1. Patogen mikroflorani yo'q qilish, sanitariya-gigiyena nuqtai nazaridan iste'molchi uchun xavfsiz mahsulot olish


Oquvchan par yordamida Kox apparatida sterilizatsiyalash



Yüklə 439,77 Kb.
səhifə8/9
tarix22.12.2022
ölçüsü439,77 Kb.
#97679
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pasterizatsiya

Oquvchan par yordamida Kox apparatida sterilizatsiyalash. Kox apparati metalldan yasalgan silindirdir. Uning tashqi tarafi issiqlikni izolyasiya qiladigan material (asbest, linoleum) bilan qoplangan (4- va 5-rasm).
Silindrning tagligigacha suv quyiladi. Sterilizatsiya qilinadigan materiallarni hamma devorlari teshikchali g‘ovaklardan tuzilgan, Kox apparatining tagligi ustiga qo‘yiladi. Silindrning qopqog‘i konus shak-lida bo‘lib, unda par chiqib turishi uchun teshikchalar qilingan. Energiya manbaasi - gaz yoki elektr bo‘lishi mumkin. Kox apparatidagi harorat 100 0S dan oshmaydi.



Oquvchan par bilan harorat 100 0S dan oshganda tarkibi o‘zgaradigan ozuqa muhitlarini (masalan qantli muhitlarni) sterilizatsiya qilinadi. Bu usulda sterilizatsiyalash 3 kun davomida ketma-ket 30 minutdan 100 0S da qizdiriladi. Birinchi kun 30 min qaynatganda mikroblarning hamma vegetativ hujayralari o‘lib, sporalari esa saqlanib qoladi. Ertasiga ko‘pchilik sporalar o‘sib vegetativ hujayralarga aylanadi, yana 30 min sterilizatsiya qilinganda ular o‘ladi. Tirik qolgan sporalar yana o‘sib vegetativ hujayraga aylanadi. Uchinchi kuni qaynatganda ular ham o‘ladi. Suyuqlik hajmiga qarab qizdirish vaqtini 45-60 minutgacha ko‘paytirish mumkin.
Quruq issiqlik bilan Paster pechkasida sterilizatsiyalash. Paster pechi ikki devorli shkaf bo‘lib, tashqi devori asbest yoki boshqa issiqqa chidamli, issiqlikni izolyasiya qiladigan boshqa material bilan qoplangan (4-rasm). Elektroenergiya yordamida shkaf qizdiriladi. Sterilizatsiyalash 140 0S dan yuqori haroratda olib boriladi. Bu usulda 160-170 0S da 1,5 - 2 soat davomida shisha idishlar, paxta, qog‘oz, qum va boshqa materiallar sterilizatsiyalanadi.
Sterilizatsiya qilinadigan idishlarni tozalab yuvib, qurutib, qog‘ozga o‘raladi.
Probirka, kolba, pipetkalar paxta tiqinlar bilan berkitiladi.
Filtrlab sterilizatsiyalash (sovuq sterilizatsiyalash).
Ozgina qizdirishga ham bardosh bermaydigan suyuq ozuqa muhitlarini maxsus mayda g‘ovakli (porali) bakterial filtrlar yordamida sterilizatsiya qilinadi. Bakterial filtrlar yuzasida mexanik aralashmalar bilan birga mikroorganizmlar ham ushlanib qoladi.
Faqat viruslar va faglar undan o‘tib ketadi. Filtrlash yo‘li bilan tarkibida oqsillar, antibiotiklar, vitaminlar va uchuvchan moddalari bor ozuqa muhitlarni sterilizatsiya qilinadi. Bunda muhit tarkibi va xususiyatlari o‘zgarmay saqlanadi. G‘ovak filtrlardan SHamberlan, Berkefeld shamlari (4-rasm), Zeytsning asbest filtrlari (5-rasm) va nitrotsellyulozadan yasalgan membrana filtrlari qo‘llanadi. Filtrlashni yuqori bosimda yoki filtr tagidagi bo‘shliqqa vakuum yaratib olib boriladi.

Filtrlar ishlatilish oldidan sterilizatsiya qilingan bo‘ladi. Filtrlangan suyuqlikni sterillik qoidalariga rioya qilib, oddiy sterillangan kolbaga quyib, tiqinini berkitib, qog‘oz bilan o‘rab qo‘yiladi.

Yüklə 439,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə