obidalariga qaysi bitiklar kiradi?

Kultigin, Bilga xoqon, Toʻnyuquq
16. Oʻzbek tilining sohada qoʻllanishi maqsad va vazifalari qaysi qatorda koʻrsatilgan?

Oʻzbek tilining sohada qoʻllanishi fanining oʻzbek tili va uning sohalarda qay tarzda qoʻllanishi til
va tafakkur masalalari, davlat tilida ish yuritish masalalari, tilning fonetik, leksik, grammatik
tomonlarini oʻrganad
17. “shevalarga xos soʻzlar transkripsiyada beriladi va izohlanadi hamda adabiy tildagi
varianti beriladi”. Ushbu tarif qaysi lugʻat turi haqida?



Dialektologik lugʻat
18. Badiiy asarlar berilgan qatorni toping?

Oʻtkan kunlar, Dunyoning ishlari
19. Quyidagilardan qaysi fikr notoʻgʻri?

Atamalar 3 ga boʻlinadi
20. Quyidagi qaysi soʻzlar arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar hisoblanadi?

kitob, maktab
21. Nutq madaniyatiga izoh qaysi javobda berilgan?

Tildan maqsadga muvofiq va taʼsirchan tarzda foydalana olishni taʼminlaydigan koʻnikma, malaka
va bilimlarning yigʻindisi boʻlib, tilda mavjud boʻlgan, uning imkoniyatlaridan kelib chiqadigan
xilma-xil ifoda vositalaridan fikr uchun eng maʼqullarini tanlay bilish va shu asosda goʻzal nutq
tuza olish mahorati hisoblanadi
22. Oʻzbek tili qatlamida qoʻllanish doirasiga koʻra nechta guruhga boʻlinadi?

3
23. Maʼlum voqe-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-
tasviriy vositalar yoki dalillar bilan taʼriflash, izohlash, isbotlash, asoslash qaysi matnga
xos?

monologik
24. Oʻzbek tili qaysi tillar oilasiga mansub?

turkiy tillar
25. Oʻzbek tilining taraqqiyot bosqichlari necha davrga boʻlinadi?



6
26. Adabiy til meʼyorlari haqida toʻgʻri tavsif berilgan qatorni koʻrsating?

Hozirgi adabiy til uchun qatʼiy mezon sifatida qabul qilingan meʼyorlar
27. Alifbo soʻzi qaysi til alifbosining harflaridan olingan?

Arab
28. Nutqning qaysi xususiyati eng avvalo soʻzlovchi va yozuvchining tafakkur uquvi va
qobiliyati bilan bogʻliq boʻlib, nutqda bayon etilgan fikr-mulohazalarning qismlari va
alohida fikrlarning oʻzaro oʻzaro mutanosibligini taʼminlashi lozim?

Nutqning mantiqiyligi
29. Chiziqcha bilan yozish qoidasi qaysi qatorda buzilgan?

keldi-mi?
30. Quyidagi matn qaysi uslubga xos? 17 – modda. Fuqoralarning huquq layoqati. Barcha
fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega boʻlish layoqati (huquq layoqati) teng
ravishda eʼtirof etiladi. Fuqarolarning huquq layoqati tugʻilgan paytdan eʼtiboran vujudga
keladi va vafot etishi bilan tugaydi.

Rasmiy
31. Ushbu xususiyatlar matnning qaysi hodisasiga kiradi.1.Matnning asosiy fikrini
ifodalovchi gaplarni ajrata olish.2.Birikmalarni maʼnodash soʻzlarga sodda yoyiq gaplarni
yigʻiq gaplarga, qoʻshma gaplarni sodda gaplarga, koʻchirma gaplarni oʻzlashtirma
gaplarga aylantirish.3.Matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish.4.Birkmali
sifatdosh, oʻxshatish va boshqa tasviriy idodalarni soda va ixcham shaklga keltirish.

Matnni qisqartirish
32. Asosan qanday uslubda soʻzlar koʻchma maʼnoda qoʻllanmaydi?

Ilmiy


33. Sinonim soʻzlar qatorini toping?

Katta, buyuk, ulugʻ, bahaybat
34. Eskirgan qatlamga nimalar kiradi?

Tarixiy va arxaik soʻzlar
35. Abushqa soʻzining maʼnosi nima?

Keksa, qari, nuroniy, chol
36. Nutqning mantiqiy boʻlishi… fikrning davomini toping.

soʻzlovchi va yozuvchining tafakkur uquvi, qobiliyati bilan bogʻliq
37. Maqola qanday turlarga boʻlinadi?

Ikki tur:ilmiy va publisistik
38. Noadabiy qatlamga qanday soʻzlar kiradi?

Argo, jargon, varvarizm, vulgarizm
39. Tavsifiy matnga xos boʻlmagan javobni toping

Ikki kishi oʻrtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-eʼtiroz kabi mazmunlarni
ifodalaydi
40. «Targʻibot guruhlari tomonidan barcha harbiy qism muassasalarida bayram tadbirlari
tashkil etildi» qaysi nutq uslubida yozilgan?

Ommabop
41. A. Gʻ ulomov, A N. Tixonov, R. Qoʻngʻurovlarning qalamiga mansub asarini toping

«Oʻzb
е
k tilining morf
е
m lugʻati»


42. Adabiy tilga toʻgʻri taʼrif berilgan qatorni toping.

Ishlangan, maʼlum meʼyorga keltirligan, sayqal berilgan, barcha uchun tushunarli boʻlgan til
43. Maʼlum voqelik haqida tasavvur beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan
tashkil topgan nutqiy butunlik nima deyiladi?

Matn
44. Quyidagi berilgan fikrlardan qaysi biri notoʻgʻri?

Tilning hajmi aniq, nutqning hajmi esa noaniq
45. Lugʻat va uning tiplari qaysi boʻlimda oʻrganiladi?

leksikografiya
46. Paronim soʻzlar qatorini toping?

xol-hol, abzal-afzal, tanbal-tambal, amr-amir
47. «Oʻzb
е
k tilining fraz
е
ologik lugʻati» asarini kim yozgan?

Sh. Rahmatullayev
48. Transport soʻzidagi ikkinchi boʻgʻin necha unli va undoshdan tuzilgan?

bir unli va toʻrt undoshdan
49. “Devonu lugʻatit turk” lugʻati qachon va kim tomonidan yaratilgan?

XI asr, Mahmud Qoshgʻariy
50. Qaysi uslub turida tilning tasviriy vositalari yordami bilan obrazlar vositasida kishiga
estetik taʼsir koʻrsatiladi?

Badiiy uslubda


Imtihon
O'zbek tilining sohada qo'llanilishi (Energetika) yakuniy nazorat
Talaba
SEYTBEKOV DÁSTANBEK BAXÍTBAY ULÍ
Guruh
2022-2023 ENERGETIKA (QQ)
Boshlandi
30.01.2023 12:00
Tugadi
30.01.2023 12:23
To'g'ri
50
Foiz
100.0

Yüklə 38,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə