1. Patogen mikroflorani yo'q qilish, sanitariya-gigiyena nuqtai nazaridan iste'molchi uchun xavfsiz mahsulot olish



Yüklə 439,77 Kb.
səhifə9/9
tarix22.12.2022
ölçüsü439,77 Kb.
#97679
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pasterizatsiya

Qaynatib sterilizatsiyalashni maxsus ichiga distillangan suv va 1foizlii natriy gidrokarbonati qo‘shilgan sterilizatorlarda olib boriladi. Distillangan suv bщlmasa, qaynatilgan suv quyish mumkin. Sterilizator tagiga tekislab paxta yoki marlini yoyib, ustiga shprits, nina, pinset, qaychi, skalpel va boshqa narsalar solinadi va 10 minutdan 40 minutgacha qaynatiladi (ifloslangan darajasiga qarab).
Bu sterilizatsiyalashni turmush sharoitida sanatoriya, dam olish uylarida, kasalxonalarda, turli transport vositalarida ham qo‘llaniladi.
Olovda cho‘g‘ qilib qizdirib sterilizatsiyallash yoki flanbirovanie qilish. Bu usul mikrobiologik nina ushlovchini, Paster pipetkalarini, pinsetlarni va boshqa olovda buzilmaydigan predmetlarni sterilizatsiyallash uchun qo‘llaniladi.
SHisha idishlarni sterilizatsiyalash. Idishlarni sterilizatsiyalashdan oldin tozalab yuvib quritiladi. Probirka va kolbalar paxta tiqinlar bilan yopiladi. Probirkalarni 10, 20, 30, 40 donadan qog‘ozga o‘raladi. Kolbalarning tiqinlari ustidan yana qog‘oz bilan o‘rab, ip bilan bog‘lab qo‘yish kerak. Pipetkalarning og‘izga soladigan tomoniga paxta tamponlar tiqiladi. Pipetkalarni uzun eni 4-5 sm li qog‘ozlarga o‘raladi va qopqoqli karton yoki metalldan yasalgan penallarga solinadi. Agar penallar bo‘lmasa, qalin qog‘ozdan penallar yasash mumkin. Sterilizatsiya qilingan pipetkalarni faqat tamponli tomonidan ushlash mumkin.
Petri likobchalarini har birini alohida yoki 2-3 donadan qog‘ozga o‘rash kerak.
Tayyorlangan idishlarni quritish shkafining reshetkalariga yoki avto-klavga solganda juda zich joylamaslik kerak, chunki quruq havo va quruq to‘yingan par bir tekisda idishlarni qizdirishi kerak. Quritish shkafi zich, mahkam yopilishi kerak. Agar quritish shkafida haroratni birdek saqlay-digan moslamasi bo‘lmasa, sterillashda doim haroratga qarab turish kerak. Haroratni 175 0S dan oshirmaslik lozim, chunki qog‘oz va tiqinlar buziladi. Idishlar yorilib ketmasligi uchun sterilizatsiya tugagandan keyin shkaf 100-70 0S gacha sovushi kerak, shundagina idishlarni chiqarib olish mumkin. Steril idishlarni o‘ragan qog‘ozlarni bevosita ishlash oldidan ochish kerak, aksida sterillik buzilishi mumkin.
Asbob va uskunalarni sterilizatsiyalash. Mayda metall asboblarni (ilmoq, igna, pinset, qaychilarni) sterilizatsiyalash uchun ishlatishdan oldin olovda qizdirib olinadi. Olovda qisqa muddatda kolba va probirkalarning og‘zini hamda kulturalarni ekishda, ozuqa moddali muhitlarni quyishda paxta tiqinlar ham qizdiriladi.
Mikroorganizmlar o‘stiriladigan uskunalarni, ularning qismlarini, rezina tiqinlarni, ulaydigan shlangalarni dastlab qalin qog‘ozga o‘rab, avtoklavda sterilizatsiya qilinadi.
Issiqqa bardoshli bo‘lmagan plastmassadan yasalgan toza sentrifuga probirkalarini ultrabinafsha nurlar yordamida sterilizatsiya qilinadi.
Yüklə 439,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə